Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Abdulloh ibn Mas'ud hikmatlari

<< < (2/2)

Muslimaxon:
Ko‘pchilik yoqtirmaydigan o‘lim va kambag‘allik qanday ajoyib narsalardir! Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir ne’matdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamman. Boy bo‘lgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor.
 
Haq og‘irdir, biroq tomoqdan oson o‘tadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi.
 
Qaysilaringiz bir dirhamni sog‘ligida va baxilligida infoq-ehson qilsa, o‘lim vaqtida yuz dirhamni infoq etishni vasiyat qilishidan yaxshidir.

Muslimaxon:
Agar boylik topsang, uni qurtlarga yem bo‘lmasin yoki qaroqchilar qo‘liga tushmasin, desang, sadaqa qil.
 
Kim zolimning zulmiga yordam bersa yoki biron musulmon kishining haqqini poymol qiladigan hujjatni unga o‘rgatib qo‘ysa, Allohning g‘azabiga yo‘liqadi va bu ishning gunohi uning ustidadir.
 
Xoh bir xudojo‘y, haqgo‘y nafs bo‘lsin, xoh gunohkor, fojir nafs bo‘lsin, o‘lim unga yaxshidir.

Muslimaxon:
Yaxshi odam bo‘lish uchun ibodat qilishning o‘zi kifoya emas, balki yaxshi qalbli, yomonlarni yomon ko‘ruvchi bo‘lish kerak.
 
Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik va mag‘rurlanishda.
 
Ilmda Alloh qo‘rquvsi kifoyadir. Jaholatda Allohning mulkida Unga qarshi g‘ururlanmoq kifoyadir.
 
Kishining malomatga loyiq eng yomon sifati rashkchi bo‘lmaganidir. Birortangizning onasi yoki ayoli bozor va majlislarda odamlar ko‘p to‘plangan joyga chiqishidan uyalmaydimi?

Laylo:
Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin sizdan Muslimaxon!

mutaallimah:
Men kishini na dunyo amalida na ohirat amalida mashg'ul bo'lmasdan, bekorchi ko'rsam juda yomon ko'raman.

Navigation

[0] Message Index

[*] Previous page

Go to full version