So'rovnoma

O'zbekistonda  2010-yilda bo'ladigon oliy liga musobaqalarida  quydagi jamoalaridan qaysi bireni g'olib bo'lishene istardigiz


NASAF FC
  3 (33.3%)
NEFTCHI FC
  0 (0%)
ANDIJON FC
  2 (22.2%)
OLMALIQ FC
  0 (0%)
LOKAMATIV FC
  0 (0%)
bularmas
  4 (44.4%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 7

So'rovnoma tugadi: 12 Dekabr 2009, 13:57:33



O'ZBEKISTON OLIY LIGASI  ( 126544 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 33 B


muxbir  16 Iyun 2006, 17:27:22

OLIY LIGA. 12-TUR.

Natijalar bilan tanishing:

TRAKTOR - METALLURG 1:1 (0:1)
Gollar: Toshmatov, 89 - Murzoyev, 32

SHO'RTAN - NEFTCHI 1:2 (1:1)
Gollar: Xasanov, 30 - Otaqo'ziyev, 26; Kovalenko, 47

TO'PALANG - SAMARQAND-DINAMO 1:0 (1:0)
Gol: Bozorov, 43

SO'G'IYONA - MASH'AL 0:1 (0:1)
Gol: Vaniyev, 30

ANDIJON - BUXORO 1:1 (0:0)
Gollar: Haydarov, 90+3 - Holiqov, 56

PAXTAKOR-XORAZM 1:0 (1:0)
Gol: Kapadze, 4

NASAF - QIZILQUM 1:0 (1:0)
Gol: Alekperov, 4

LOKOMOTIV - NAVBAHOR 2:1 (0:1)
Gollar: Bozorov, 49; Idiatullin, 56 - Atoyev, 40

Original post by Otabek

Qayd etilgan


Shoxjahon12  22 Avgust 2006, 12:00:10

"Paxtakor": chempionlik sari yana bir qadam


Futbol bo'yicha O'zbekiston XV milliy chempionatining oliy ligasida ishtirok etayotgan jamoalar yigirmanchi tur uchrashuvlarini o'tkazdi. Unda sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalar g'alaba qozondi. Lekin ularga navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritish oson bo'lgani yo'q.

Joriy mavsumda ham chempionlikka asosiy da'vogar hisoblangan Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o'z maydonida "Qizilqum" /Zarafshon/ futbolchilarini qabul qildi. Mezbonlar uchrashuvni odatdagidek, keskin hujumlar bilan boshladi. Natijada birinchi bo'limning o'rtalarida Zaynidin Tojiyev zarafshonliklar posbonini ikki marotaba o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur qildi.

Garchi "Paxtakor" muxlislari mezbonlarning yirik hisobdagi g'alabasidan umid qilgan bo'lsa-da, uchrashuvning qolgan qismida "Qizilqum" futbolchilari peshqadamga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Ayniqsa, Muxtor Qurbonov uchrashuvning 28-daqiqasida "Paxtakor" darvozasiga gol kiritib, hisobdagi farqni qisqartirgach, Igor Shkvirin shogirdlari vaziyatni tenglashtirish ilinjida keskin hujumlar uyushtirishga zo'r berdi. Biroq, uchrashuvni 2:1 hisobida o'z foydasiga hal qilgan poytaxtliklar navbatdagi chempionlik sari yana bir qadam tashladi.

"Paxtakor" bilan raqobatlashishga urinayotgan Farg'onaning "Neftchi" va Qarshining "Nasaf" jamoalari ham muvaffaqiyatli odimini davom ettirmoqda. O'z maydonida "Metallurg" /Bekobod/ jamoasiga qarshi to'p surgan "Neftchi" futbolchilari yagona gol evaziga mavsumdagi 15-g'alabasini nishonladi. Muvaffaqiyatni ta'minlagan golga Anvar Berdiyev mualliflik qildi.

"Nasaf" esa G'uzorda "Sho'rtan" jamoasi bilan bellashdi. Mazkur o'yin qarshiliklar uchun omadli boshlandi. Birinchi bo'limda Bahrom Hakimov shogirdlari Zafar Xolmurodov va Vitaliy Alikperov tomonidan kiritilgan gollar evaztiga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Lekin "Sho'rtan"ning mohir futbolchisi Muhammad Inog'omov ikkita gol kiritib, hisobni tenglashtirdi.

