Davom ettiring!!!  ( 155654 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 62 B


Abdusalom  03 Aprel 2007, 07:32:02

"œInno fatahno"no o’qub, ma’no so’rdum,
Partav soldi, bexud bo’lub, diydor ko’rdum,
Mullom urub, "œuskut" dedi, boqib turdum,
Yoshim sochib, muztar bo’lub turdim mano.

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Aprel 2007, 07:44:02

Olimning haqqi har qanday kishining haqqidan ustundir. Odamlar faqat olimlarga ergashib yuksaladilar,shuningdek Alloh nazdida ham yuksalishadi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Aprel 2007, 07:45:02

Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Aprel 2007, 07:56:24

Odamlarning ko'pchiligi Qur'oni karim dasturiga hofiz bo'ladi-da, ma'nosidan g'ofil qoladi. Ular tili iqror, dili inkor kishilardir.

Qayd etilgan


Flower  03 Aprel 2007, 14:24:54

Razolatning boshi ilmsizlikdir.

Qayd etilgan


Murod_bek  03 Aprel 2007, 21:13:32

Rizqing uchun harakat qil,Ammo rizq topamandeb to'g'rilikdan ayrilma va musulmon hoda o'lishga intil.Mazlumning badduosidan saqlan.  (Muoz ibn Jabal)

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Aprel 2007, 22:10:46

Nokas eshigiga qadam qo‘ymag‘il,
Duch kelganda hatto holin so‘rmag‘il.

Farididdin Attor

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Aprel 2007, 07:41:06

"La ilaha illalloh" deganingda, bu ovozni qalban his et.U bilan qalbing tasalli topsin. Haqqa tavakkul qil.

Qayd etilgan


Abdusalom  04 Aprel 2007, 07:49:20

Lug‘at e’tibori ila iymon va Islom orasida farq bor, lekin Islomsiz iymon, iymonsiz Islom bo‘lmas. Ular ikkisi bir narsaning ichi va tashi kabidir.

Imomi A’zam

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Aprel 2007, 08:08:13

RABning do'stlariga yaqin bo'lmoq dunyoning eng sharafli martabasidan biridir. Sen duo qilayotganingda:"Yo, RAB, menga xos bandalaringini yaqin qil",deya duo qil va ko'z yosh to'k. Rabbing seni bu sharaf ila shodlantirsin.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan