Davom ettiring!!!  ( 208218 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 62 B


Muslimа  22 Mart 2007, 10:12:50

Nabiy sallallohi alayhi vassallamdan rivoyat qilinadi:
"œKichkina gunohlar qilinaversa, katta gunohlarga aylanadi. Katta gunohlar esa, istig’for aytish bilan mag’firat qilinadi".

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 10:13:46

Ibrohim alayhissalomni mehmonlarning otasi, deb atashardi. U kishining uylarida to‘rt eshik bor edi, qaysi eshikdan biror kishi kelarkin, deb qarab o‘tirardilar.
Ikrima

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 10:23:14

Rohat topish uchun qalb ALlohni iqror qilib, hamma narsa Undan ekanligini bilishi lozim.

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 10:24:01

Mol-mulkni behuda isrof qilish kufroni ne’matdur. O’ylamasdan boyligini sarflash to‘liq tanazzulga olib keladi.
Abulqosim az-Zamaxshariy

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 10:27:35

Ichadigan suvingni aniq ichasan, yeydigan ne'matingni aniq yeysan, rizqing tugamaguncha o'lmaysan.

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 10:30:43

Niyatlarga ko‘ra qancha-qancha ishlar ulug‘ bo‘ladi, yana qancha-qancha katta ishlar niyatlarga ko‘ra arzimasga aylanadi.
Abdulloh ibn Muborak

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Mart 2007, 10:35:29

Ilm Allohniki, har bir narsani bilguvchi Udir. Hamma narsani bilaman deguvchi esa johildir.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Muslimа  22 Mart 2007, 11:17:55

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
Odamlardan chetga chiqib, xilvatda zohidlik qilishni;
Marhumlar sha’niga mubolag’a bilan madhiya va marsiya aytishni;
Ummatlarning turli nazr-niyoz qilishlarini;
Bir uyda yakka uxlashni;
Har qanday mast qiluvchi va bo’shashtiruvchi narsalar (ya’ni, giyohvandlikni);
Janglarda ayollarni va norasidalarni qatl qilishni;
Soch va soqolning oqlarini yulib tashlashni;
Safardan o’z uyiga kechasi bemahal kirib kelishni;
Ikki kishining o’rtasini beijozat yorib, oralariga suqulib kirib o’tirishni;
Ummatlarini birovlarni yanglashtirishdan;
Oltin va kumush idishlarda ovqat yeyish yoki ichimlik ichish;
Qabriston ustida namoz o’qishni;
Sabir (aloe) kabi zaharli giyohlarni ko’p iste’mol qilib, hoh inson, hoh, hayvonlarning o’lib ketishini;
Mahluqlarning yuziga tamg’a bosmoqni va yuziga urmoqni;
Otaning ismini aytib chaqirishni, undan oldinda va yuqorida o’tirishni;
Ko’p savol so’rashni, molni zoe qilishni va asossiz gaplarni og’izdan-og’izga naql qilib yurishni man etganlar.

Qayd etilgan


Murod_bek  22 Mart 2007, 21:37:35

Rasululloh shu qadar ohista gapirar edilarki, so'zlarini sanashni istagan odam sanay olardi (Buhoriy rivoyati)

Qayd etilgan


Murod_bek  22 Mart 2007, 21:39:28

Inson zohirida qanchalik go'zal hulqli bo'lsa ham, bila turib vijdonsiz va badaxloq kimsalar bilan do'st tutingan bo'lsa, ahloqsizlikda o'shalar bilan barobar hisoblanadi.  (Imom Shofeiy)

Qayd etilgan