"Nasaf" vakillariga g'alaba to'pini kiritish uchun yarim soat kerak bo'ldi. Nihoyat, uchrashuv yakunlanishiga yetti daqiqa qolganida Xurshid Uzoqboyev "Sho'rtan" darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga qimmatli uch ochkoni keltirdi — 3:2.

Yigirmanchi turning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi: "Traktor" /Toshkent/ — "Samarqand-Dinamo" /Samarqand/ 2:1, "To'polang" /Sariosiyo/ — "Navbahor-Namangan" /Namangan / 1:1, "Lokomotiv" /Toshkent/ — "Mash'al" /Muborak/ 2:3, "So'g'diyona" /Jizzax/ — "Buxoro" /Buxoro/ 2:0, "Andijon" /Andijon/ — "Xorazm" /Urganch/ 7:1.

Musobaqa jadvalida 55 ochko jamg'argan "Paxtakor" futbolchilari peshqadamlik qilmoqda. Chempionat yakunlanishiga o'n tur qolgan pallada paxtakorchilar eng yaqin ta'qibchilari — "Neftchi" va "Nasaf" futbolchilarini to'qqiz ochkoga ortda qoldirmoqda. Shuning uchun ham muxlisu mutaxassislarning aksariyati "Paxtakor" bu yil ham chempionlikni qo'lga kiritadi, degan fikrda.

Chempionatning kumush medali uchun kurash so'nggi turgacha qizg'in davom etadigan ko'rinadi. Chunki 46 tadan ochko jamg'argan "Neftchi" va

"Nasaf" jamoalari har bir turda faqat g'alaba ilinjida maydonga tushishga va bir-birining ochko yo'qotishini kutishga majbur.

Hozircha, biror marotaba g'alaba nashidasini surmasdan uch ochko bilan so'nggi pog'onada turgan "Xorazm" futbolchilarining kelasi mavsumni quyi ligada boshlashiga hech kim shubha qilmayotgan bo'lsa, "Sho'rtan", "Metallurg" va "So'g'diyona" jamoalarida oliy ligada qolish imkoniyati bor.

To'purarlar bahsida raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg'ol qilgan "Traktor" hujumchisi Pavel Solomin yetakchilik qilmoqda. Uning eng yaqin ta'qibchilari — Nosir Otaqo'ziyev /"Neftchi"/ va Vitaliy Alikperov /"Nasaf"/ hisobida 13 tadan gol bor.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  23 Avgust 2006, 13:19:31

Oliy liga yo'llanmalari uchun kurash qizg'in pallaga kirdi


Futbol bo'yicha O'zbekiston XV milliy chempionatining birinchi ligasida sovrinli o'rinlar va oliy ligada ishtirok etish huquqini beradigan yo'llanmalar uchun kurash yanada qizg'in pallaga kirdi, xabar beradi UzA.

Yigirma uchinchi tur bellashuvlari peshqadam jamoalar - "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" /Olmaliq/ va "Mash'al-2" /Muborak/ jamoalari uchun omadsiz keldi. Musobaqa jadvalini boshqarib kelayotgan olmaliqlik futbolchilar safar uchrashuvida autsayder jamoalardan biri - "Shayxontohur"ga /Toshkent/ imkoniyatni boy berdi. Poytaxtliklarga qimmatli uch ochko keltirgan golni 83-daqiqada G'.O'rinov kiritdi.

Shuningdek, "Mash'al" futbolchilari ham safardan quruq qaytdi. Chirchiqda "Kimyogar" bilan kuch sinashgan muboraklik charm to'p ustalari 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. G'olib jamoa gollari A.Hoshimov, J.Do'stmatov va B.Yo'ldoshev hisobiga yozilgan bo'lsa, mehmonlarning yagona javob to'piga F.Musayev mualliflik qildi.

