Qiziqarli savollar!!!  ( 255207 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 28 B


Munira xonim  04 Mart 2007, 13:19:41

Assalamu alaykum.

Bu bo'limda  bir-birimizga qiziqarli,o'ylantiradigan va fikrlaydigan savollar bilan murojaat qilamiz. Bu savollarga hamma o'z fikrlashidan va dunyoqarashidan kelib chiqib to'g'ri javob bo'lgunicha javob berishi mumkin. To'g'ri javob bo'lganidan keyin savol muallifi g'olibni e'lon qiladi.
Demak birinchi savol:::

Har bir kishining hayotida unga tegishli va har bir inson hayotida uchraydigan va shu insonni nimalarinidir o'g'irlaydigan o'g'rilari bor.
Bu o'g'rilar:
1.Dushman - o'g'ri.
2.Hasadchi - o'g'ri.
3. Do'st - o'g'ri.
Bizni hayotimizdagi bu o'g'rilar hayotimizdan nimalarni o'g'irlashadi???

Marhamat, javoblaringizni kutib qolamiz.

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Mart 2007, 02:52:12

Assalomu alaykum.
Nargiza opa bunday qiziqarlik musobaqa uchun raxmat.
1.Dushman - hotirjamlik o'g'rsi.(Dushmani bor odam hotirjam yashamaydi doim nimadandir havotirda yurai.)
2.Hasadchi - sog'lik-salomatlik o'g'risi.Hasad g'iybat va lag'vga sabab bo'ladi bunday illatlar insonni salomatligiga ta'sir o'tkizadi.)
3.Do'st - ajr o'g'risi.(Siz unga qilmoqchi bo'lgan yaxshilikni sizdan oldin o'zingizga qilib sizni ajrdan qisman mahrum etadi.Allohdan atrofimizda shunday o'g'rilarni ko'paytirishini so'rab qolaman.)

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Mart 2007, 12:33:16

Va alaykum assalam.
Javob yo'llganingiz uchun tashakkur.

Siz aytgan javoblar ham juda go'zal. Lekin to'g'ri javob emas. faqat birinchi qismi ya'ni dushman o'g'ri haqidagi javobingiz to'g'ri. Keyingi javoblaringiz ham tahsinga sazovor,ammo to'g'ri javob boshqa. Yana bir harakat qilib ko'ring. Balki boshqa ishtirokchilarimizda javob bordir....
ALloh sizdan rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


Dilnura  07 Mart 2007, 14:21:44

Assalomu alaykum!
Menimcha :
Dushman- javobi anik,
Hasadchi- o'zida yo'k lekin sizda mavjud bo'lgan narsani o'gilledi,
Do'st- ishonchni.

Javobim koniktirmasa uzur!!!

Qayd etilgan


islimakhanim  07 Mart 2007, 14:46:31

 Assalamu alaykum! javob berishga Allah qodir qilgancha harakat qilib ko'ramiz, Nergiz hanim, xatola bo'lsa, rozi bo'lasiz:
  Dushman - halovat o'g'risi,
  Hasadchi - tashvish og'risi (chunki u sizga hasad qilish orqali sizdagi yok yerdan o'ziga tashvish orttitib oladi)
   Do'st- mehr o'g'risi

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Mart 2007, 15:56:10

Assalamu alaykum! javob berishga Allah qodir qilgancha harakat qilib ko'ramiz, Nergiz hanim, xatola bo'lsa, rozi bo'lasiz:
  Dushman - halovat o'g'risi,
  Hasadchi - tashvish og'risi (chunki u sizga hasad qilish orqali sizdagi yok yerdan o'ziga tashvish orttitib oladi)
   Do'st- mehr o'g'risi

Asalamu alaykum,Islimakhanim.
javob berishga harakat qilganingiz uchun tashakkur.
Lekin afsus javobingiz noto'g'ri.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Mart 2007, 15:58:50

Assalomu alaykum!
Menimcha :
Dushman- javobi anik,
Hasadchi- o'zida yo'k lekin sizda mavjud bo'lgan narsani o'gilledi,
Do'st- ishonchni.

Javobim koniktirmasa uzur!!!

Va alaykum assalam,Dilnura honim.
Javobingiz uchun tashakkur.
Savolning ikkinchi qismiga ya'ni hasadchi o'g'ri haqidagi fikringiz javobga juda yaqinlashgan, lekin aniq bir narsani nomini aytganingizda afzalroq bo'lardi.
Balki yana harakat qilib ko'rarsiz. Alloh sizdan rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


mutaallimah  08 Mart 2007, 20:39:10

Assalomu alaykum.
2.Hasadchi - halovat o'g'risi emasmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2007, 07:09:29

Assalomu alaykum.
2.Hasadchi - halovat o'g'risi emasmi?

Va alaykum assalam,Mastura.
Bu savollarimiz boshqalarga yoqmaganga o'hshaydi.
Hech kim ishtirok eymayapti.
Ha, mayli...

Endi javobingizga kelsak, bu halovat emas.
Lekin u narsani hasadchi hayotingizdan o'g'irlasa bormi, na halovatingiz qoladi, na sog'ligingiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Mart 2007, 07:13:57

Sizlarni qiynab qo'ygan bo'lsam uzr.
Savollarga o'zim javob bera qolay..

Dushman - o'g'ri hotirjamlik o'g'risi. (mastura honim aytganlaridek.
Hasadchi - o'g'ri baht o'g'risi.
Do'st - o'g'ri esa vaqt o'g'risi.

Ko'rib turibsizki, do'stlarimiz bizga eng kerakli narsani o'g'irlashar ekan. Alloh taolo barchamizga do'stlarimiz bilan sarflagan vaqtlarimizni hayrli ishlarga sarflashimizni nasib etsin. Amiyyn.

Qayd etilgan