Ziyo Uz da yangi maqolalar  ( 219065 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 49 B


AbdulAziz  09 Fevral 2008, 14:39:51

Turon qoploni



Dunyoni, insoniyatni larzaga solgan Ikkinchi jahon urushining hal qiluvchi, eng hayajonli damlari... Millionlab odamlarning yostig‘ini quritgan Falokatning yakuni yaqin. Yakun nurli bo‘lishi uchun yana necha millionlab insonning qo‘llari duoda... Bunday vaziyatda Vatan himoyachilari — askarlar irodasiga ta’sir etuvchi har qanday kuch katta ahamiyatga ega.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2008, 23:46:40

Nyu-Yorkdagi osmono’par binolar portlatilgan edi



Nyu-Yorkda 2001 yil 11 sentyabrda amalga oshirilgan teraktga 6 yil bo‘lgan esa-da, aslida nima ro‘y bergani haligacha to‘la aniq emas. Buning ustiga, hodisaning muqobil versiyalari soni ortib bormoqda.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2008, 23:47:22

Qalam, dovot, siyoh: tarixdan bir shingil



Biz televidenie yoki matbuotda klassik she'riyat, asar haqida bahs yuritganimizda ham patqalamning dovotga solingan suratini berishga odatlandik. Yoki yangi chop etilayotgan kitoblarimizning muqovasiga ham patqalam rasmini tushirib qo‘yadigan bo‘ldik. Men 30 yilga yaqin davr davomida ta'lim tizimida mehnat qilib kelaman. Shu bois, aksariyat hollarda Alisher Navoiy yoki Bobur tavalludlari munosabati bilan chiqarilgan devoriy gazetalarda ham patqalam tasvirini ko‘p uchrataman.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2008, 23:47:56

Al-Hakim at-Termiziy: Saraton xastaligi va uning davosi haqida



Volidai muhtaramam Tanzila bintining poylaridan, (tovonlaridan) o‘lim yarasi o‘sa boshladi. (Rak xastaligi nazarda tutilgan G.X.). Bu yara kundan-kunga o‘sa boshladi. Onam o‘zlarining hollarini bilgach, talvasaga tushib qolgan edilar. Kamina ham onaizorimning vafotlari yaqin ekanligini his qilganim sari Allohdan shu zaifaga umr tilardim. To‘qqizinchi kuni onamning yaralari ancha yiriklashdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2008, 23:48:54

2008 yil — xalqaro Yer sayyorasi yili



Insoniyat paydo bo‘libdiki, Ona Zaminda yashab, uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Kishilik jamiyatining ibtidosidan to bugunigacha Yer o‘z bag‘rida insonlarni asrab-avaylab, noz-ne'matlari bilan ta'minlab kelmoqda. Turli davrlar, tarixiy voqealarning yagona guvohi ham Yerdir. Chunki Zamin bashariyat onasi sanaladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2008, 23:49:31

"œOmmaviy madaniyat" — ma’naviyat kushandasi



«Ommaviy madaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kultura» (ya'ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma'nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2008, 23:50:09

Izhor ortidagi xavotir



Ommaviy axborot vositalarida qizlarning kiyinish madaniyati haqidagi ko‘p va xo‘p yozildi. Bu chiqishlarning ta'sir doirasi nechog‘lik bo‘lmoqda, bilmadigu bizni qizlarimizning ma'naviy dunyoqarashga oid yana bir jihat o‘ziga tortdi. Aslida bu to‘g‘rida yozish ham biroz noqulay. Shunday bo‘lsa-da, matbuot nashrlarini kundan-kun «bezab» borayotgan dil izhorlari kishini bezovta qiladi.

davomi...

Qayd etilgan


Huseyn  17 Fevral 2008, 12:12:24

2008 yil — xalqaro Yer sayyorasi yili


Ba'zi nashrlar 2008 yilni Xalqaro Kartoshka yili deb e'lon qildi-ku... Qaysi biri tug'ri?

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:27:23

2008 yil – xalqaro Yer sayyorasi yili

Ba'zi nashrlar 2008 yilni Xalqaro Kartoshka yili deb e'lon qildi-ku... Qaysi biri tug'ri?

Buni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi belgilagan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 07:31:33

Tarixi go’yo bir ertak



Kimdir qahratonda muzlagan muzqaymoq yeydi, kimdir saratonda qaynoq choy ichadi.
(Qiziqchining bisotidan)

Odatdagidek yana Xitoy

Muzlatilgan shirinlikning tarixi choy kabi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. U  aslida qaerdan kelib chiqqan, nima uchun u odamlarning mehrini qozongan, uning ohanrabosi nimalardan iborat degan savollarga javob topish jarayonining o‘zi qiziq. Quyida shu haqda gap boradi.

davomi...

Qayd etilgan