Ota - onalarni e'zozlab...  ( 43505 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:13:29

II

U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.

Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.

O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.

Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?

Yo`qmidi hech o`zga gaping, -
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.

Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
O`tkazar-ku tiriklar.

Unutilar g`ussalar ham,
Orzular ham cho`zar bo`y.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bo`lar to`y.

Balki sening qabring uzra
Ko`karganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qo`yar,
Sen istagan kelinchak.

Kimdir uning yo`llariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.

Balki do`stlar davrasida
Kamim bo`lmas hech qachon.
Lekin seni o`sha damda
Qaydan topay, onajon.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:13:55

III

Esimdadir, titrar edim -
G`amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko`rdim nogoh
Boshginangning ostida.

Toshday qotdim o`shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
- Shoir o`g`lim, - deding menga
Sekingina qayrilib.

Onajonim, so`ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo`lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.

Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to`larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo`larman.

Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo`lsam ehtimol.

Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko`rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.

Payti kelib to`lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so`ng
Senga tomon, sen tomon.

Balki u kun boshim uzra
Do`stlar bosh ham egadir.
O`sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.

Dilda neki jur'atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo`lsin,
Senga bo`lsin, onajon.

Senga bo`lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo`la.
Xotirangga ushbu she'rni
Yozdi o`g`ling Abdulla.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Oktyabr 2007, 10:26:16

Ko'pdan beri ko'rmadim yuzingizni,
Meni xarob qilar bu holat, ona!
Holimni kelganu ketgandan emas,
Issiq qo'llaringdan so'rab bila, ona!

Ona, g'urbatdaman, g'am o'chog'ida,
Sevgim, yuragimni qo'rida yasha.
Meni sog'inar bo'lsang, yo quchog'inda
Yohud ko'zyoshingda xayol qil, ona!

Ayriliq qismatim ekan, netarman,
Faqat Yaratgandan umid etarman,
Balki shu yerlarda o'lib ketarman,
Ne bo'lsa ham mendan rozi bo'l, ona!

A.Oqkunduz.

Qayd etilgan


Muslimа  02 Noyabr 2007, 08:03:58

Yolg’on so’zlab nima topdim bu dunyoda,
Armonlarim jon-jonimga sanchilgan o’q.
Umidim ko’p Tangrim O’zing qil ziyoda,
Men onamni hali rozi qilganim yo’q.

Avval Hudo haq deganni qo’llaydigan,
Yaxshi yomonimni O’zi xil laydigan.
Duogo’yim, baxt iqbolim tilaydigan,
Men onamni hali rozi qilganim yo’q.

Davlat topsam dedim "œO’g’il, qizimgadur!"
Zo’rligim ham g’o’rligim ham o’zimgadur.
Hayolimda bir o’y — hadik halak mangir,
Men onamni hali rozi qilganim yo’q.

Dard bersa ham shifoli dard bersin Egam,
Necha yilki ozurda jon mushfiq onam.
O’shanda ham "œKuyinma qo’y bolam!" degan,
Men onamni hali rozi qilganim yo’q.


Bahodir Mamajonovni "œOna" qo’shig’idan.

Qayd etilgan


Muslimа  02 Noyabr 2007, 08:05:13

Taqdir menga yozganida balolar,
Oyog’imdan chalganida hatolar.
Yi’qilmadim, egilmadim, sinmadim,
Onalar bor qilib turgan duolar.

Mehir to’la kafti boshimni silar,
"œBolam" deya ko’zu qoshimni silar.
Shomu sahar bahtu kamolim tilar,
Onalar bor qilib turgan duolar.

Men savobni izlamadim uzoqdan,
Men tavofni izlamadim uzoqdan.
Manzilim shu kelsam yaqin yiroqdan,
Onam borku qilib turgan duolar.

Yarashadi savlat to’kib yurganim,
Davlat topib, ko’ngil to’lib turganim.
Peshonamda Alloh qaytib berganim,
Onajonim bor qilib turgan duolar.

Peshonamda Qodir Xudo berganim,
Onajonim bor qilib turgan duolar.

Ozodbek Nazarbekovni "œOnajon" qo’shig’idan.

Qayd etilgan


Foniy  02 Noyabr 2007, 12:17:02

Assalomu alaykum!

Baxtimiz - Onajon...

Tunda yozibman kimgadur she`rlar
Kimgadur o`zimni bag`ishlab har on
Muhabbat desalar berardimku jon
O`shanda unutdim sizni onajon.

Do`stimga ishonib sirim ham aytdim
Dushmanni hamma vaqt do`stim deb bildim
Yomonlik, razillik barchasin qildim
Sizni o`ylamadim bir dam onajon.

Do`st sirimni olamga yoyib ham bo`ldi
Ishonganim ustimdan kulib ham bo`ldi
Nahotki quvonib yi`glagan chog`da
Sizni o`ylamadim bir dam onajon.

