Davom ettiring!!!  ( 156080 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 62 B


Murod_bek  28 Mart 2007, 20:19:25

Nomus hissi bo'lmagan inson hayvon kabidir    (Muhammad Kamol)

Qayd etilgan


Murod_bek  28 Mart 2007, 20:22:43

Rizq insonga azaliy nasibadir.Sen uni topmasang ham u seni topadi.

Qayd etilgan


Murod_bek  28 Mart 2007, 20:25:33

Insonning tili uning oqibatini belgilaydi.

Muhammad Kamol

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Mart 2007, 09:41:32

Intiqom oladigan paytda avf qil. Bunday qilolmasang, hanuz hayvoniy hissing mavjud.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Nodi  29 Mart 2007, 12:26:04

Dunyoning ishlari siyosatsiz tartibga tushmaydi. Agar ta’lim-tarbiya, jazo to‘g‘risidagi qonun-qoida bo‘lmasa, mamlakat ishlari buziladi.
Husayn Voiz Koshifiy

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Mart 2007, 13:12:19

Ilmga asoslanmaguncha, haqiqatni bilish mumkin emas. Shuning uchun tolibi ilm bo'lingki, zulmatdan qutulib nurga erishasiz.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Flower  29 Mart 2007, 15:38:31

Ziyo istagan qalblar Ziyo Uz saytiga kirsalar ilm chashmasidan bahramand bo'ladilar. : )

Qayd etilgan


Murod_bek  29 Mart 2007, 21:36:12

Rabning zoti siridan bahs qilishlik shirk keltirishdir

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Mart 2007, 06:37:21

Rasululloh (s.a.v) bir kuni Anas ibn Molik (r.a.) ga shunday nasihat qildilar: «Qalbingda hech kimsaga nisbatan yomon fikrda bo‘lmasdan yashashga kuching yetsa shunday yasha. Bu mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimni hayotga tatbiq qilsa meni sevgan bo‘ladi. Meni sevgan men bilan jannatda birga bo‘ladi».

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Mart 2007, 08:53:54

Insonni eng buyuk martabalarga erishtiradigan muqaddas qoidalar Qur'oni Karimdadur. Sen bu muqaddas qoidalarni o'rgan-da, yuksalish yo'lini tut. Haqning rizosini top. Undan boshqa har qanday yo'l yopiqdir.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan