Muallif Mavzu: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi  ( 85946 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« : 22 Mart 2007, 09:35:48 »
Assalomu alaykum forumdoshlar!
Bugun yana bir yangi mavzuni e'tiboringizga havola qilmoqchiman.
Farzand har qancha ota-onasini hizmatini qilsa ham baribir ularni oldidagi burchlarini ado eta olmaydi. Har bir farzand ota-onasi oldidagi burchini bilishi zarur. Bu mavzuda farzandlarning ota-ona oldilaridagi burchlari haqida gaplashamiz. 
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #1 : 22 Mart 2007, 09:41:53 »
Hazrati Musoning jannatdagi qo‘shnisi

Muso, alayhissalom, Alloh taologa jannatda unga kim qo‘shni bo‘lishini bildirishini  so‘rab, yolvorar edi.
Bir kuni shunday nido keldi:
— Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi do‘sting bo‘ladi...
Muso, alayhissalom, qiziqib, qaysi ibodati uchun bunga loyiq bo‘lganini bilish niyatida yo‘lga chiqdilar. Hazrati Muso o‘sha odamni qidirib topdilar. Qassob Hazrati Musoning haq payg‘ambar ekanini bilgan, imon keltirgan edi. Lekin o‘zlarini  ko‘rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Hazrati Musoni uyiga olib ketdi. Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin, qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tushirdi va undan harakat qilishga sira holi yo‘q bir qari kampirni chiqardi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana zambilga qo‘yib, devorga osdi. Shunda kampir nimalardir deb shivirladi. Qari ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso, alayhissalom, qassobdan so‘radi:
— o'g'lim, bu kampir kiming bo‘ladi?
Qassob musofirga:
— Bu ayol  mening onam bo‘ladilar. O‘tirib-turishga, ovqat yeyishga holi yo‘q. Shu bois o‘zim yediraman, ichiraman va tozaligiga qarayman. Qo‘limdan kelgunicha hushnud etishga harakat qilaman.
Muso, alayhissalom:
— Hozirgina u senga gapirganday bo‘ldi, nimalar dedi?
Qassob:
— Ey Rabbim! Men o'g'limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo‘l. Jannatda uni Hazrati  Musoga qo‘shni qilgin deb duo etdi. Shunda Muso, alayhissalom, o‘zini tanitadigan vaqt kelganini tushundilar va:
— Men Allohning payg‘ambari Muso bo‘laman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishini iltijo qilgan edim. Janobi Haq seni bildirdi. Senga xushxabar bo‘lsin. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qo‘shni qildi, — deya marhamat qildilar.

http://islom.ziyouz.com/
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #2 : 22 Mart 2007, 09:43:39 »
                          Ota-onangiz rozimi?

   Imom Nasafiydan rivoyat qilinishicha, farzand ota-onasi oldida oltmish sohada burchli va qarzdor ekan. Quyida shularni ba’zisini muxtasar holda alohida-alohida ko’rib chiqamiz.

      I. Tan bilan hizmatda bo’lish.
   1. Tanu vujudingiz bilan ota-ona hizmatida hoziru nozir turing.
   2. Gunoh bo’lmaydigan ishga buyurishsa, buyruqlarini shu zahoti, so’zsiz bajo keltiring.
   3. Hatto hajga yoki ilm izlab ketayotgan bo’lsangiz ham, ularning roziligisiz safarga chiqmang.
   4. Biror ishni bajarishdan qaytarishsa (agar bu qaytish gunoh bo’lmasa), qayting.
   5. Ularni ko’rganda o’rningizdan turing va o’ltirganlaridan keyingina o’ltiring.
   6. Otz-ona bilan ko’chada ketayotganda oldinga o’tib ketmay, bir qadam orqada yuring (faqat loy, muzgarchilikda yoki qo’riqlash ma’nosida oldinda yoki yonida yurishga ijozat beriladi).
   7. Ularning nomlarini aytib chaqirmang, hazil-mazah qilmang.
   8. Ular huzurida qovoq solmang, ho’mrayib qaramang.
   9. Chaqirishsa “labbay” deb huzurlariga tez yetib boring.
   10. Ular hizmatida ish buyurishsa, erinchoqlik bilan malol ko’rmang.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #3 : 22 Mart 2007, 09:48:00 »
                            II. Til bilan hizmatda bo’lish.