Yuz o`girdi hatto o`z  Do`stim
Va`dasin unutdi bevafolar ham
Boshimga tushdiku malomat toshi
Yolg`iz boshginamda yig`ladi onam.

Ko`zimni ochib qarasam shu choq
Yig`lab turar munis bir inson
Qo`llaridan tutib so`rayman
Gunohkor o`g`lingni kechir  ONAJON"¦

Muallifi noma'lum

Qayd etilgan


Foniy  03 Noyabr 2007, 13:11:33

***
Beshigimni quchoqlab yotgan
Shirin-shirin allalar aytgan
Sabo yanglig o’pib uyg'otgan
Onajonim, sizga to’ymadim!

Siz ketdingiz, manzil- lomakon
Hamma ketar, ketar begumon
Ammo qoldi dilda bir armon:
Onajonim, sizga to’ymadim!

Yo’lingizda ko’zlarim qoldi
Aytilmagan so’zlarim qoldi
Ko’zimda yosh, bo’zlarim qoldi
Onajonim, sizga to’ymadim!

Der edingiz: "œOna qo’rg'oshin
Erib ketar ko’rsa ko’z yoshing"
Toshdan bo'lsin derdingiz boshing
Onajonim, sizga to’ymadim!

Orzulagan kunlariz keldi
Siz aytgan ul qut fayz keldi
Lek tilim lol dil ma'yus keldi
Onajonim, sizga toymadim

Yashayapman yaxshi yo yomon
Boshga tushsa ko’narkan inson
Mehringizga tashna bo'ldi jon
Onajonim, sizga to’ymadim!

Umid birlan yashaydi banda
Eh, ochilib bu sirli parda
Ko’rishtirsin endi mahsharda
Onajonim, sizga to’ymadim!
***

Muallifi noma'lum

Qayd etilgan


Mahzunabonu  03 Noyabr 2007, 20:28:12

Sog'inch

Uzoqdaman bu kun uyimdan,
Sog'inchlarim bo'ldi bir jahon.
Bunda kutib student o'g'lin,
Yashaydi bir mo'tabar inson.

U onamdir, onajonginam,
Mehridaryo volidam - Ona!
Uyim ostonasidan chiqyotganimda,
Peshonamdan o'pgan dil mehri yona.

Oyga borib omon qayt, deya,
Duo qildi peshonam silab.
Ko'zin tikib ortimdan uyda,
Qoldi onam menga baxt tilab.

Asadbek.

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 09:44:12

Onajon siz mening yolg’iz do’stimsiz,
Faqat sizgagina ishonish mumkin.
Yorug’ kunlardagi yorug’ baxtimsiz,
Yolg’iz sizgagina yorilish mumkin.

Dasturxoningizga bugun sevinib,
Shodlik mevalarim to’kib solaman.
Men sizni avaylab, sizga ilinib,
O’zim mehringizdan lazzat olaman.

Lekin shunday qutlug’, keng dasturxonga,
Hasrat taomlarin to’kmoqlik — gunoh.
Sabolar aylansa kuchli bo’ronga,
Aytib bag’ringizni qilmayman siyoh.

FAQAT SIZ HIYONAT QILMAYSIZ MENGA,
SADOQAT TUYG’USI BUNCHALAR NOYOB!
KO’RSATGIM KELMAYDI KO’Z YOSHIM SIZGA,
OPPOQ SOCHLARINGIZ SHUNDOQ HAM SEROB.

MENGA DO’ST KERAKMAS — YIG’LAGANIMDA,
SIZDEK SODIQ DO’STNI TOPMAM HECH QACHON.
QUVONCHIMGA SHERIK IZLAGANIMDA,
SEVINCH YOSHLARIMNI ARTING, ONAJON!


Zamira Egamberdievaning "œDadamning duosi" she’rlar to’plamidan.

Qayd etilgan


Foniy  07 Noyabr 2007, 16:20:15

Onam

O‘g‘lim bor deb suyungan onam,
Har dardimga kuyungan onam.
Orzusini ko‘rolmay menda,
Armonlarga ko‘milgan onam,
Yurak-bag‘ri o‘yilgan onam.

Dunyo ko‘r deb chetga yo‘llagan,
Har qadamda meni o‘ylagan,
Vaslim kutib zor-zor yig‘lagan,
Hijronlarga ko‘milgan onam,
Yurak bag‘ri o‘yilgan onam.

Dunyo kezib baxtimni izlab,
Jon qurbonim onam yolg‘izlab,
Safarlarga ketsam olislab,
Hijronlarga ko‘milgan onam,
Yurak bag‘ri o‘yilgan onam.

Hur hayotga izn so‘rayman,
Ota-onam izin so‘rayman.
Yaratgandan to‘zim so‘rayman,
Har dardimga kuyungan, onam,
O‘g‘lim bor deb suyungan, onam.

Javlon Abdullo

Qayd etilgan