Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 310164 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 49 B


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 19:56:04

Coca colada liksir moddasi bor



Koka  kola  ichimligi  1885 yil  Jon  Stis  Pemberton  tomonidan  Amerikaning  Jorjiya  shtatida  ixtiro  qilingan. Dastlab  u  "œcocawine", ya’ni kokavino  deb  atalgan. Kola  ichimligi Janubiy  Amerikadan  keltirilgan koka  bargi va yong‘og‘i hamda kafein qo‘shib tayyorlangan. Shu  bois ham Pemberton ichimlikka "œkoka kola" deya  nom bergan.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1714&Itemid=204

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 20:02:06

Qoyilmaqom qonunlar



Qonun deganda jamiyat osoyishtaligi va taraqqiyotiga xizmat qiladigan jiddiy hujjatlarni tasavvur qilishga odatlanganmiz. Lekin dunyoning ayrim mamlakatlarida shunday qonunlar ham qabul qilinganki, ularga jiddiylik mezonidan turib baho berish juda qiyin. Eng qizig‘i, bu kabi antiqa qonunlar haligacha amalda...

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1713&Itemid=204

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 20:14:11

Pompeyning so‘nggi kuni



«Qanchadan-qancha qishloq-shaharlar borki, o‘z Parvardigorlari va Uning payg‘ambarlari amridan bosh tortgandirlar, bas, Biz ulardan qattiq hisob-kitob olganmiz va yomon azob bilan azoblaganmiz. Bas, u (qishloq-shaharlarning) ahli o‘z ish-qilmishlarining ziyonini totdilar va bu ishlarining oqibati ziyon tortish — halokat bo‘ldi». (Taloq surasi, 8-9)

Bu dahshatli fojia yoz kunlarining birida ro‘y berdi. Tinimsiz pishqirayotgan Vezuviy og‘zidan otilib chiqqan qaynoq kul va lava odamlarni tiriklayin jizg‘anakka aylantirar, qochishga ulgurmagan jonzot borki, mislsiz azobga duchor bo‘lar edi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1712&Itemid=76

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 20:20:12

Alifmi yoki kaltak?



QIYSHIQ IMORAT
Qaysi bir radiokanalda intellektual dastur (!) olib borilayotgan edi. Boshlovchi savol berdi:
—    «Majolis un-nafois» asari kimning qalamiga mansub?
Bir necha daqiqa ichida uch-to‘rt tinglovchi bog‘lanib, ushbu savolga javob berishga urindi. Birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilgan tinglovchining javobini eshitib, avvaliga kulgidan o‘zimni tiya olmadim, keyin esa bir xunobi oshgan boshlovchiga, bir o‘sha savodsiz o‘quvchi qizga achinib ketdim.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1711&Itemid=204

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 20:22:00

Marg'ilonliklar



Marg‘ilon do‘ppisining chiziqlaridek kesishgan ikki yo‘l tegrasida joylashgan ko‘hna shahar — Marg‘ilon shu dorulomon kunlarda 2000 yilligini nishonlash tadorigini ko‘rmoqda. Shaharda ulkan koshonalar bunyod etilmoqda, shahar go‘zal qiyofa ochmoqda. Bu haqda matbuot ko‘p yozmoqda, xo‘p yozmoqda.
Men  bugun marg‘ilonliklar, tag-tugli marg‘ilonliklar haqida so‘z ochmoqchiman. Ularni atrof-muhit «shaharliklar» deb ataydilar. Na Farg‘ona, na Qo‘qon ahliga «shaharlik» tushunchasi bunchalar munosibdek tuyulmaydi men kabi xayolparastlar dilida.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1720&Itemid=204

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Oktyabr 2007, 07:27:53

Bolangizni tajovuzlardan asrang!



...Yaqin bir do‘stim akasi bilan bog‘liq voqeani gapirib berdi. Uning aytishicha, akasi hali maktabga bormaydigan qizini erkalatib, ko‘rpachaga yotqizsa, qizcha esa: «Dada, nega meni yotqizib oldingiz, axir sizning sevgilingiz emasman-ku!..» — debdi. «Hammasiga seriallar aybdor, — yozg‘iradi do‘stim, — jiyanlarimning bari bir qarich bo‘yi bilan serial ko‘radi, mana oqibati. Yoshim o‘ttizga yaqinlashdi, bola-chaqam bor, lekin televizorda yigit qizning qo‘lini ushlasa, uydagilardan xijolat bo‘lib boshqa kanalga olaman yoki o‘rnimdan turib chiqib ketaman. Hozirgi bolalar esa oxirigacha ko‘radi...»

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1719&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Oktyabr 2007, 07:28:47

Turk xalq maqollari



- Og'rigan bosh, yig'lagan ko'z yashirilmas.
- Yig'lasa onam yig'lar, boshqasi yolg'on yig'lar.
- Og'ir qozon kech qaynar.
- Og'riqsiz bosh mozorda bo'ladi.
- Ochiq yaraga qurt tushmas.
- Odam eshagidan, xotin to'shagidan ma'lum.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1731&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Oktyabr 2007, 07:29:45

Tabiatdagi buyuk g‘oya. Horun Yahyo



Charlz Darvin yozgan edi: "œagar mayda, bosqichma-bosqich o‘zgarishlar oqibatida yangi murakkab organizmning shakllanishi mumkin emasligi isbotlanadigan bo‘lsa, mening nazariyam butunlay inqirozga yuz tutadi." Ushbu kitobni o‘qib, siz Darvinning xavotiri asosli bo‘lgani, evolyutsiya nazariyasi to‘la halokatga uchraganini anglab yetasiz.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1739&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Oktyabr 2007, 07:30:38

Jahon xalqlari maqollari



Xitoy maqollari
- Daraxt qanchalik yuksak bo'lsa bo'lsin, baribir yaproqlari yana yerga to'kiladi.
- Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.
- Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi.
- Bir onlik g'azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1740&Itemid=59

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Oktyabr 2007, 07:33:20

Qimmatga tushgan g'irromlik



Siemens kontserni bilan bog‘liq mahkama jarayoni ko‘pga cho‘ziladiganga o‘xshaydi

"œSiemens" savdo belgisi butun dunyoda tan olinadi. XIX asrda asos solingan kontsern kishilik jamiyati uchun shu qadar ko‘p yangiliklar tuhfa qildiki, Siemens  degan nomning o‘zi yuqori sifat, ishonchli hamkor kabi birikmalar bilan deyarli bir ma’noda ishlatiladigan bo‘ldi.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1775&Itemid=59

Qayd etilgan