Islomiy so'zlar o'yini.  ( 100277 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 B


AbdulAziz  26 Iyul 2007, 10:33:49

DABBAT ul-ARZ (arab. - Yer hayvoni) - oxir zamon kelganining bir alomati sifatida chiqib keladigan Yer hayvoni. Bu xususda Qur’oni karimda xabar berilgan: "Qachon (kofirlarning) ustiga so‘z-azob tushganida (ya’ni, qiyomat yaqinlashib qolganida) Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida so‘zlar" (Naml, 82-oyat).
ZAYD ibn SOBIT, Abu Xorija (Abu Said) Zayd ibn Sobit ibn az- Zahhok al-Ansoriy al-Xazrajiy (taxm. 615 - taxm. 665) -Muhammad (sav)ning kotibi, Qur’on yozma matni tuzuvchisi. Xazraj qabilasidan. 11 yoshida islomga kirgan va Muhammad (sav) huzurida Qur’onni o‘rgangan.

Qayd etilgan


Farida  26 Iyul 2007, 17:20:04

Tahorat (namozdan oldingi poklanish) - Toif (Makka yaqinidagi shahar)

Qayd etilgan


Laylo  27 Iyul 2007, 01:19:56

Fath (Qur'oni karimdagi sura) - Hobil (Odam alayhissalomning o'g'illari)

Qayd etilgan


Farida  27 Iyul 2007, 10:02:34

Layl (30-poradagi sura) - lavhul mahfuz (inson taqdiri yozilgan kitob)

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Iyul 2007, 09:16:22

Zuha (Qur'oni karim surasi) - Abdulloh ibn Umar (Ulug' sahobiy)

Qayd etilgan


Farida  29 Iyul 2007, 14:15:30

Ramla binti Abu Sufyon (Ummu Habiba onamiz) - Nu'mon ibn Bashir (sahoba)

Qayd etilgan


Laylo  31 Iyul 2007, 03:25:35

Rajab - Hijriy oylarning yettinchi, muborak uch oyning birinchisi - Barot - Sha'bon oyining 15-kechasi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Sentyabr 2007, 10:07:59

Tolib - ilm talab qiluvchi - Buxoriy - buyuk muhaddis, "Jome'us-sahih" muallifi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2007, 08:03:25

Ya'qub - Yusuf alayhissalomning otasi. Isroil o'gillarining bobosi, payg'ambar.
Bobur-rahmat - rahmat eshigi. Payg'ambarimiz SAV masjidlaridagi eshiklardan biri.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2007, 07:32:52

Tabaqoti Muhaddisiyn - Payg'amarimiz Muhammad SAVning ishlari, so'zlari va hollarini o'rgangan hadi ilmi olimlarining darajalari.
Na'im - Sakkiz jannatdan beshinchisi.

Qayd etilgan