   1. Ota-onangiz bilan so’zlashganda yumshoqlik va odob bilan gaplashing.
   2. So’zlashgan paytda ovozni baland ko’tarmang.
   3. Ota-ona huzurida zaruriyatdan ortiqcha gaplarni gapirmang.
   4. Gaplashayotganda so’zlarni bo’lib tashlab yoki so’z qistirib ketmang.
   5. Ularni so’zlarini also rad qilmang.
   6. Ular bilan buyruq yoki ta’na ohangida gaplashmang.
   7. Ota-onaga qahr ohangida gapirib, norozi qilmang.
   8. Tanbeh bilan gapirmang.
   9. Biror xizmat buyurishsa yoki maslahat berishsa. “uf” demang.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #4 : 22 Mart 2007, 09:49:38 »
                        III. Dil bilan hizmatda bo’lish.

   1. Dil-dildan ota-onangizga rahm-shafqat ko’rsating.
   2. Ota-onani chin dildan do’st tuting.
   3. Ularni shodlik paytlarida hursand bo’ling.
   4. Ota-onani g’amgin holatida hamdard bo’ling.
   5. Ular tomonidan biror kamchilik o’tsa, ranjimang.
   6. Qilayotgan ishingiz yoki aytayotgan gapingiz haq bo’lsa ham, ularga ozor yetkazishdan tiyiling.
   7. Ularga ozor bermaslikni doimo niyat qilib yuring.
   8. Ulardan jafo ko’rsangiz ham, umrlari uzun bo’lishini tilang.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #5 : 22 Mart 2007, 09:51:33 »
                          IV. Mol bilan xizmatda bo’lish.

   1. O’zingiz libos kiysangiz, ota-onangizga ham olib bering.
   2. O’zingiz yegan narsalardan ularni ham bahramand eting.
   3. Ular bilan ovqatlanganda lazzatli joyini taklif eting.
   4. Ular o’zlariga to’q bo’lsa ham, sizga izhor qilolmaydigan hojatlari uchun molingizdan berib turing.
   5. Biror orzu-niyatlari bo’lsa, uni barpo qilishga tirishing.
   6. Ota-onaning dillari hohlagan narsaga ularni tez-tez taklif qilib turing.
   7. Ularning do’stlarini do’st deb yo’qlang va bu bilan yuzlarini yorug’ qiling.
   8. Ular bemorligida sog’lig’I uchun sadaqa qiling va Allohdan shifo tilang.
   9. Alloh sizga ato etgan mol-dunyo ixtiyorini ularga ham berib qo’ying.
   10. Ota-onaning dunyoviy ehtiyojlarini muhayo etishga tirishing.

      Ahmad Tursun, Abdulhay Tursun.
      â€œOta-ona rizosi” kitobidan.
      â€œMusulmonlar taqvim kitobi” 2001yil I-chorak
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #6 : 26 Mart 2007, 12:53:15 »
Ota – onaga yaxshilik va farzandlik burchi.   

    Qarindoshlar orasida eng yaqini ota – ona va farzandlar bo’lganligi uchun boshqa qon – qrindoshlarga nisbatan bularning haqlari va burchlariga oid fikrlar ko’proqdir.
   Rasululoh sallallohu alayhi va sallam buyuradilar:
-   Farzand otasining qarzini hech qanaqsiga uzolmaydi. Faqat uni qullikga tushgan holda topsa va sotib olib ozod qilsagina uning haqqini uzgan bo’ladi.
-   Ota – onaga ehson bermoq va izzat ikrom qilmoq, namoz o’qish, zakot berish, ro’za tutish, hajga – umraga boorish va Alloh yo’lida jihod qilishdan fazilatliroqdir.
-   Kimki, ota – onasini ma’mnun etgan holda erta bilan o’rnidan tursa, ularga jannatning ikki eshigi ochiladi. Kimki, ota – onasini ma’mnun qilgan holda shomga kirsa ham shunday bo’ladi. Agar birini ma’mnun etsa jannatning bir eshigi ochiladi. Aslo ota – onaga qarshi bormang – zulum o’tkazgan bo’lsalar ham, o’tkazmagan bo’lsalar ham…Kimki ota – oansini ranjitgan holda tong ottirsa, uning uchun jahannamning ikki eshigi ochiladi. Kimki ota – onasini ranjitgan holda kunni kech qilsa ham shunday bo’ladi. Agar birini ranjitsa, do’zaxning bir eshigi ochiladi. Aslo ularga qarshi bormang – zulm o’tkazgan bo’lsalar ham, o’tkazmagan bo’lsalar ham…
-   Jannatning hidi besh yuz yillik masofadan seziladi. OTA – ONASINI RANJITGAN VA SILA-I RAHM QILMAGAN (ya’ni bir – birlari bilan qarindoshchilik aloqlarini uzgan) kimsa uning hidini sezmaydi.
-   Onangga, otangga, opangga, singlingga, akangga, ukangga, so’ngra boshqa yaqin qarindoshlaringning hammasiga yaxshilik qil.
            Abu Homid G’azzoliy
            â€œMukoshafat – ul qulub”
             (“Qalblar kashfiyoti” I kitobidan)
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #7 : 31 Mart 2007, 07:29:36 »
                 140. Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, Atodan rivoyat qiladi: Muso alayhissalom aytdi: “Ey Robbim, menga buyurgin!” Alloh aytdi: “Senga O’zimga bo’ysunishga buyurgayman!” Aytdi: “Yana buyurgin!” “Onangga yaxshilik qilishga buyurgayman!” Aytdi: “Vasiyat qilgin!” Alloh taolo aytdi: “Onagga vasiyat qilaman!”.
 
