Qiziqarli savollar!!!  ( 166649 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 28 B


mutaallimah  27 Iyul 2007, 03:56:59

Insonning tanasida nechta bo'g'im bo'lishini va bo'g'imlarga har tongda to'lanishi kerak bo'lgan sadaqalar qaysilar ekanligini bilasizmi?
Assalomu alaykum!
Javoblar bo'lmadi endi o'zim aytaman:
Abu Zarr roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Tong otar ekan shu kunda sizlardan har biringizning tanasidagi har bir bo'gim (inson tanasida 360 ta bo'g'in bor) haqqidan bir sadaqa qilish vojib bo'ladi. Har bir aytilgan tasbeh (subhanalloh) sadaqa, hamd (alhamdu lillah) ham sadaqa, tahlil (la ilaha illalloh) ham sadaqa, takbir (allohu akbar) ham sadaqa, amru ma'ruf sadaqa, nahiy munkar ham sadaqa. Ikki ra'kat zuho vaqtida o'qilgan namozi bunga kifoya qiladi. (ya'ni 360 sadaqaning o'rniga o'tadi). MUSLIM rivoyati.

Qayd etilgan


mutaallimah  27 Iyul 2007, 04:03:39

Assalomu alaykum.
Yangi va judayam qiziqarli savol.
Abu Molik al-Ash'ariy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda payg'ambarimiz shunday dedilar.
........... iymonning yarmi,
.................. mezonni to'latadi,
............................. osmonlar va yer o'rtasini to'ldiradi,
........ nur,
......... dalil,
......... ziyodir,
........... esa sening foydangga yoki ziyoningga hujjatdir.............
o'ylab ko'ringchi bu hadisda nimalarga va qanday so'zlarga bunday ta'riflar berilgan???????
Javoblar kuyidagicha:
Poklik - iymonning yarmi.
"Alhamdi lillah" - me'zonni to'latadi.
"Subhanalloh va bihamdihi" - osmonlar va yer o'rtasini to'ldiradi.
Namoz - nur.
Sadaqa - dalil.
Sabr - ziyodir.
Qur'on esa sening faoydangga yoki zararingga hujjatdir, insonlarning har biri amal qiladi, kimdir o'z jonini sotib uni qutqarib qoladi yoki uni halok qilado." Muslim rivoyati...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2007, 15:23:51

Assalomu alaykum!
Yangi savol:

Ali r.a.dan rivoyat qilinadi:
1. Dunyo ne'matlaridan - ... ne'mati sizga kifoya.
2. Shug'ullanishlikda - ... sizga kifoya.
3. Ibratda - ... sizga kifoya.

Nuqtalar o'rnini munosib so'z bilan to'ldiring.

Qayd etilgan


Laylo  04 Avgust 2007, 07:37:38

Va alaykum assalom!

1. Dunyo ne'matlaridan - Islom ne'mati sizga kifoya.
2. Shug'ullanishlikda - halol tijorat sizga kifoya.
3. Ibratda - Qur'on sizga kifoya.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Avgust 2007, 10:42:17

Va alaykum assalom!

1. Dunyo ne'matlaridan - Islom ne'mati sizga kifoya.
2. Shug'ullanishlikda - halol tijorat sizga kifoya.
3. Ibratda - Qur'on sizga kifoya.

Tashakkur!
Birinchi javobingiz hazrat Alining fikrlari bilan mos tushdi.
2-3-siga ham yana bir bor harakat qilib ko'ring.

Boshqa ishtirokchilarimiz ham ishtirok etishsa faqat xursand bo'lamiz.

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Avgust 2007, 15:47:54

Assalomu-alaykum .Aniq bilmaymanku lekin tahmin qilib ko'raman.
2)shug'ullanishga kamon otish kifoya
3)Ibratga o'lim kifoya
Noto'g'ri bo'lsa uzr so'rayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2007, 11:41:11

Assalomu-alaykum .Aniq bilmaymanku lekin tahmin qilib ko'raman.
2)shug'ullanishga kamon otish kifoya
3)Ibratga o'lim kifoya
Noto'g'ri bo'lsa uzr so'rayman.

Va alaykum assalom!
3-chisiga javob to'g'ri.

To'g'ri javob:
Ali r.a.dan rivoyat qilinadi:
1. Dunyo ne'matlaridan - Islom ne'mati sizga kifoya.
2. Shug'ullanishlikda - toat sizga kifoya.
3. Ibratda - o'lim sizga kifoya.

Qayd etilgan


Robiya  30 Sentyabr 2007, 14:25:29

Iymon po'sti ...
Iymon mevasi ...
Iymon urug'i ...
Iymon kamoli ...
Iymon bargi ...
Iymon mag'zi ...
Iymon ildizi ...
Iymon vatani ...

 Nuqtalar o'rniga munosib so'zni topishga harakat qilib ko'ring.

Qayd etilgan


shoir  02 Oktyabr 2007, 15:30:58

Iymon po'sti ...
Iymon mevasi ...
Iymon urug'i ...
Iymon kamoli ...
Iymon bargi ...
Iymon mag'zi ...
Iymon ildizi ...
Iymon vatani ...

 Nuqtalar o'rniga munosib so'zni topishga harakat qilib ko'ring.

Taxminlar:

Iymon po'sti namoz
Iymon mevasi xushqulq
Iymon urug'i duo
Iymon kamoli ilm
Iymon bargi ro'za
Iymon mag'zi kalomulloh
Iymon ildizi sabr
Iymon vatani jannat

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Oktyabr 2007, 08:56:19

Iymon vatani ...
 Nuqtalar o'rniga munosib so'zni topishga harakat qilib ko'ring.
Assalomu alaykum!
Menimcha iymon vatani Qalb bo'lsa kerak...

Qayd etilgan