Ko‘pchilik yoqtirmaydigan o‘lim va kambag‘allik qanday ajoyib narsalardir! Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir ne’matdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamman. Boy bo‘lgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor.
Haq og‘irdir, biroq tomoqdan oson o‘tadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi.
Qaysilaringiz bir dirhamni sog‘ligida va baxilligida infoq-ehson qilsa, o‘lim vaqtida yuz dirhamni infoq etishni vasiyat qilishidan yaxshidir.