   141. Abdullox ibn Amrdan rivoyat qilindi: Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga bir kishi keldi va : “Men jihodni hohlayman!” dedi. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam: “Ota – onang tirikmi?” deb so’radilar. “Ha, tirik”, dedi. “Bas, ikkovlarini hizmatlarida bo’lgin, shu jihod bo’ladi!” dedilar”
   Bu habarda Alloh yo’lida jihod qilishlikdan ota – onaga yaxshilik qilish afzal ekanligiga dalil bordir. Chunki Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam jihodni tark qilib, ota – onaga yaxshilik qilish bilan shug’ullanishni buyurdilar. Shuningdek, aytamizki, albatta kishiga Alloh yo’lida jihod qilish joiz bo’lmaydi, agar ota – onasi ruxsat bermasa, modomiki, butun qavm hammasi urushga chaqirilgan bo’lsa, shunda ham ota – onaga itoat qilishlik g’azotga chiqishdan afzal bo’adi”.
   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #8 : 31 Mart 2007, 07:30:51 »
     142. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. Aytdiki: “Yo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilayin?” Aytdilar: “Onangga!” “Keyin-chi?” “Onangga!” “Keyin kimga?” “Onangga!” Aytdim: “Keyin kimga?” Aytdilar: “Otangga, keyin yaqin qarindoshlarigga”, dedilar.

   143. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam aytadilar: “Agar Allohning ilmida ota – onaga “uf” deyidhdan ham ko’ra hurmatsizlik bo’lganida edi, Alloh o’shandan qaytargan bo’lardi. Ota – onaga oq bo’lgan kimsa hohlaganicha amal qilsin, zinhor jannatga kirmaydi. Ota – onaga yaxshilik qilgan odam hohlaganicha amal qilsin, hech ham do’zaxga kirmaydi!”
   Faqih, rahmatullohi alayhi, aytadi: Agar Alloh taolo ota – onaning huquqni kitobida zikr qilmaganida va ikkoviga yaxshilik qilishni vasiyat etmaganda edi, aql bilan ham ota-onaning haq-huquqini hurmat qilish vojib ekanligi bilinear edi! Oqil farzandga ota-onaning huquqini tanimoqlik vojibdur. Alloh taolo kitoblarida, Tavrotda, Injilda, Zaburda va Qur’oni Karimda bu narsani zikr qildi va barcha payg’ambarlarga vahiy keldi. Ularni ota-ona huquq va haqlarini bilishlikka buyurdi. Alloh O’zining rizosi ota-onaning rizosida va o’zining g’azabi ota-onaning g’azabida ekanligini bildirdi.
   Va aytildi: Uchta oyat uchta narsa bilan birga tushdi. Ulardan birontasini ikkinchisisiz Alloh qabul qilmaydi.
   Allohning so’zi: “Namozni to’kis ado qiling va zakotni bering” (Baqara,43). Kim namoz o’qisa, zakot bermasa undan namozi qabul qilinmaydi.
   Allohning so’zi: “Alloh va Payg’ambariga itoat qilingiz” (Oli Imron, 132). Demak, kimki Allohga itoat qilsa, payg’ambariga itoat qilmasa, undan qabul qilinmaydi.
   Allohning so’zi: “Sen Menga va ota-onangga shukur qilgin”, (Luqmon, 14). Kim Allohga shukur qilsa, ota-onasiga shukur qilmasa, undan qabul qilinmaydi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #9 : 31 Mart 2007, 07:31:58 »
   144. Bunga dalil Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning hadislari: “Albatta ota-onaning la’nati farzandning aslini kesadi. Agar farzand ularga oq bo’lgan bo’lsa. Kimki ota-onasini roziligini topsa, Robbisining rizosini topadi. Kimki ota-onasini g’azablantirsa, Robbisini g’azablantiradi! Kimki ota-onasi tirik bo’lib, yaxshilik qilmasa, do’zaxga kiradi va uni Alloh O’zidan uzoqlashtiradi”.
   

