Davom ettiring!!!  ( 208187 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 62 B


Murod_bek  22 Mart 2007, 21:42:13

Imom Buhoriy 600.000 hadis to'plab, shundan 100.000 sahih, 200.000 zaif hadisni yodlaydilar.Bu hadislarni to'plashda 90.000 dan ziyod kishining huzurida bo'ladilar...
Imom buhoriyning "Sahih"kitoblariga 82 ta sharh yozilgan.

Qayd etilgan


Murod_bek  22 Mart 2007, 21:44:39

Niyatimni to'g'irlashdan ko'ra og'irroq ishni bilmadim.Chunki u hadeb o'zgarib ketaveradi. (Sufyoni Savriy)

Qayd etilgan


Murod_bek  22 Mart 2007, 21:45:58

Ilm borasida fikr yuritish ro'za tutish bilan, uni dars qilib o'rganish kechsi qoim turish bilan barobardir. (Muoz ibn Jabal)

Qayd etilgan


Murod_bek  22 Mart 2007, 21:47:49

Rabbingizdan istagan narsangizni, hatto oyoq kiyimning uzilib ketgan bog'ichini ham so'rang! (Termiziy rivoyati)

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Mart 2007, 07:32:19

Go‘zal fe’l-atvorning nishonasi o‘n narsadir: birinchi nishonasi -yaxshilik, ikkinchi - insofli bo‘lish, uchinchi - boshqa odamdan ayb qidirmaslik, to‘rtinchi - biror kishida nojo‘ya harakat ko‘rsa, uni yaxshi yo‘lga boshlash, beshinchi - bir odam o‘z aybiga iqror bo‘lib uzr aytsa, uzrini qabul qilish, oltinchi - boshqalar uchun mashaqqatni o‘z ustiga olish, yettinchi - faqat o‘z manfaatinigina ko‘zlamaslik, sakkizinchi - ochiq yuzli, shirin so‘zli bo‘lish, to‘qqizinchi - muhtojlarning hojatini chiqarish, o‘ninchi - muloyim va tavoze’li bo‘lishdir.
Husayn Voiz Koshifiy

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Mart 2007, 07:36:13

Rizq insonga azaliy nasibadir, sen uni topmasang ham u seni topadi.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Mart 2007, 11:23:11

Iymon - ko'rolmaganimizga ishonmoq, bu iymonning mokofoti esa, ishonganlarimzni ko'rishligimizdir

Avgustin

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Mart 2007, 12:37:47

Rizq ajal kabi o'z sohibini mudom ta'qib qiladi. Faqat sen unga halollik eshiklarini och.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Nodi  23 Mart 2007, 16:28:08

Tiling birla ko‘nglingni bir tut.
Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Mart 2007, 17:29:31

Tilni ham ko'ngilni ham yahshilikka ishlat, baribir bir kun ikkisi ham kuchdan qoladi.

Qayd etilgan