Davom ettiring!!!  ( 208199 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 62 B


AbdulAziz  25 Mart 2007, 08:41:43

Ravza bog‘in visolin istar esang, bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i.
Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Flower  25 Mart 2007, 10:06:34

Inson qalbi bilan hazillashmang siz,
Unda millat yashar, unda til yashar.
Unda ajdod faxri yashayda so'zsiz,
Unda istiqomat qiladi bashar!

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Mart 2007, 14:46:01

Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


AbdurRohman  26 Mart 2007, 16:57:12

Lutf etsang tosh ham jonona bo'lg'ay,
O'shal dam shevasi mastona bo'lg'ay.
Zulfingning zanjiri gar bo'lsa zohir,
Luqmoni Hakim ham devona bo'lg'ay.

(Jaloliddin Rumiy)

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Mart 2007, 18:20:29

Yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish Alloh taoloning jamoli va dinning azizligi ko’zlangan holda qilinadi. Nafsning hamiyati uchun emas. Kim bu ishni Allohning jamoli va dinning e’zozini o’ylab qilsa, Alloh unga nusrat beradi va maqsadiga yetkazadi. Kim nafsining hamiyati uchun qilsa, Alloh uni hor etadi.

Abu Lays Samarqandiy

Qayd etilgan


Shoxjahon12  26 Mart 2007, 18:24:32

Inson yeyish uchun yashamasligi kerak, yashash uchun yeyishi kerak

Qayd etilgan


Salsabiyla  26 Mart 2007, 18:27:09

Kimki birovga yaxshilik qilsa unutsin, lekin unga kimdir yaxshilik qilsa uni hech qachon unutmasinnnnnnnnn

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Mart 2007, 18:39:28

Nafsing uchun yashasang, sen g'arib odamsan. Nafsingni suv kabi yerga sepsang, insonlarga hayot bera olasan.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Murod_bek  26 Mart 2007, 22:26:20

Nafsing kamchiligidan qo'rq, aks holda u tug'ton qilur. (Abu Madyan)

Qayd etilgan


Murod_bek  26 Mart 2007, 22:27:40

Rahm qilgan rahm ko'radi

Qayd etilgan