Ikki peshqadamning ochko yo'qotishidan uchinchi va to'rtinchi o'rinda turgan jamoalar - "Quruvchi" /Toshkent/ va "Vobkent" /Vobkent/ unumli foydalandi. Birinchi ligada ilk marotaba ishtirok etayotgan poytaxtliklar o'z maydonida "Zarafshon" /Navoiy/ jamoasini 3:2 hisobida dog'da qoldirdi. Biroq "Quruvchi" futbolchilariga g'alaba qozonish oson bo'lgani yo'q.

Dastlab, toshkentlik R.Teshaboyev hisobni ochgan bo'lsa-da, ikkinchi bo'limda "Zarafshon" a'zolari - F.Boboqulov va V.Shodiyev bittadan gol kiritdi. Lekin navoiylik futbolchilarga raqib maydonidan ochko olib qaytish nasib qilmadi. So'nggi daqiqagacha kurashgan "Quruvchi" vakillari - R.Teshaboyev hamda R.Inog'omov uchrashuv yakunlanishiga besh daqiqa qolganida "Zarafshon" posbonini yana ikki marta o'z darovozasidan to'p olib chiqishga majbur qildi. Mazkur g'alaba poytaxtliklarni musobaqa jadvalida birinchi pog'onaga ko'tardi.

"Vobkent" jamoasi esa safar uchrashuvidan uch ochko bilan qaytdi. Joriy mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan Kosonsoyning "Kosonsoy-zakovat" jamoasi o'z maydonida vobkentliklarga yetarlicha qarshilik ko'rsatolmadi. Mehmon jamoa vakillari — SH.Fayziyev, I.Hamdamov hamda X.Rahimov tomonidan kiritilgan gollar "Vobkent"ga 3:0 hisobida g'alaba keltirdi.

Yigirma uchinchi turning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi: "O'zDongJu" /Andijon/ - "Sho'rchi-Lochin" /Sho'rchi/ 2:1, "Sementchi" /Quvasoy/ - "Surxon" /Termiz/ 5:0, "Shahrixon" /Shahrixon/ -"Xazorasp" /Xazorasp/ 2:1, "NBU-Osiyo" /Toshkent/ - "Qo'qon-1912" /Qo'qon/ 3:2, "Sirdaryo" /Guliston/ - "G'allakor" /G'allaorol/ 0:4, "Oq tepa" /Toshkent/ - "Miyonkol" /Kattaqo'rg'on/ 3:2.

Musobaqa jadvalida 47 ochko jamg'argan "Quruvchi" jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlarni egallab turgan "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" jamoasi hisobida qirq olti, "Vobkent"da esa qirq besh ochko bor. "Mash'al-2", "Sementchi", "G'allakor" va "NBU-Osiyo" jamoalari ham sovrinli o'rinlar va yo'llanmalar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Quyi pog'onaga tushib qolgan "Surxon" va "Miyonkol" jamoalari esa birinchi ligadagi joyini saqlab qolishga harakat qilmoqda.

To'purarlar bahsida raqiblar darvozasiga 21 ta gol kiritgan "Vobkent" hujumchisi Ilhom Hamdamov peshqadamlik qilmoqda. Uning eng yaqin ta'qibchisi Ulug'bek O'tarov /"Xazorasp"/ hisobida 17 ta gol bor.


Qayd etilgan


Shoxjahon12  05 Sentyabr 2006, 13:09:00

BIRINCHI LIGADA 26-TUR YAKUNLANDI         
   
 

"Miyonkol"-OTMK uchrashuvi bilan O'zbekiston Birinchi ligasi jamoalari 26-tur baxslarini yakunlashdi. Olmaliqning tog' metallurgiya kombinati jamoasi Samarqandda, Muborakning "Mash'al-2" klubi Andijonda, Toshkentning "Quruvchi" futbol klubi esa Namanganda kichik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Turnir yetakchilari safarda bir hil natijali g'alabani nishonlaganliklari ham e'tiborga molikdir. Yuqoridagi uch jamoa 1:0 hisobida zafar quchib, galdagi uch ochkoni o'z hisoblariga yozib qo'yishdi.

Turning eng yirik natijasi poytaxtda "Shayhontohur" va "Surxon" o'rtasidagi baxsda qayd etildi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan bir necha vakil to'p suradigan mazkur jamoa a'zolari bir vaqtlar Oliy ligada elitlar safida to'p surgan Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiluvchi "Surxon" darvozasiga javobsiz 7 ta gol urishdi.

"Vobkent" ham ushbu turni yirik g'alaba bilan o'tkazdi. "Sirdaryo" jamoasi mehmoni bo'lgan buxoroliklar 0:4 hisobida raqiblaridan ustun kelishdi.

Chirchiqning "Kimyogar" jamoasi esa "Shahrixon" maydonida qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi. Birinchi bo'limni 0:3 hisobidagi yirik natija bilan yakunlagan Toshkent viloyati jamoasi ikkinchi bo'limda  raqibiga erkin harakat qilish uchun sharoit yaratib berdi va natijada o'yin 3:4 hisobida yakunlandi.

Natijalar bilan tanishing:

SEMENTCHI - ZARAFSHON NSZ 4:1 (3:1)
UZDONGJU - MASH'AL-2 0:1 (0:0)
KOSONSOY-ZAKOVAT - QURUVCHI 0:1 (0:1)
SHAHRIXON - KIMYOGAR 3:4 (0:3)
NBU-OSIYO - SHO'RCHI-LOCHIN 1:0 (1:0)
SHAYHONTOHUR - SURXON 7:0 (3:0)
OQTEPA - XAZORASP 1:1 (0:1)
SIRDARYO - VOBKENT 0:4 (0:2)
MIYONKOL - OTMK 0:1
G'ALLAKOR - QO'QON 1912 3:1 (1:0)   
 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  06 Sentyabr 2006, 16:35:13

CHEMPIONAT VA KUBOK TAQVIMIGA O'ZGARTIRISHLAR KIRITILDI



O'zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionati saralash baxslarida ishtirok etishi munosabati bilan O'zbekiston chempionati va Kubogi baxslari taqvimiga o'zgartirishlar kiritildi. Terma jamoalarning xalqaro arenalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi, xalqaro o'yinlarga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko'rishini to'la ta'minlash maqsadida ana shu mazmundagi farmoyish O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullayev tomonidan imzolandi.





Farmoyishga ko'ra, 22-turda o'tkazilishi kerak bo'lgan quyidagi uchrashuvlarning o'tkazilish sanasi kechiktirildi:

"Andijon"-"Nasaf" 21-sentabr;
"Metallurg"-"Samarqand-Dinamo" 20-sentabr;
"Neftchi"-"Navbahor" uchrashuvlari 4 oktabr kuni o'tkaziladi.

23-turda esa yagona o'zgarish bor: "Nasaf"-"So'g'diyona" o'yini 23 dan 25 sentabrga ko'chirildi.

25-turda o'zgarishlar talaygina:

"Andijon"-"So'g'diyona" va "Nasaf"-"To'palang" baxslari 23 dan 25 sentabrga;
"Buxoro"-"Metallurg" uchrashuvi 23 dan 24 sentabrga ko'chirildi.

28-turda esa, ikkita o'zgarish bor:
"Neftchi"-"Paxtakor", "Mash'al"-"Buxoro" bellashuvlari 23 dan 21 oktabrga ko'chirildi.

Kubok o'yinlaridagi o'zgarishlar esa, quyidagicha:

1/4 final baxslari doirasidagi "Mash'al"-"Buxoro" uchrashuvi 20-sentabrga;
1/2 final o'yinlari dasturidan o'rin olgan "Mash'al"-"Buxoro" juftligi g'olibi hamda "Neftchi" o'rtasidagi bellashuv 4 dan 26 oktabrga ko'chirildi.
 
 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Sentyabr 2006, 16:26:00

OSTONADAGI O'YINLAR AFISHASI:



23-ТУР. 

