Топ рейтинг www.uz Islomiy so'zlar o'yini.

Islomiy so'zlar o'yini.  ( 74530 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 14 B


Munira xonim  19 Mart 2007, 19:41:29

Assalamu alaykum.
Bu o'yinda birinchi user islomiy ikki so'z keltiradi. Ikkinchi user esa shu yerdagi ikkinchi so'zning oxirgi harfidan boshlanadigan islomiy so'z aytadi.
O'yin shunday davom etadi. O'yinning ikki qat'iy qoidasi,faqatgina islomga dahli bo'lgan so'z va oldingi so'zning so'nggi harfi bilan boshlanishi lozim.

Agar tushungan bo'lsangiz boshladik.

Alloh (Ibodatga loyiq bo'lgan Zotning eng ulug' ismlaridan)- Halol...(Buni hamma bilsa kerak)

Kim davom ettiradi?

Qayd etilgan


Mohinur  19 Mart 2007, 21:12:38

Luqmon (Sura nomi)- Nabiy (Payg'ambarlarga nisbatan ishlatiladigan nom)

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Mart 2007, 22:03:21

Yusuf (Payg'ambarlardan birining ismi va yana sura nomi)- Furqon (Qur'oni karim sifatlaridan)

Qayd etilgan


Murod_bek  19 Mart 2007, 22:08:18

Nab'a (Sura nomi)- Ashob (Sahoba)

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Mart 2007, 22:14:07

Baqara (Sura nomi)- Ababiyl. (FIl surasida kelgan qushlarning nomi)

Qayd etilgan


Murod_bek  19 Mart 2007, 22:36:33

Latif (Allohnig ismlaridan)- Fussilat (Sura nomi)

Qayd etilgan


mutaallimah  20 Mart 2007, 03:46:22

Tavba (Sura nomi va gunohlarni yuvguvchi amal)- Anfol (Sura nomi)

Qayd etilgan


Nodi  20 Mart 2007, 06:29:21

Odam Birinchi inson va birinchi payg'ambar)- Muhammad (Eng ulug' va eng so'nggi payg'ambar s.a.v.)

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Mart 2007, 06:55:52

Din - Namoz (Dinimizning eng ulug', bizga farz va shart bo'lgan amallaridan)

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Mart 2007, 07:49:15

PS. Assalamu alaykum!
O'yinni tashkil qilib yaxshi qilibsizlar. Inshaalloh bu ham foydali bo'ladi. Taklifim: agar yozayotgan atamalarimizga ozgina ta'rif berib o'tsak, manimcha yana-da ilmga chorlov bo'lardi.

Zinnurayn (Usmon ibn Affonning laqablari) - Nasr (Qur'oni karimdagi eng kichik suralardan biri)

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Mart 2007, 08:09:28

Va alaykum assalam.
Taklifingiz juda yahhsi va foydali.
ALloh sizdan rozi bo'lsin.


Rahmon (Alloh taolo sifatlaridan) - Niyat - (Har bir ishning avvalida qilinishi lozim bo'lgan amal)

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Mart 2007, 10:13:59

Tavba (tazarru qilish, Qur'oni karim suralaridan biri) - Arafot (Hojilar ziyorat etadigan tog')

Qayd etilgan


ikbaljohn  20 Mart 2007, 11:32:16

Takbir-Ramazon  (no comments-izoxga hojat yo'q)

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Mart 2007, 12:28:54

Nahiy-munkar (Yomonlikdan qaytarish)- Rasul (Allohning elchisi)

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Mart 2007, 15:51:15

Rahiym - (Allohning ism sifatlaridan biri) - Masad - (Sura nomi)

Qayd etilgan