Davom ettiring!!!  ( 208188 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 62 B


NafisaBonu  04 Iyun 2008, 17:55:36

Rasululloh payg'ambarimiz  dinimizni  dunyoga  keltirib,  Ollohni  amri  bilan   hammamizni  qalbimizda,  yuragimizda,   Islom  diniga  bo'lgan  ishonchimizni,  muhabbatimizni  uyg'otdilar.

Qayd etilgan


Amina  23 Iyun 2008, 13:15:50

"Ilmni Xitoydan bo`lsa ham borib o`rgan...."

Qayd etilgan


shoir  01 Iyul 2008, 17:18:22

Аошукур киши подшодан нолигай,
Ҳар меҳнату ранжу ҳар балодан нолигай.
Ҳақ душмани у — ҳеч гана қилмас сзидан,
Ҳам дссти Худою, ҳам Худодан нолигай!

Убайдий

Qayd etilgan


ZUBAIR  15 Avgust 2008, 10:27:11

Аошукур киши подшодан нолигай,
Ҳар меҳнату ранжу ҳар балодан нолигай.
Ҳақ душмани у — ҳеч гана қилмас сзидан,
Ҳам дссти Худою, ҳам Худодан нолигай!

Убайдий

Yomonlik qilganga ham yaxshilik qil!

Qayd etilgan


Aisha  15 Avgust 2008, 11:54:32

 Liboslarning eng afzali taqvo libosidir!

Qayd etilgan


mr Garib  18 Avgust 2008, 10:51:43

Nafsi sarkash muddaosidin xudo bersun panoh,
Bul zamona muttakosidin xudo bersun panoh.

Hirqayi bechora kiymoqlikmu rohi bandalik,
So’fini dalqi riyosidin xudo bersun panoh.

Jomayi malla kiyib, qilg’on ishi hiylavu makr,
Shayx noqis xonaqosidin xudo bersun panoh.

O’zlari komilsifat, har luqmasi haqqi sag’ir,
Yurtni ul sohib duosidin xudo bersun panoh.

Lof urar "œAbdoli vaqt-man!" deb, so’zida ma’ni yo’q,
Bul zamona rahnamosidin xudo bersun panoh.

Mard lashkar yo’sinida qo’liga tasbeh olib,
Shayxni rangin asosidin xudo bersun panoh.

Muttaqiylik da’vi aylab, o’zlarini pir tutub,
Oxiri vaqt porsosidin xudo bersun panoh.

Bul qalandar jandasining torida zunnori yo’q,
Boshiga kiygan kulosidin xudo bersun panoh.

Mashrabi sho’ridani qilg’an duosin qil qabul.
Ul saharxezni duosidin xudo bersun panoh.

( "XUDO BERSUN PANOH"  BOBORAHIM MASHRAB   )

Qayd etilgan


Aisha  18 Avgust 2008, 12:07:12

Har bir qilinadigan yahshilikka sadaqa savobi beriladi. (Payg'ambarimiz hadislaridan)

