Ilm va ziyo > Ma'rifat

Qiziqarli savollar!!!

Sahifalar: (1/55) > >>

Munira xonim:

Assalamu alaykum.

Bu bo'limda  bir-birimizga qiziqarli,o'ylantiradigan va fikrlaydigan savollar bilan murojaat qilamiz. Bu savollarga hamma o'z fikrlashidan va dunyoqarashidan kelib chiqib to'g'ri javob bo'lgunicha javob berishi mumkin. To'g'ri javob bo'lganidan keyin savol muallifi g'olibni e'lon qiladi.
Demak birinchi savol:::

Har bir kishining hayotida unga tegishli va har bir inson hayotida uchraydigan va shu insonni nimalarinidir o'g'irlaydigan o'g'rilari bor.
Bu o'g'rilar:
1.Dushman - o'g'ri.
2.Hasadchi - o'g'ri.
3. Do'st - o'g'ri.
Bizni hayotimizdagi bu o'g'rilar hayotimizdan nimalarni o'g'irlashadi???

Marhamat, javoblaringizni kutib qolamiz.

mutaallimah:

Assalomu alaykum.
Nargiza opa bunday qiziqarlik musobaqa uchun raxmat.
1.Dushman - hotirjamlik o'g'rsi.(Dushmani bor odam hotirjam yashamaydi doim nimadandir havotirda yurai.)
2.Hasadchi - sog'lik-salomatlik o'g'risi.Hasad g'iybat va lag'vga sabab bo'ladi bunday illatlar insonni salomatligiga ta'sir o'tkizadi.)
3.Do'st - ajr o'g'risi.(Siz unga qilmoqchi bo'lgan yaxshilikni sizdan oldin o'zingizga qilib sizni ajrdan qisman mahrum etadi.Allohdan atrofimizda shunday o'g'rilarni ko'paytirishini so'rab qolaman.)

Munira xonim:

Va alaykum assalam.
Javob yo'llganingiz uchun tashakkur.

Siz aytgan javoblar ham juda go'zal. Lekin to'g'ri javob emas. faqat birinchi qismi ya'ni dushman o'g'ri haqidagi javobingiz to'g'ri. Keyingi javoblaringiz ham tahsinga sazovor,ammo to'g'ri javob boshqa. Yana bir harakat qilib ko'ring. Balki boshqa ishtirokchilarimizda javob bordir....
ALloh sizdan rozi bo'lsin...

Dilnura:

Assalomu alaykum!
Menimcha :
Dushman- javobi anik,
Hasadchi- o'zida yo'k lekin sizda mavjud bo'lgan narsani o'gilledi,
Do'st- ishonchni.
Javobim koniktirmasa uzur!!!

islimakhanim:

 Assalamu alaykum! javob berishga Allah qodir qilgancha harakat qilib ko'ramiz, Nergiz hanim, xatola bo'lsa, rozi bo'lasiz:
  Dushman - halovat o'g'risi,
  Hasadchi - tashvish og'risi (chunki u sizga hasad qilish orqali sizdagi yok yerdan o'ziga tashvish orttitib oladi)
   Do'st- mehr o'g'risi

Sahifalar: (1/55) > >>

Go to full version