9 сентябрь, шанба

ХОРАЗМ - ТЎПАЛАНГ
ҚИЗИЛҚУМ - ЛОКОМОТИВ
НАСАФ - СЎҒДИЁНА

10 сентябрь, якшанба

САМАРҚАНД-Д - ШЎРТАН 
БУХОРО - ТРАКТОР
НАВБАҲОР-Н - МЕТАЛЛУРГ
МАШЪАЛ - НЕФТЧИ 

11 сентябрь, душанба

ПАХТАКОР - АНДИЖОН

Qayd etilgan


Shoxjahon12  12 Sentyabr 2006, 12:19:29

OLIY LIGA .23-TUR NATIJALARI:





XORAZM-TO'PALANG 0:4 (0:1)
Gollar: Toirov, 41; Mirzayev, 48; Vostrikov, 64; Shomurodov, 88

QIZILQUM - LOKOMOTIV 1:0 (0:0)
Gol: Kritinin, 55

SAMARQAND-DINAMO - SHO'RTAN 4:1 (2:0)
Gollar: Nasimov, 4, 54; Xabibullin, 17; Hamdoryev, 71 - Taran, 87

BUXORO-TRAKTOR 0:3 (0:3)
Gollar: Solomin, 17; Mansurov, 27; Ibragimov, 45+1

NAVBAHOR-METALLURG 2:1 (2:1)
Gollar: Mirzoyev, 12; Agbo, 32 - Sherg'oziyev, 45+2

NASAF-SO'G'DIYONA 4:2 (2:0)
Gollar: Xolmurodov, 12, 67; Alekperov, 38; Berdiyev, 64 - O'rozov, 74; Yoqubov, 82

MASH'AL-NEFTCHI 1:0 (0:0)
Gol: Murzoyev, 87

PAXTAKOR-ANDIJON 6:1 (1:1)
Gollar: Ixeroume, 29, 49; Jeparov, 57, 90+4; Tojiyev, 74; 79


Qayd etilgan


Shoxjahon12  15 Sentyabr 2006, 13:36:36

BIRINCHI LIGADA INTRIGA KUCHAYDI: OTMK 3-O'RINDA, "VOBKENT" ESA YANGI PESHQADAM!         




O’zbekiston birinchi ligasining 28-tur baxslari o’z yakuniga yetdi. Qo’qon 1912 jamoasi ushbu turda Navoiyga "œZarafshon NSZ" maydoniga tashrif buyurmadi va natijada mezbonlarga texnik g’alaba yozildi. Qo’qonliklarning bu qilmishi esa, jazosiz qolmaydi.




Turning yana bir e’tiborli voqeasi Muborakda yuz berdi. Oliy liga yo’llanmasi uchun da’vogar Olmaliqning OTMK jamoasi g’alaba qozona turib, maydon egalariga yutqazib qo’yishdi.

Kattaqo’rg’onning "œMiyonqol" jamoasi esa kutilmaganda safardan yirik hisobdagi g’alaba bilan qaytdi. "œXazorasp" o’z uyida autsayderdan javobsiz 4 ta to’p o’tkazib yubordi.

Oliy liga da’vogarlaridan yana biri Toshkentning "œQuruvchi" jamoasi o’z uyida poytaxtning yana bir vakili NBU-Osiyo jamoasini yirik 5:0 hisobida yer tishlatdi.

Turning barcha natijalari bilan tanishing:

MASH’AL-2 — OTMK 2:1 (0:1)
ZARAFSHON NSZ — QO’QON 1912  +:-

VOBKENT — G’ALLAOROL 1:0 (0:0)

XAZORASP — MIYONKOL 0:4 (0:2)
SURXON — SIRDARYO 3:1 (2:0)
SHO’RCHI-LOCHIN — OQTEPA 1:1 (0:0)
KIMYOGAR — SHAYHONTOHUR 1:0 (0:0)
QURUVCHI — NBU OSIYO 5:0 (3:0)

SEMENTCHI — SHAHRIXON 4:0 (3:0)
UZDONGJU — KOSONSOY-ZAKOVAT 1:1 (0:0)

 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  27 Sentyabr 2006, 10:03:18

Joriy mavsumda "œPaxtakor" futbolchilari ketma-ket uchrashuvlarda g‘alaba qozonmoqda





Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XV milliy chempionatining oliy ligasi bellashuvlari yakunlanishiga besh tur qoldi. Har bir o‘tkazilgan uchrashuv Toshkentning "œPaxtakor" jamoasini navbatdagi chempionlik sari yaqinlashtirmoqda.

