Muallif Mavzu: KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"  ( 6241 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"
« : 16 Iyun 2006, 17:31:35 »
Assalomu alaykum, aziz forumchilar!
Aybga buyurmasangizlar, futbolga oid yana bir mavzu ochdim.
Bu mavzuda sizlarni bugun Koreyada boshlangan futbol bo'yicha "Tinchlik Kubogi" tarixi va yangiliklaridan boxabar etaman.

Original post by Otabek

Mavzu arxivi
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

muxbir

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 30
  • -oldi: 43
  • Xabarlar: 2127
  • Jins: Erkak
  • Correspondent
Re: KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"
« Javob #1 : 16 Iyun 2006, 17:32:23 »
KOREYA "TINCHLIK KUBOGI"

"Tinchlik Kubogi". Kubok baxslariga 2003 yili asos solindi va xuddi shu yili dastlabki musobaqa tashkillashtirildi. Bu Kubok shunchaki ermak uchun o'ylab topildi, deyish mantiqqa to'g'ri kelmasa kerak. Musobaqada har bir qit'adan yetakchi jamoalarning ishtiroki millatlararo hamjihatlik va do'stlik tuyg'ularini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Darvoqe, musobaqaning bosh maqsadi ham shundan iborat.  Hozirgi kunda futbolda qattiq qoralanayotgan ratsizmga qarshi kurash ushbu Kubok g'oyalaridan biridir. Musobaqaning asosiy xomiylari SAMSUNG, "Koreya Xana Bank"i, "Korean Air", "Adidas", "Neovia" kabi nufuzli kompaniyalardir.
Musobaqaning mukofat jamg'armasiga ko'ra, g'olib 2 million AQSH dollari, finalchi esa 500 ming AQSH dollariga ega bo'ladi.
Dastlabki Kubok bundan ikki yil avval - 2003 yil 15-22 iyul kunlari o'tkazildi. Unda Yevropadan Lion (Fransiya), PSV Eyndxoven (Gollandiya), Myunxen 1860 (Germaniya), Beshiktosh (Turkiya), Osiyodan Seongnam Ilva Chunma (Janubiy Koreya), Janubiy Amerikadan Nasional (Urugvay), Shimoliy Amerikadan LA Galaksi (AQSH), Afrikadan Kayzer Chifs (Janubiy Afrika Respublikasi) kabi jamoalar ishtirok etishdi. O'shanda barcha raqiblaridan ustun kelgan PSV Eyndxoven (Gollandiya) klubi finalda fransiyalik "sherlar" - Lionni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.
2003 yil 15-22 iyul. Qatnashgan jamoalar:
"A" guruhi:
LION (FRANSIYA)
BESHIKTOSH (TURKIYA)
SEONGNAM ILVA CHUNMA (KOREYA)
KAYZER CHIFS (JANUBIY AFRIKA)

"B" guruhi:
NASIONAL (URUGVAY)
PSV EYNDXOVEN (GOLLANDIYA)
LA GALAKSI (AQSH)
MYUNXEN 1860 (GERMANIYA)


 Tashkilotchilar bu yilgi musobaqa ham qiziqarli o'tishiga ishonishadi.
Musobaqaning ilk g'olibi - PSV Eyndxoven (Gollandiya)

Bu yilgi musobaqa bugundan boshlab ochildi.
Bu yilgi baxslarda esa quyidagi jamoalar ishtirok etishi nazarda tutilgan:

"A" guruhi:
PSV EYNDXOVEN (GOLLANDIYA)
SEONGNAM ILVA CHUNMA (KOREYA)
ONSE KALDAS (KOLUMBIYA)
LION (FRANSIYA)

"B" guruhi:
BOKA XUNIORS (ARGENTINA)
TOTTENXEM (ANGLIYA)
REAL SOSIEDAD (ISPANIYA)
SANDAUNS (AFRIKA)


Koreyada juda katta obro'ga ega Gus Xiddink "PSV Eyndxoven"ga boshchilik qilmoqda.

Jahon futbol sahnasidagi "eng yosh turnir"lardan bo'lgan "Tinchlik Kubogi" ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otmoqda. Shuningdek, musobaqalarni OAV orqali namoyish etishni Koreyaning SBS telekompaniyasi o'z zimmasiga olgan. Qani, ko'raylik-chi, qaysi jamoa turnir g'olibligiga erishar ekan...
Xabarlar ummonida biz bilan birga...

Shoxjahon12

  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"
« Javob #2 : 31 Yanvar 2007, 12:20:27 »
Bu yilgi musobaqada jahonning grand klublari taklif etilishi kutilmoqda.
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

 

"ALMA-TV" KUBOGI

Muallif Shoxjahon12Bo'lim Futbol

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 5697
So'nggi javob 12 Mart 2007, 10:14:02
muallifi Shoxjahon12
"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar

Muallif Munira xonimBo'lim Intellekt

Javoblar: 269
Ko'rilgan: 81337
So'nggi javob 20 Sentyabr 2011, 09:31:46
muallifi braupov
"Arab tili" mavzusi bo'yicha fikr-mulohazalar

Muallif Musannif AdhamBo'lim Arab tili saboqlari

Javoblar: 39
Ko'rilgan: 26854
So'nggi javob 21 Avgust 2011, 09:51:36
muallifi N.Nodirbek
"Islomiy media" bo'limi bo'yicha fikr-mulohazalar, takliflar, maslahatlar...

Muallif shoirBo'lim Islomiy media

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 7352
So'nggi javob 27 Yanvar 2009, 22:12:59
muallifi ZUBAIR
"Turk tili va adabiyoti" bo'limi bo'yicha savol va fikrlaringiznini yoriting!

Muallif AnsoraBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 5460
So'nggi javob 06 Noyabr 2011, 13:08:26
muallifi Ansora