OLIY LIGA. 25-TUR
Qarshining "Nasaf" klubi o'z maydonida Sariosiyoning "To'palang" jamoasini qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. 25-turni shuningdek, peshqadam "Paxtakor" hamda "Nasaf"ni izma-iz ta'qib qilib kelayotgan Farg'onaning "Neftchi" jamoasi ham safarda yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Darvoqe, o'zining yettinchi chempionlik unvoni sari olg'a qadam tashlayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi poytaxt derbisiga mezbonlik qildi va "Lokomotiv"ni chilparchin qilib tashladi. O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Server Jeparov o'yinda dublga erishgan bo'lsa, Ravshan Haydarov jamoasining nigeriyalik futbolchisi Uche Ixeroume het trikni qayd etdi. Chempion safidagi qolgan gollar Timur Kapadze hamda hamda Vyacheslav Ponomoryovlarning hisoblariga yozildi. Timur Jo'rayevni shu kuni "Lokomotiv"dan braziliyalik Everton Doschades dog'da qoldirishga erishdi.
"Xorazm" chempionat to'purarlariga imkoniyatlar ummonini taqdim etishda davom etmoqda. Mavsumni g'alabasiz o'tkazayotgan yaqqol autsayder o'z uyida Farg'onaning "Neftchi" jamoasidan 8 ta gol o'tkazib yubordi. Gollarning 5 tasi O'zbekiston terma jamoasining a'zosi, chempionat to'purarlaridan biri Nosir Otaqo'ziyev hisobiga yozildi.
Muborakning "Mash'al" klubi esa o'z uyida "Samarqand-Dinamo"ni Shuhrat Mirholdirshoyev va Rustam Qodirovlarning dubli evaziga yer tishlatdi.
Natijalar quyidagicha ko'rinishga ega:
QIZILQUM-TRAKTOR 2:3 (0:2)
Gollar: Davletov, 50; Baranov, 64 - Solomin, 19, 90+3, Mo'minjonov, 45
XORAZM - NEFTCHI 2:8 (1:4)
Gollar: Ibodullayev, 40, 65 - Xolmatov, 21; Otaqo'ziyev, 27, 32, 39, 56, 63; Saidov, 87; Qo'ziboyev, 88
BUXORO - METALLURG 0:0
MASH'AL - SAMARQAND-DINAMO 4:1 (3:0)
Gollar: Mirholdirshoyev, 8, 82; Qodirov, 37, 42 - Isroilov, 60
NASAF - TO'PALANG 3:2 (1:0)
Gollar: Xolmurodov, 45; Alekperov, 51; Keldiyev, 85 - Vahobov, 78; Abdurahmonov, 83
ANDIJON - SO'G'DIYONA 2:0 (0:0)
Gollar: Hamidullayev, 57; Hoshimov, 88
NAVBAHOR - SHO'RTAN 3:2 (1:0)
Gollar: Mirzoyev, 37; Agbo, 65; Nazarov, 69 - Taran, 74, 80
PAXTAKOR - LOKOMOTIV 7:1 (3:1)
Gollar: Ponomoryov, 14; Ixeroume, 21, 52, 75; Jeparov, 35-pen, 83; Kapadze, 90 - Everton, 15