Joriy mavsumda chempionlik unvonini himoya qilayotgan "œPaxtakor" futbolchilari ketma-ket yirik hisobda g‘alaba qozonmoqda. Bu gal ular o‘z maydonida poytaxtning yana bir vakili - "œLokomotiv"ni mag‘lubiyatga uchratdi.

"œLokomotiv" futbolchilari mezbonlar bilan atigi 15 daqiqa tengma-teng o‘ynadi. Uchrashuvning 14-daqiqasida "œPaxtakor" yarim himoyachisi Vyacheslav Ponomaryov hisobni ochgach, oradan bir daqiqa o‘tib, "œLokomotiv"ning braziliyalik legioneri Everton Kavalkante hisobni tenglashtirdi. Biroq, qolgan vaqt mobaynida faqat "œLokomotiv" darvozasi ishg‘ol qilindi. Keyingi turlarda raqiblar darvozasini ketma-ket nishonga olayotgan "œPaxtakor"ning nigeriyalik legioneri Ixeruome Uche uchta, Server Jeparov ikkita va Temur Kopadze bitta gol kiritib, jamoasining 7:1 hisobdagi yirik g‘alabasini ta’minladi.

Oltin medal uchun kurashda "œPaxtakor"ni ta’qib qilayotgan Qarshining "œNasaf" jamoasi o‘z maydonida "œTo‘polang" /Sariosiyo/ futbolchilari ustidan zafar quchdi. Biroq, qarshiliklarga uch ochko olish oson bo‘lmadi. Garchi mezbonlar Zafar Xolmurodov va Vitaliy Alikperov tomonidan kiritilgan gollar evaziga ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, o‘yin yakunlanishiga o‘n ikki daqiqa qolganida Bahriddin Vahobov hamda Umid Abdurahmonov "œNasaf" darvozasiga gol urib, hisobni tenglashtirdi.

O‘z maydonidagi uchrashuvda ochko yo‘qotishni istamagan qarshilik charm to‘p ustalari qolgan daqiqalarda hujumni kuchaytirdi. Nihoyat, o‘yin yakunlanishiga besh daqiqa qolganida Vali Keldiyev aniq zarba yo‘llab, "œNasaf"ga 3:2 hisobida g‘alaba keltirdi.

"œPaxtakor" va "œNasaf" bilan raqobatlashayotgan Farg‘onaning "œNeftchi" jamoasi safardan uch ochko bilan qaytdi. Urganchda autsayder - "œXorazm" bilan kuch sinashgan Yuriy Sarkisyan shogirdlari 8:2 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar darvozasiga kiritilgan gollardan beshtasi Nosir Otaqo‘ziyev hisobiga yozilgan bo‘lsa, Akmal Xolmatov, Mansur Saidov va Nodir Qo‘ziboyev bittadan golga mualliflik qildi. "œXorazm"ning ikki javob to‘pini Sarvar Ibodullayev kiritdi.

Mazkur bellashuvdan so‘ng "œXorazm" jamoasi oliy ligani muddatidan oldin tark etishi aniq bo‘ldi.

Yigirma beshinchi turning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi: "œAndijon" /Andijon/ - "œSo‘g‘diyona" /Jizzax/ 2:0, "œBuxoro" /Buxoro/ - "œMetallurg" /Bekobod/ 0:0 , "œNavbahor-Namangan" /Namangan/ - "œSho‘rtan" /G‘uzor/ 3:2, "œMash’al" /Muborak/ - "œSamarqand-Dinamo" /Samarqand/ 4:1, "œQizilqum" /Zarafshon/ - "œTraktor" /Toshkent/ 2:3 .

Musobaqa jadvalida 67 ochko jamg‘argan "œPaxtakor" peshqadamlik qilmoqda. Agar paxtakorchilar qolgan beshta uchrashuvdan uchtasini o‘z foydasiga hal qilsa yana chempionat oltin medaliga sazovor bo‘ladi. "œPaxtakor"dan olti ochko ortda qolayotgan "œNasaf" futbolchilari kumush medalni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Chunki uchinchi o‘rinda turgan "œNeftchi" jamoasi bir uchrashuv kam o‘tkazgan holda "œNasaf"dan olti ochkoga ortda.

