Davom ettiring!!!  ( 208344 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 62 B


topsync  13 Aprel 2007, 11:46:33

Gunohlar yuki ostida ezilib, umidsizlikka tushish og'ir falokatdir

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Aprel 2007, 17:14:59

Rizqimiz ko’kdan,
So’ng oqqan terdan.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Aprel 2007, 19:11:52

Ilmni og'izda qoldirib, yomon amallar qilganlar, Qur'oni Karimda kitob yuklatilgan eshakka o'hshatilgan. Sen ilmingga muvofiq ish tutmasang eshaklikdan qutulmaysan.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


topsync  13 Aprel 2007, 20:16:17

Noxush xabarni chin bo’lsa ham do’stingga yetkazma; birovdan ayb ko’rsang yuziga solma. Qo’yaver, o’sha chin xabarni dushman yetkazsin va sen sabr qil, u ayb mojarosini dushmani qilsin.
Aqlli odam yolg’on gapirmas; ammo, barcha rost gapni aytaverish ham to’g’ri emas. Birovning ko’zi g’ilay — nogirondir; ammo, bunga u aybdor emasdir... Birovni nohaq hijolatga solmoq — o’z nodonligini izhor qilmoq va bir ko’ngilni og’ritmoqdir. Bu kabi kishini xafa qiladigan chin so’zdan ko’ra zarurat yuzasidan — o’rni bilan gapirilgan yolg’on yaxshiroqdir.
Mahbub ul-qulubdan

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Aprel 2007, 07:52:30

"Rasululloh s.a.v. inisiga hayo haqida gapirayotgan bir odamni gapini eshitib "Hayo - Iymondandir" dedilar".

Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


topsync  15 Aprel 2007, 16:40:50

Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qilindi: Paygambar alayhissalom aytdilar: "œUch toifa kishining duosi mustajob bo’lur:
1. Mazlumning duosi.
2. Musofirning duosi.
3. Otaning farzandiga qilgan duosi"

Qayd etilgan


topsync  16 Aprel 2007, 17:40:20

Robinzonga havasim keladi. U kimsasiz orolda bir o'zi necha yil umrguzaronlik qilgan bo'lsa, shuncha payt g'iybatdan, fisqu-fasoddan holi yashagan.
Qanday baxt...

(O'tkir Hoshimov)

Qayd etilgan


topsync  16 Aprel 2007, 18:29:39

Agar sen balolar yo'liga tushib qolsang, ko'zing quvonsin. Chunki bu yo'ldan Payg'ambarlar vasolihlar yurganlar. Agar rohatli yo'l boshlansa, sen o'z nafsingga yig'lagin. Chunki ularning yo'lidan adashtirilibsan".
Vahb ibn Munabbah

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Aprel 2007, 19:05:17

Nafsingga so'zing o'tsa, halqqa ham so'zing o'tadi. Shuning uchun nafsingga qrshi jihod qil.

Qayd etilgan


topsync  16 Aprel 2007, 23:53:13

Luqmon_Hakim o'g'liga;
Ey o'g'lim ..Tizzangni olimlar tizzasiga yaqin tut,ularning majlislarida bo'l! Ular bilan munozara qilma nafratiga yoliqasan ,Dunyodan nasibangni ol.Kasb etib topgan narsangning ko'prog'ini oxirating  uchun sarfla. Dunyodan butunlay yuz o'girib, kimlargadir va kimlarningdir bo'ynida yuk bo`lib qolishdan saqlan .Tutgan ro'zang shahvatingni sindirsin .Agar namozingga zarar etkazsa,ro'za tutma,chunki ,namoz ro'zadan afzaldir.Ahmoqlar bilan hamsuhbat bo`lma -ikkiyuzlamachilarga aralashma"

Qayd etilgan