Ota - onalarni e'zozlab...  ( 43473 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munira xonim  07 Noyabr 2007, 20:46:06

Ka'ba eshigida turgan ey, posbon,
Avval onalarning ochgin yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil, ko'zga sur, o'pgin qo'llarin.

Hojar onamizning nidosi ila,
Ka'bada ko'z ochgan obi zam-zam ham.
Bir umar talpinmish onaga qarab,
Ne-ne payg'ambar ko'zlarida nam.

Qavmimni ranjitib qo'ymayin,ammo,
Tobut tutib kelgan er zoti doim.
Onalar bag'riga faqat beshik jo,
Hayotbaxsh allalar aytgan muloyim.

Sho'rlik odamzodning tole'si uchun,
Eng avval onalar qilsin ibodat,
Zora, gunohlardan pok bo'lgan, on chin,
Onalar duosi bo'lsa ijobat.
Eng avval onalar qilsin ibodat...

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Noyabr 2007, 20:55:26

ONA!!!

Do'ppisini otsin osmonga,
Ko'zi kulib boqsin zamonga.
Qo'lin butun uzatsin nonga,
Hayot bo'lsa kimning onasi.

Sovqotmaydi qor bo'ronda ham,
Qoqilmaydi tosh yo'llarda ham,
Turtolmaydi hech bir muttaham,
Hayot bo'lsa kimning onasi.

Yulinmaydi nohaq bir pati,
Yaxshi bo'lar doim ulfati,
Issiq turar doim ovqati,
Hayot bo'lsa kimning onasi.

Mehr izlab ko'chib yurmaydi,
O'z uyida cho'chib yurmaydi,
Rangi quti o'chib yurmaydi,
Hayot bo'lsa kimning onasi.

Farzand uchun ona bir me'mor,
Poyidadir onaning jannat,
Yetsin uning qadriga faqat,
Hayot bo'lsa kimning onasi.

Qayd etilgan


Muslimа  08 Noyabr 2007, 13:43:23

Onajon

Bir parcha go’sht edim tug’ilgan chog’da,
Shunchalar sevildim issiq quchoqda,
Asraldim jondayin jonda, qarog’da,
Onajon, sevmoqni sezdan o’rgandim.

Osminni keng desam o’zing undan keng
Qalbingda bir emas, quyosh balki ming,
Oydayin balqishing olamlarga teng,
Olamni sevmoqni sendan o’rgandim.

Oy ko’ka o’rlaydi, yulduzlar g’ujg’on
Bedorlik ko’shkida tunlar ham yolg’on
Subhidam ko’ksidan gul terar mujgon,
Tonglarni sevmoqni sendan o’rgandim.

Sahrolar bag’rida kezganda ko’ngil
Sahroyi dilimda bir gul undi — gul
Deding sen "œBu gulga hayotni sungil"¦"
Bahorday gullashni sendan o’rgandim.

Ko’zimga tor kelib tursa-da olam,
Dastim yetmaganda ezgularga ham,
Sabru matonatni o’zga etib jam,
Sabotu kenglikni sendan o’rgandim.

Jonim tig’ ustida halok bo’lgan dam,
To’lg’oqlar tishlarim to’kib bo’lgan dam,
Bolam, deb jonimdan kechib turgan dam,
Hayotga qaytmoqni sendan o’rgandim.

Dunyo bir aylanib kelganda hatto,
Bor tirik mavjudot o’zgarsa hatto,
Bilaman! Shunda ham bo’lmaydi xato —
Bolam, deb olamni quchasan masrur,
Onajon, sen bilan shu baxt, shu surur!

Robiya Yo’ldosheva.
"œHilol" taqvimi 3/2007/1428

Qayd etilgan


shoir  09 Noyabr 2007, 12:09:00

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko'rib yorug' dunyoda,
Toshkanni ko'rmagan bechora onam,
Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi!..

Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q,
Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g',
Menda yurak deganlarin o'zi yo'q:
Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam?..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo'qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim She'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt?..

Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho'kib, qo'lingni o'psin.
Undan ham ulug'im borligin ko'rsin,
Men uchun ham aziz holingni so'rsin,
Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!..

