Davom ettiring!!!  ( 208156 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 62 B


Murod_bek  26 Mart 2007, 22:29:05

Ilm mardlikdir, uni faqat mard erkaklar sevadi (Imom Zuhriy)

Qayd etilgan


Murod_bek  26 Mart 2007, 22:30:27

Ikki olam quyoshi (sallolohu alayhi vasallam)bo'lmasalar, insonlarni oydinlatishga bu quyoshning kuchi yetmasdi (Ali Suad)

Qayd etilgan


Murod_bek  26 Mart 2007, 22:34:09

Ilmni boy bergan kishi nimaga yetishdi-yu, ilmga erishgan kishi nimani yo'qotdi.
Kasalga obi taom berilmasa o'ladi.Shuningdek qalbga ham uch kun ilm berilmasa uning o'lishiga shubha yo'q.

Qayd etilgan


Murod_bek  26 Mart 2007, 22:39:03

Qabrga tayyorgarliksiz tushgan odam, kemasiz dengizga chiqqan odamga o'xshaydi. (Abu Bakr Siddiq)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Mart 2007, 07:59:38

Ig‘vo va chiqimchilik eng yaramas sifat bo‘lgani uchun bu yomon sifatni o‘zlariga maslak qilib olgan kishilar xalq nazarida munofiq sanaladi.
Abdulla Avloniy

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Mart 2007, 08:42:59

Inson molini dunyoda qoldirib, oxiratga amalini olib ketadi. Oxiratda sarmoyasi, moli uning keltiragn amalidir.

Muhammad Kamol

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Mart 2007, 06:54:22

- Rasulullohni yaxshi ko‘ramiz, deb da’vo qilasizlar-u, ammo ul zotning yo‘llaridan yurmaysizlar va sunnatlarini bajarmaysizlar.
- Jannatni yaxshi ko‘rasizlar-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaysizlar.
- Jahannamdan qo‘rqasizlar-u gunohlardan tiyilmaysizlar.
- O’lim haq, deb da’voda bo‘lasizlar-u, ammo unga tayyorgarlik ko‘rmaysizlar.
- Birovlarning ayblarini ko‘rasizlar-u o‘z ayblaringizni ko‘rmaysizlar.
- Alloh bergan rizqni yeysizlar-u, lekin shukronasini qilmaysiz.
- O’liklaringizni dafn etasiz-u, ammo bundan ibrat olmaysiz. O’lik yer samar bermaganidek, o‘lik qalbdan chiqqan duo ham ijobat topolmaydi.

Ibrohim Adham

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Mart 2007, 07:16:57

Inson umid qilgan narsasidan mahrum bo'lsa hafa bo'ladi, sening Umiding Haqda bo'lsa, g'amdan uzoq bo'lasan va surur bilan yashaysan.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan


Nodi  28 Mart 2007, 07:43:14

Ne’matga shukr etish o‘sha ne’matning o‘zidan ham yaxshiroq.
Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Mart 2007, 13:06:24

Qanoatni qushlardan o'rgan, ertangi ozuqasi bo'lmagani holda, mas'ud- bahtiyor uchadilar. Sen omborlaring to'la bo'lgani holda g'amginsan.

Muhammad Kamol.

Qayd etilgan