Davom ettiring!!!  ( 208350 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 62 B


Muslimа  22 Mart 2007, 08:50:51

Rivoyatlardan ma’lumki, hind olimlari ko’p umr ko’radilar, ularning fikr qilish qobiliyati ham kuchliroq. Buning asosiy sababi ovqatni kam iste’mol qilishdadir.

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 09:17:51

Ruh va nafs Majnun va uning tuyasi kabi bo‘lib, biri olg‘a, ikkinchisi orqaga ketishni istaydi.
Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 09:41:34

Insonlar dunyoga sho'ng'ish bilan uyquda qoladilar,Haqqa ko'ngil berish bilan esa uyg'onadilar.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 09:46:47

Rabbingning senga rizq beraman, degan va’dasini rost bil, shunda mo‘min bo‘lasan. O’limga tayyor tur, shunda g‘ofil holda o‘lmaysan. Qaerda bo‘lsang ham, Allohning zikrini ko‘paytir, shunda gunohlardan saqlanasan.
Fuzayl ibn Iyoz

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 09:51:01

Nomus hissi bo'lmagan kishi hayvon kabidir.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 09:53:34

Riyozat qilichlarini sug‘urib, nafsing bilan mujodala qil. Riyozat to‘rt yo‘l bilan bo‘ladi: oz yemoq, oz uxlamoq, oz gaplashmoq, barcha jonlidan kelgan iztiroblarga chidamoq.
Yahyo ibn Maoz

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 09:56:42

Qur'oni karim ruhi bilan aytilgan so'z hayot so'zidir.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 09:58:12

Yana R harfigami, mayli...

Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman, deb to‘g‘rilikdan ayrilma va musulmon holda o‘lishga intil. Mazlumning badduosidan saqlan.
Maoz ibn Jabal

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 10:05:19

"R" harfi to'g'ri kelib qoldi,uzr...

Nafsi hayajonlanganlar seni zavq sari chorlasa, halokat sari chorlabdi. Sen Haq da'vatiga intil, farog'at topasan.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 10:08:32

Nafs orzu-istaklari cheksizdir. Nafs faqat o‘zini o‘ylaydi. Vaholanki, nafs uchun foydali tuyulgan narsa inson va jamiyat uchun zarar keltirishi mumkin. Biz zararli, foydasiz narsalarni tark etishimiz lozim. Bu esa, faqat Islomiyat orqali amalga oshadi. Faqat musulmon kishigina bu ishning uddasidan chiqishi mumkin.
Umar Foruq Saydo al-Jazariy

PS. Hechqisi yo'q. Qaysi harfga to'g'ri kelsa ham, yaxshi gaplar topilaveradi, inshaalloh.

Qayd etilgan