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Noyabr 2007, 09:24:40

* * *
Ona bo'lib o'zim ham o'ylab qoldim onamni,
Kuylamoqqa dil tashna, qo'lga oldim qalamni.

Qizalog'im quvnasa, ona sizni o'ylayman,
Orom bermay qiynasa, ona sizni qo'msayman.

Bir bolaning azobi shuncha bo'larmi, hay-hay,
Barchamizga onajonim bardosh berdingiz qanday!?

Men bilaman shu tobda men haqimda o'ylaysiz,
Qiynaldimi, bolajonim, deb otamga so'zlaysiz.

Onajonim toleyim keng, nasib bo'lmish menga ham,
Bu azoblar shirin azob, gashtli bo'lmish menga ham.

Ona bo'lib o'zim ham, baxtdan to'lib boryapman,
Kundan-kun qadringizga, ona yetib boryapman.

Qayd etilgan


Muslimа  30 Noyabr 2007, 16:08:12

ONAJON

Sizning so'zingizda ajib ma'no bor,
Bag'ringizga tortar so'zingiz sehri.
Men bildim sizningsiz keng duyo ham tor,
Jo'shar qalbingizda onalik sehri.

Shoir o`g`lim deysiz, sho'x o`g`lim deysiz,
Onajon erkalang olam quchaman.
Issiq yuzim deysiz, yulduzim deysiz,
Yuksak parvoz tilang baland uchaman.

Orzularim ro'yob duo qilsangiz,
Doimo yo'limda bo'lgaydir madad.
Qalbimda bir istak agar bilsangiz,
Allohim asrasin sizni toabad.

Onajonim mening, oftobim mening,
Aytay boringizga ming bora shukur.
Mehribonim, mohim, tobonim mening,
Bosh egib aylayin sizga tashakkur.

Muallifi nomalum

Qayd etilgan


Foniy  04 Dekabr 2007, 20:10:14

NOLA: ULAR YO'Q

Yuragimda dardim boru choram yo'q,
Bu taqdirga mening boshqa nolam yo'q.
Ketib qolgan karvonlarim qaytmaydi
Xizmatida turay desam onam yo'q.
Hurmatini qilay desam otam yo'q.
Borligida kelmay davlat kechikdi,
Yosh edima baxtu-omad kechikdi,
Mehrim sarson bo'ldi, mehrim ichikdi,
Xizmatida turay desam onam yo'q.
Hurmatini qilay desam otam yo'q.

Duo bilan sulton edim, shoh edim,
Mehri bilan yashab turgan bog' edim,
Duo bilan sulton edim, shoh edim,
Mehri bilan yashab turgan bog' edim,
Endi ko'nglim yetim bo'ldi, men yetim,
Xizmatida turay desam otam yo'q.
Hurmatini qilay desam onam yo'q.
Xizmatida turay desam otam yo'q.
Hurmatini qilay desam onam yo'q.

Qayga qo'lim cho'zsam yetadi endi,
Qani otam? Qani onam? Yo'q! Qani?
Haj yo'liga kuzataman men kimni?!.
Imkonim bor, ammo endi otam yo'q.
Yig'layman goh mehribonim onam yo'q,
Yig'layman goh mehribonlarim ular yo'q,
Xizmatida turay desam otam yo'q,..

Adhambek Yo'ldoshev

Qayd etilgan


Foniy  17 Dekabr 2007, 13:05:21

Monrealning sovuq tunida
Sizni qo'msab yig'ladim ona.
Begona yurt sovuq qo'ynida
Suratingiz bo'ldi parvona.

Onajonim, sizni keladi ko'rgim
Sizni chaqiraman alahlab tushda.
Bag'ringiz hidiga keladi to'ygim,
Uchib borolsaydim bir zumda qushdek.

Qush qanotlarini menga bersaydi
Olis Toshkentimga uchib ketardim.
Barcha tushlarimchi, o'ngidan kelsa,
Ettinchi osmonga bahtdan yetardim.

Sizni ko'p o'ylayman sovuq tunlari
Ko'zimdan o'tadi bir-bir yoshligim.
Hafa qilganlarim, dil ozorlarim,
Ahmoqlik sababi-bag'ritoshligim...

Qaltirib teraman uyim raqamin.
Go'shak ko'taradi sog'ingan onam.
Hol-ahvol so'rayman. Qarindosh-urug'
Hammasi salomat deb aytar onam.

Bir sukut saqlayman labimni tishlab,
Ko'zlarimdan oqar qatra-qatra yosh.
Onam gapiradi: "Bir so'z ayt, bolam.
Seni o'ylamagan kunim yo`q, bolam.

Bugun ketganingga bo'ldi uch yuz kun,
Kelishingga qoldi atigi uch kun.
Yuragim hamriqib seni kutadi.
Duolab chiqarman, yolg'izim, har tun.

Umring uzoq bo'lsin, deb yig'lar onam.
Mening qo'shilishib yig'lagim kelar.
Jonim onam bilan, bu murda tanam
Goh-gohi yig'idan silkinib ketar.

Ikki minut qoldi, deyman baqirib,
Jonholatda onam derlar hapqirib:
Allohim umringni ziyoda qilsin,
Peshonangdan ming bor o'pib qolarman.

Yana uvvos solib yig'i boshlayman.
Bu gal ham aytmadim, men ahmoq farzand:
Sizni olamlardan aziz ko'raman
Sizdan hayotim chun umrbod qarzman.

Yana uch kun qoldi sizni ko'rishga
Yana uch kun berdi Alloh sinovga
Uch kunlik sog'inchim, onajonginam
Uch asrlik bo'lib tuyular menga...

Manba

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Dekabr 2007, 12:09:23

Onamga maktub
   
Erta-indin yelar izg’irin,
Yiqiladi bog’larga tuman.
Anglagani yashashning sirin,
So’zlashaman yomg’irlar bilan.

Mastu alast, beg’am do’sti yor,
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.

Derazaga ho’l bag’rin bosib,
Kuzak tuni surganda xayol —
Men eng go’zal she’rimni yozib,
Sizni eslab yig’lashim ayon.
 

Usmon Azim

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Dekabr 2007, 12:13:20

O'zbek onasi...
   

Mushtipar ham o'zing, buyuk ham o'zing,

Kuyunchak ham o'zing, kuyuk ham o'zing.

Olamda tatirlik suyuk ham o'zing,

Payt krldi aytmoqqa, gapning xonasi,

Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.


Seni To'maris deb, maqtaganim bor,

Sen Temur beshigin tebratgan bedor,

Sensan Bibixonim, Nodirai zor,

Payt keldi aymoqqa, gapning xonasi,

Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.

 
Vatanni Ona deb bekor aytilmas,

Ona buyurganda yo'ldan qaytilmas,

Sen o'zing Ka'bamsan, Baytul muqaddas,

Payt keldi aymoqqa, gapning xonasi,

Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.

 

Boshingdan nimalar o'tmadi axir,

Vatandek taqdiring bo'ldi goh taxir,

Bobur shoh bo'lsada, qoshingda faqir,

Payt keldi aymoqqa, gapning xonasi,

Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.

 

Gohida balqiding Barchindek to'lib,

G'o'zadek quriding Tursunoy bo'lib,

Timsoling yalovda yulduzdek kulib,

Payt keldi aymoqqa, gapning xonasi,

Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.

 

Farzanding quvonsa - sen ham quvonding,

Faqat bolam deding, yashading, yonding,

Nokasi uchrasa, o'rtanding, tonding,

Payt keldi aymoqqa, gapning xonasi,

Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.

 

Kelajak toychog'u toyingizdadir,

Jannat ham, albatta, poyingizdadir,

Vatan-ku Siz turgan joyingizdadir.

Payt keldi aymoqqa, gapning xonasi,

Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.

 

Sizga ta'zim qilib turibman bu payt,

Sizga baxshidadir eng shoxona bayt,

Aziz yurtboshimga duolaring ayt,

Payt keldi aymoqqa, gapning xonasi,

Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.

 Abdulla Oripov

Qayd etilgan