Davom ettiring!!!  ( 208211 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 62 B


Murod_bek  01 Aprel 2007, 20:01:54

Idrok etish fahmidan ojizlik, idrok etishdir,
Rabbning zoti siridan bahs qilishlik shirk keltirishdir.   (Aqoid)

Qayd etilgan


Laylo  02 Aprel 2007, 07:32:02

Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman, deb to‘g‘rilikdan ayrilma va musulmon holda o‘lishga intil. Mazlumning badduosidan saqlan.
Maoz ibn Jabal

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Aprel 2007, 11:36:36

Namoz, ro'zani bilmagan, unga befarq munosabatda bo'lgan ISLOMIYATGA yaqinlasholmaydi.

Qayd etilgan


mutaallimah  02 Aprel 2007, 12:10:41

Insonning aqli ojiz. U hamma narsaga qodirman deb o'ylaydi. Bu dunyo hayoti abadiy va hayot faqat shu dunyodangina iborat deb ishonadi. Holbuki dunyoda hamma narsa o'tkinchidir va oxiri o'limdir.

Qayd etilgan


Nodi  02 Aprel 2007, 16:26:08

R harfiga juda ko'p tugayapti. Shuning uchun ham gap topish qiyin bo'lyapti. Lekin baribir harakar qilaveramiz.

Qayd etilgan


Flower  02 Aprel 2007, 16:46:56

Ziyoli va oqil inson hamma qulfga tushadigan kalitga o'xshaydi.( uzr, muallifi esimda yo'q)

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Aprel 2007, 07:05:27

Inson yeyish uchun yashamasligi kerak. Balki yashash uchun yeyishi lozim.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Aprel 2007, 07:08:13

Maqtanishdan lazzatlanganlar sharob ichgan sarhush kabi o'zlarini mahv etadilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Aprel 2007, 07:17:08

Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Aprel 2007, 07:27:00

Amal qalbga bog'liqdir, qalb yomon bo'lsa, "mevasi" ham yomon bo'ladi.
Agar qalb yahshi bo'lsa, amali ham yahshi bo'ladi.

Qayd etilgan