Davom ettiring!!!  ( 208273 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 62 B


AbdulAziz  17 Aprel 2007, 07:49:39

Alloh taologa duo qilasiz-u, lekin ijobat bo‘lmaydi, buning sababi shuki, sizlarning qalbingiz o‘nta narsa bilan o‘lgan:
- Allohni taniysizlar-u haqqini ado etmaysizlar.
- Alloh kitobini o‘qiysizlar-u unga amal qilmaysizlar.
- Shaytonni dushman, deb da’vo qilasizlar-u, lekin uni do‘st tutasizlar.
- Rasulullohni yaxshi ko‘ramiz, deb da’vo qilasizlar-u, ammo ul zotning yo‘llaridan yurmaysizlar va sunnatlarini bajarmaysizlar.
- Jannatni yaxshi ko‘rasizlar-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaysizlar.
- Jahannamdan qo‘rqasizlar-u gunohlardan tiyilmaysizlar.
- O’lim haq, deb da’voda bo‘lasizlar-u, ammo unga tayyorgarlik ko‘rmaysizlar.
- Birovlarning ayblarini ko‘rasizlar-u o‘z ayblaringizni ko‘rmaysizlar.
- Alloh bergan rizqni yeysizlar-u, lekin shukronasini qilmaysiz.
- O’liklaringizni dafn etasiz-u, ammo bundan ibrat olmaysiz. O’lik yer samar bermaganidek, o‘lik qalbdan chiqqan duo ham ijobat topolmaydi.

Ibrohim Adham

Qayd etilgan


lolo  17 Aprel 2007, 14:54:38

Инсонлар слимдан бехабар скан хатар йскдек гост хотиржам, кайгусиз сшай оладилар, хаттоки бсйинларига кснгирок осиб сйинга тушишлари хам мумкин! слимни билиб, слимни ксриб сшаш, йслбарслар кезиб юрадиган срмонда сайр килишдек бир гап!

"Peshonamdagi nur" asaridan.

Qayd etilgan


yasemin  18 Aprel 2007, 00:26:45

А асулуллох саллолоху алайхи васаллам: «А­й инсонлар! Аллохга тавба килинглар, зеро мен бир кунда етмиш марта тавба киламан» деб мархамат килганлар. Муслим ривости.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Aprel 2007, 07:02:18

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bir kishi so’radi:
"œIslomda eng yaxshi xislatlar qaysidir?" Dedilar: "œOchlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik".

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Aprel 2007, 07:49:30

Kofir besh zulmat ichidadir. Uning so‘zi zulmat, ishi zulmat, kirgan va chiqqan joylari zulmat, qiyomat kuni borar manzili zulmatdir.
Ubay ibn Ka’b

Qayd etilgan


lolo  18 Aprel 2007, 10:13:22

Robbingiz yo’liga hikmat, chiroyli nasihat bilan chaqiring hamda go’zal narsalar bilan bahs qiling!" ("œNahl" surasi, 125-oyat).

Qayd etilgan


yasemin  18 Aprel 2007, 23:27:51

"Gumonsirashdan o'zingizni saqlang, chunki gumon bilan aytilgan gap gapning eng yolg'oni bo'ladi..." (Imom al-Buhoriy hadisi)

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Aprel 2007, 08:33:11

Insonning umri Qur'oni Karimdagi haqiqatlarni,hikmatlarini,Allohning ne'matlarini sanab tugatishga yetmas.

Qayd etilgan


topsync  19 Aprel 2007, 09:07:15

Suhbatni aql emas, o`zaro ishonch hamma narsadan ko`proq qizitadi.

Qayd etilgan


lolo  19 Aprel 2007, 10:26:19

Ilmni ilm dengizidan aql idishinga siqqanicha olasan.

Hikmat.

Qayd etilgan