Xali g‘alaba nashidasini surmagan "œXorazm" jamoasi kelasi mavsumni quyi ligada boshlashi aniq. Xavfli hududda turgan "œSho‘rtan", "œMetallurg" va "œSo‘g‘diyona" futbolchilari oliy ligada qolish uchun kurashmoqda.

To‘purarlar bahsida raqiblar darvozasini 18 marotaba aniq nishonga olgan "œNeftchi" hujumchisi Nosir Otaqo‘ziyev peshqadamlik qilmoqda. Uning eng yaqin ta’qibchisi Server Jeparov /"œPaxtakor"/ hisobida 17 ta gol bor. Keyingi o‘rinlarda qayd etilgan paxtakorchi Ixeruome Uche va "œNasaf" vakili Vitaliy Alikperov o‘n oltitadan gol urgan.



Qayd etilgan


Shoxjahon12  27 Sentyabr 2006, 10:05:20

OLIY LIGA. 25-TUR



Qarshining "Nasaf" klubi o'z maydonida Sariosiyoning "To'palang" jamoasini qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. 25-turni shuningdek, peshqadam "Paxtakor" hamda "Nasaf"ni izma-iz ta'qib qilib kelayotgan Farg'onaning "Neftchi" jamoasi ham safarda yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Darvoqe, o'zining yettinchi chempionlik unvoni sari olg'a qadam tashlayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi poytaxt derbisiga mezbonlik qildi va "Lokomotiv"ni chilparchin qilib tashladi. O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Server Jeparov o'yinda dublga erishgan bo'lsa, Ravshan Haydarov jamoasining nigeriyalik futbolchisi Uche Ixeroume het trikni qayd etdi. Chempion safidagi qolgan gollar Timur Kapadze hamda hamda Vyacheslav Ponomoryovlarning hisoblariga yozildi. Timur Jo'rayevni shu kuni "Lokomotiv"dan braziliyalik Everton Doschades dog'da qoldirishga erishdi.

"Xorazm" chempionat to'purarlariga imkoniyatlar ummonini taqdim etishda davom etmoqda. Mavsumni g'alabasiz o'tkazayotgan yaqqol autsayder o'z uyida Farg'onaning "Neftchi" jamoasidan 8 ta gol o'tkazib yubordi. Gollarning 5 tasi O'zbekiston terma jamoasining a'zosi, chempionat to'purarlaridan biri Nosir Otaqo'ziyev hisobiga yozildi.

Muborakning "Mash'al" klubi esa o'z uyida "Samarqand-Dinamo"ni Shuhrat Mirholdirshoyev va Rustam Qodirovlarning dubli evaziga yer tishlatdi.

Natijalar quyidagicha ko'rinishga ega:

QIZILQUM-TRAKTOR 2:3 (0:2)
Gollar: Davletov, 50; Baranov, 64 - Solomin, 19, 90+3, Mo'minjonov, 45

XORAZM - NEFTCHI 2:8 (1:4)
Gollar: Ibodullayev, 40, 65 - Xolmatov, 21; Otaqo'ziyev, 27, 32, 39, 56, 63; Saidov, 87; Qo'ziboyev, 88

BUXORO - METALLURG 0:0

MASH'AL - SAMARQAND-DINAMO 4:1 (3:0)
Gollar: Mirholdirshoyev, 8, 82; Qodirov, 37, 42 - Isroilov, 60

NASAF - TO'PALANG 3:2 (1:0)
Gollar: Xolmurodov, 45; Alekperov, 51; Keldiyev, 85 - Vahobov, 78; Abdurahmonov, 83

ANDIJON - SO'G'DIYONA 2:0 (0:0)
Gollar: Hamidullayev, 57; Hoshimov, 88

NAVBAHOR - SHO'RTAN 3:2 (1:0)
Gollar: Mirzoyev, 37; Agbo, 65; Nazarov, 69 - Taran, 74, 80

PAXTAKOR - LOKOMOTIV 7:1 (3:1)
Gollar: Ponomoryov, 14; Ixeroume, 21, 52, 75; Jeparov, 35-pen, 83; Kapadze, 90 - Everton, 15

 

Qayd etilgan