Davom ettiring!!!  ( 208168 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 62 B


Munira xonim  21 Mart 2007, 07:29:15

Ixlos va ishonch ila qilingan duo albatta ijobat bo'ladi, Inshaalloh...

Qayd etilgan


Salsabiyla  21 Mart 2007, 18:36:57

Ha albatta

Qayd etilgan


Robbim_Rahmon  21 Mart 2007, 19:15:25

Allohga ming bora shukurki musilmonmiz alhamdulillah :)

Qayd etilgan


Laylo  21 Mart 2007, 21:43:18

Har bir inson bir ish qilishdan oldin, uning keyinini o'ylab, so'ng shu ishga kirishishi kerak.

Qayd etilgan


Nodi  22 Mart 2007, 06:21:12

Kimki ilm olar ekan, u aslo xor bo'lmaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 07:06:16

Ilm insonni to'g'ri yo'lga boshlab, yuksak va go'zal cho'qqilarga olib boradi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Mart 2007, 07:20:35

Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavoze’li bo‘lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin. (Ali ibn Abu Tolib)

N ga davom ettiring.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 07:42:54

"Nima bo'laman?"deb o'ylab g'am chekam, kuningni ilm ila nurlantirishga harakat qil,
ilm seni buyuklikka erishtiradi.

Muhammd Kamol.

PS:Bu o'yinni biror bir hayrli tomonga yo'naltirish lozim degan o'yimiz va nihoyat amalga oshdi. Va shunday davom etadi degan umiddaman. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Mart 2007, 07:51:32

Ilmni fursat bo‘lganda o‘rganaverish kerak. Chunki ilm zarur bo‘lgan paytda fursat topilmaydi.
Abdulloh ibn Mas’ud

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 08:34:12

Insonlarning eng yahshisi avval o'zini islox qilib, so'ng boshqalarning isloxiga intilgan kishidir.
Muhammad Kamol

Qayd etilgan