Qiziqarli savollar!!!  ( 255185 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 28 B


Munira xonim  13 Mart 2007, 12:21:29

Assalomu alaykum.
Nargiza opa men sizni bu savolingizga javob berishga harakat qilmoqchi edim lekin kech qoldim deb o'ylab javob bermadim.
Endi javoblarning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini va yangi savollarni berishingizni kutayapman!!!!!!!!!!!

Va alaykum assalam.
Mastura honim, marhamat yangi savol.
Javob berishingiz mumkin.

Bizga ma'lumki bu dunyo o'tkinchi, bir kun kelib hammamiz vafot etamiz.
Biz vafot etgandan keyin bizda hech narsa qolmaydi. Ya'ni bizni hamma narsalarimiz uy joyimiz, boyligimiz,oilamiz va do'stlarimiz hamma hammasi ortda qoladi, sarobga aylanadi. Biz vafot etganimizdan keyin yolg'iz bizga tegishli bo'lgan uch narsa qoladi.
Savol:
Bu uch narsa nima ekanligini va bu narsalar kim yoki nima uchunligini toping???


Ming bora uzr meni kechirasizlar.
Savolni sal tishunarsizroq beribman,shekilli.
Yolg'iz bizga tegishli bo'lgan uch narsa, bizni ortimizdan qoladigan narsa emas. U faqat bizga tegishli va biz bilan to qabrgacha birga borib qabrga ham birga kiradigan,  faqat va faqat bizga tegishli bo'lgan uch narsa haqida.

Savolni tushunarsiz berganim uchun meni kechiringlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 13:53:51

va alaykumussalam.
Man oldingi javobimda qolaman.

Qayd etilgan


mutaallimah  13 Mart 2007, 18:48:22

Assalomu alaykum.
Meni fikrimcha bu dunyodan biz bilan birga ketguvchi uch narsalar bulardan iborat:
1-Jismimiz.
2-Bu dunyodagi yaxshi amallarimiz (Namoz, ro'za, zakot kabi.)
3-Bu dunyodagi yomon amallarimiz (O'g'rilik, kizb, qotillik kabi ko'p yomon ishlarimiz)Vallohu a'lam.
Xato bo'lsa uzr.

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Mart 2007, 07:29:20

Assalamu alaykum.
Jismimiz va amallarimiz deb juda to'g'ri aytgansizlar,lekin ular kim yoki nima uchunligini aytmadinglar. Yahshi va yomon amallarni ikkisini bir qilib birinchisi desak, jismimizni ikkinchisi desak, u holda uchinchisi qoldi.
Uchinchisini ham topishga harakat qiling.
Bu narsa biz tug'ilganimizdan to o'limimizgacha biz bilan birga bo'ladi.

Va shu uch narsani jismimizni, amalimizni va o'sha sir bo'lib turgan narsani kim yoki nima uchunligini toping.

Qayd etilgan


mutaallimah  19 Mart 2007, 02:20:24

Assalomu alaykum.
O'ylab o'ylab bari bir topa olmadim o'zingiz aytaqoling Nargiza opa!

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Mart 2007, 11:33:54

Assalomu alaykum.
O'ylab o'ylab bari bir topa olmadim o'zingiz aytaqoling Nargiza opa!

Va alaykum assalam.
Marhamat Mastura honim javob bilan tanishing.

Biz vafot etganda faqat bizniki bo'lgan narsalar:
Ikkisini sizlar topsangiz. Birini men aytaman.

1. Amallarimiz(Hoh yahshi hoh yomon) - O'ZIMIZ uchun.
2. Ruhimiz - ALLOH uchun.
3. Jasadimiz - QURTlar uchun.

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Mart 2007, 10:30:12

Assalomu alaykum!
Sizningcha

Ne’matlarning eng yaxshisi - ...
Do‘stlarning eng yaxshisi - ...
Qalblarning eng nurlisi - ...

nima?

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Mart 2007, 12:43:48

Assalomu alaykum!
Sizningcha

Ne’matlarning eng yaxshisi - ...
Do‘stlarning eng yaxshisi - ...
Qalblarning eng nurlisi - ...

nima?

Va alaykum assalam.
Manimcha...

Ne'matlarning eng yahshisi- Islom.
Do'stlarning eng yahshisi - Alloh azza va jalla.
Qalblarning eng nurlisi - o'zida ALlohning kalomini jamlaganva unga amal qilgan qalb.

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Mart 2007, 20:01:38

Assalomu alaykum!
Javobingiz juda go'zal bo'libdi.

Alloma Abul Hasan Xaraqoniyga ko'ra,
Ne’matlarning eng yaxshisi - harakat qilib erishilgani.
Do‘stlarning eng yaxshisi - Alloh taoloni eslatgani.
Qalblarning eng nurlisi - ichida mol-dunyo sevgisi bo‘lmagan.



Qayd etilgan


Munira xonim  21 Mart 2007, 07:36:55

Assalamu alaykum.
Bir o'ylab ko'ring:
Quyida keltiriladigan fazilatlari yo'q inson yana nimalardan mahrum bo'ladi???

Odobi bo'lmagan kishining - ....... yo'q.
Sabri bo'lmagan kishining - ........ yo'q.
Taqvosi bo'lmagan kishining - ...... yo'q.

Qayd etilgan