Hasan Basriy hikmatlari  ( 16007 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:56:50

O’lim dunyo hayotini bir pul qildi. Shu tufayli farosatli insonlarga quvonish uchun hech imkon qoldirmadi.
 
Quyoshning har botishida bir parcha kamayishing bor.
 
Yaxshi qo‘shni senga ziyon va tashvish yetkazmaydigan qo‘shni emas (aslida bunday qo‘shni ham yaxshi), balki sening yomonligingga chidab yashayotgan qo‘shnidir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:57:35

To‘rtta narsa kishining muruvvatidan: tilining rostgo‘yligi, birodarlarining xato-kamchiliklarini kechirishi, ahli zamonining taniqli kishisiga saxovat qilishi, tanish va qo‘shnilarga ozor berishdan tiyilishi.
 
Hammomga ikki izor bilan kirish durust. Birinchi izor avrat uchun, ikkinchisi - ko‘z uchun, ya’ni ko‘zini odamlarning avratidan to‘sish uchun.
 
Birodarlarimiz biz uchun ahli oilamizdan ham qimmatliroqdir. Chunki ahlimiz bizga nuqul dunyoni eslatadi, birodarlarimiz esa - oxiratni!

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:58:25

Xotinining   nafsoniy   orzulariga   bo‘ysungan   har   bir   erkakni   Alloh jahannam otashiga otmay qo‘ymaydi.
 
Kishi ahli ayoliga ishlatish uchun qarz so‘rab, keyin uni uzishga harakat qilsa-yu shu qarz bilan vafot etib qolsa, Alloh taolo uning da’vogarlarini rozi qiladi.
 
Ey odam bolasi, nega birodaringga hasad qilasan? Agar Alloh suyganligi sababli u bandaga ne’mat ato qilgan bo‘lsa, sen Alloh suygan bandaga qanday hasad qilasan? Agar uning mol-davlat topishiga boshqa sabab bo‘lsa (ya’ni, harom yo‘llar bilan topgan bo‘lsa), oqibatda do‘zaxga eltuvchi bo‘lgan mol-davlatning nimasiga hasad qilasan?
 
Kim senga gap yetkazsa, bilginki, sening gapingni ham boshqaga yetkazadi.

Qayd etilgan