Qayd etilgan


mr Garib  18 Avgust 2008, 20:16:28

Ibrohim ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Abdurrahmon ibn Avf (raziyallohu anhu): «Biz Madinaga kelganimizda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni Sa’d ibn ar-Rabi’ birlan aka-uka tutintirib quydilar. Sa’d ibn ar-Rabi’ menga: «Men ansorlarning (ichida) eng boyiman, sizga molu dunyomning teng yarmini beraman. Xotinlarimning qay biri ma’qul bulsa, o‘sha sizniki bo‘lsin, iddasi tugagandan keyin, unga uylanavering!» — deb aytdilar», — dedilar. Shunda Abdurrahmon: «Olloh taolo sizning ahli ayolingiz va molu dunyongizga baraka bersin! Menga bozorni ko‘rsatinglar!»— debdilar. Ul kishiga Qaynuqo’ bozorini ko‘rsatishibdi. So‘ng, Abdurrahmon ertasi kuni ertalab o‘sha bozorga borib, ozgina pishloq va sariyog‘ xarid qilibdilar. Bir necha kundan keyin, Janob Rasululloh ul kishini uchratib qolibdilar-da, qo‘llarida bir sariq narsaning dog‘i borligini ko‘rib: «Ey Abdurrahmon, ahvoling nechuk?»— debdilar. Abdurrahmon: «Bir ansoriya ayolga uylandim», — debdilar, Janob Rasululloh: «Mahriga nima berding?»— deb so‘rabdilar. Abdurrahmon: «Danakdek oltin», — debdilar. Janob Rasululloh: «Bitta qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!»— debdilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf Madinaga keldilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishini Sa’d ibn ar-Rabi’ al-Ansoriy birlan aka-uka tutintirib quydilar. Sa’d katta mol-mulk egasi erdilar. Shuning uchun ham Abdurrahmonga: «Boyligimning teng yarmini sizga berdim va ayollarimdan xohlaganingiz sizniki bo‘lsin!»— dedilar. Abdurrahmon: «Olloh taolo siz, ahlu ayolingiz va molu dunyongizga baraka ato etsin, menga bozorni ko‘rsatingizlar!»— dedilar. So‘ng, bozordan bir oz sariyog‘ va pishloq xarid qilib, o‘zlari tushgan manzil ahliga olib keldilar. Oradan qancha vaqt o‘tganligini xudo biladi, bir kuni Abdurrahmon egnilarida yangi libos birlan kelib qoldilar. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Birortasini sevib qoldingmi?»— dedilar. Ul kishi: «Bir ansoriya ayolga uylandim», — dedilar. Janob Rasululloh: «Qancha (mahr) berding?»— dedilar. Abdurrahmon: «Danakdek (yoki danak vaznidek) tillo berdim», — dedilar. Janob Rasululloh: «Bitta quy suyib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!»— dedilar».

Abu Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat davrida Ukoz, Majanna va Zulmajoz nomli bozorlar bo‘lardi. Islom qaror topgach, musulmonlarga bu yerlarda savdo-sotiq qilish gunohdek tuyula boshladi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: «Ollohdan fazlu karam istashingizda sizlar uchun hech qanday gunoh yo‘qdir» (ya’ni, Haj kunlari va haj safarida tijorat qilmoq joizdur, agar asl maqsad haj qilmoqlik bulsa) (Baqara surasi, 198-oyat).
( SAVDO-SOTIQ KITOBI   "AL-JOME' AS-SAHIH (2-jild)" . Imom Ismoil al-Buxoriy )

Qayd etilgan


Mohlaroyim  18 Avgust 2008, 22:02:08

"Allohga bo'lgan shavq va sevgisidan yig'lagan,ko'z yoshi to'kkan ko'zlar,Alloh yo'lida uyqusiz qolgan va bu Haq yo'lida bedor bo'lgan ko'zlarga aslo jahannam azobi ta'sir etmaydi.Bu muborak ko'zlar aslo jahannam azobiga tutilmaydilar".
(Imomi Ahmad, Nasoniy)

Qayd etilgan


Aisha  19 Avgust 2008, 12:28:08

Rasul dedi: Dajjoldan ham xavfliroq-
Bir kimsa bor, sharridan joiz qo'rqmoq.
Nasibai ilmi oz, kibri ziyod,
Elga imom bo'lsa gar u nimsavod,
Bilimdonlik lofin urar va'z o'qib,
Bilmasa ham beasos fatvo to'qib,
Bo'lib osiy, adashtirar qavmin ham,
Durust dema toat, salot-savmin ham.
Chalg'itib xalqni, nohaq yo'lga boshlar,
Yonar uning o'tiga ko'p dindoshlar.
Yondashma Dajjol sifar xudnamoga,
Gumrohga ergashib qolma baloga.

                Fozil Zohid

Qayd etilgan