   145. Payg’ambarimiz Rasululoh sallallohu alayhi va sallamdan so’raldi: “Qaysi amallar yaxshiroqdir?”. Aytidilar: “O’z vaqtida o’qilgan namozlar, keyin ota-onaga yaxshilik qilish…”.
   Farqand Sabaxiy aytadi: “Ba’zi kitoblarda o’qidim, farzand uchun ota-onaning huzurida ikkalasining izinisiz gapirishlik va ikkovidan oldin yurishlik, o’ngdan ham, chapdan ham, lozim bo’lmaydi, magar uni ikkovlari chaqirishsa, so’ngra javob berib, ularning ketida yuradi, qul o’zining ho’jayini orqasida yurgandek”.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #10 : 31 Mart 2007, 07:33:17 »
         146. Zikr qilindi, bir kishi Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, onam mening oldimda esi yarimta bo’lib qoldi, men qo’lim bilan uni ovqatlantiraman, suv ichiraman, tahorat qildiraman, yelkamda kutaraman. Uning haqqini ado qila oldimmi?”. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Yo’q, yuztadan bittasini ham ado qilganing yo’q! Lekin sen yaxshi qilyapsan, Allohga qasamki, ozgina narsaga ko’p savob olgaysan.”
   Hishom ibn Urva otasidan aytadi: Hikmatda yozilgan: “Kim otasini va onasini la’natlasa, u la’natlangandir, kimki yo’lto’sarlik qilsa, la’natlangandir. Yoki ko’rni yo’ldan adashtirsa, la’natlangan, Allohdan boshqaga atab biron narsa so’ysa, la’natlangan, kimki yer chegarasini o’zgartirsa, ya’ni yeriga birovni yerini qo’shib olsa, la’natlangandir”.
   Ota-onasini la’natlasa, degan so’zning ma’nosi, ota-onasiga la’nat tegadigan amalni qilishdir.
   
   147. Rasululoh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: “Albatta kishi ota-onasini so’kishi katta gunohlardandir”. So’raldiki: “Qanday qilib kishi o’zining ota-onasini so’kadi?” Aytdilar: “Birovning otasini so’ksa, u uning otasini so’kadi, birovning onasini so’ksa, u uning onasini so’kadi”.

“Tanbehul - g’ofiliyn” (birinchi kitobi) dan olindi.
Al-Faqih Abu Lays As-Samarqandiy.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #11 : 05 Aprel 2007, 12:17:08 »
148. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo’lsin, aytadi: “Rasululoh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Alqama ismli yigit bor edi. U o’ta tirishqoq, ko’p sadaqa qilguvchi edi. Bir kuni kasal bo’lib, kasali kuchaydi. Xotini Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamga erining jon chiqar holatida ekanligini habar qilmoqchi bo’lib elchi yubordi. Shunda Rasululoh sallallohu alayhi va sallam Hazrati Bilol va Alini, Salmon va Ammorni “Uning holini ko’ringlar”, deb yubordilar. Ular uning uyiga kelib kirdilar. Unga “La ilaha illalloh, degin”, dedilar. Bu gap uning tiliga kelmadi.Ular ishondilarki, imonsiz ketuvchidir, deb. Keyin Bilolni Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga bu holdan habar berishga yubordilar. Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam: “Uning ota-onasi bormi?” deb so’radilar. Aytishdi: “Otasi o’lgan, lekin bir qari onasi bor”, deb. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam Bilolga: “Yo Bilol! Onasining oldiga borgin, mendan salom ayt, aytginki, agar qodir bo’lsangiz, Rasulullohning oldilariga boring. Agar qodir bo’lmasangiz o’tirib turing, oldingizga Rasulullohning o’zlari kelgaylar, deb ayt”, deb tayinladilar. Bilol borib, bu habarni yetkazdi. Onasi: “Jonim Rasulillohga fido, men borishga haqliroqman”, dedi va qo’liga hassasini olib, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga jo’nadi. Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga kirdi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilarki: “Menga to’g’risini ayting, yolg’on gapirsangiz, menga Alloh taolodan vahiy keladi. Alqamaning holi qanday edi?” Onasi: “Yo Rasululloh, namoz o’qirdi, ro’za tutardi, ko’p sadaqa berardi, uning bergan sadaqasining o’lchovini bilmayman, sanog’ini ham”. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Sizning u bilan munisabatingiz qanday edi?” Onasi aytdi: “Yo Rasululloh, men hafaman”. Aytdilar: “Nima sababdan?” Onasi aytdi: “U xotinini mendan ustun qo’yardi, unga quloq solib, menga quloq solmas edi”. Shunda Rasululloh: “Onasining g’azabi o’g’lini Allohdan boshqa iloh yo’q deb guvohlik berishlikdan to’sibdi”, dedilar. So’ngra Bilolga: “Ko’p o’tin yig’ing, uni yondiramiz”, dedilar. Onasi: “Yo Rasululloh, o’g’limni, qalbimning mevasini ko’z oldimda yondirasizmi? Qanday qilib qalbim bardosh beradi?” dedi. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam: “Ey Alqamning onasi! Allohning azobi qattiq va doimiydir. Agar Alloh uni kechirishini istasangiz, undan rozi bo’ling. Jonim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, modomiki siz undan g’azabda bo’lar ekansiz, namozu sadaqasi foyda bermaydi!” Shunda Alqamning onasi qo’lini ko’tarib: “Yo Rasululloh! Yagona Allohning elchisi bo’lgan sizni va atrofimdagilarni Alqamdan haqiqatda rozi ekanligimga guvoh qilman!” dedi. Rasululloh Bilolga: “Ey Bilol! Alqmning oldiga borib qara-chi, “La ilaha illalloh”, deb ayta olayotganmikan? Alqmning onasi Payg’ambardan uyalib, dilida bo’lmagan narsani gapirgandir”, dedilar. Bilol borib, eshikka etgach: “La ilaha illalloh”, deganini eshitdi. Bilol uning uyiga borib: “Ey odamlar! Alqamning onasining g’azabi shahodat kalimasini aytishidan uning tilini to’sgan ekan, endi rozi bo’lgani uchun tilini bo’shatib yubordi”, dedi va u o’sha kunda vafot etdi. So’ngra Rasululloh unikiga kelib, yuvishga va kafanlashga buyurdilar, janoza o’qidilar. Keyin qabrni chetida turib: “Ey muhojir va ansorlar jamoasi! Kimki xotinini onasidan ustun qo’ysa, Allohning la’nati bo’ladi va farz-nafl ibodatlari qabul bo’lmaydi.” dedilar

“Tanbehul - g’ofiliyn” (birinchi kitobi) dan olindi.
Al-Faqih Abu Lays As-Samarqandiy.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #12 : 07 Aprel 2007, 10:37:23 »
Farzandlar haqida

Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Navoiy

Izzat-hurmat ota va onani, shuningdek bolalarni ham qo’riqlab turuvchi posbondir; u ota va onani kulfat va g’amdan, bolalarni esa vijdon azobidan qutqaradi.
O.Bal’zak

Shunday g’aroyib otalar ham borki, to umrlarining oxirigacha faqat farzandlarini o’zlaridan bezdirish bilan shug’ullanadilar.
J.Laryueyr, farangiston yozuvchisi

Farzandlaringiz qabringiz ustida yig’lay olishlari uchun ularning ko’zyoshlarini to’kmang
Pifagor

Avvaliga biz bolalarimizni o’rgatamiz. So’ngra o’zimiz ulardan o’rganamiz. Kimki buni hohlamas ekan, o’z davridan orqada qoladi.
Ya.Raynis, latish shoiri

SHahinur

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 69
  • Jins: Ayol
  • Unutolmadim.......
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #13 : 06 May 2007, 00:13:26 »
1.Taysala ibn Mayyos (r.a.) aytdilar: "Men Najda ibn Omir Xorijiyning ashoblari bilan bo’lib gunohlar qildim. Shularni o’zimcha katta gunoh deb hisoblab, Abdulloh ibn Umar (r.a.)ga borib aytdim.Shunda Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bular katga gunoh emas, katta gunohlar to’qqiztadir, ular: Alloh taologa shirk keltirish, odamni o’ldirish, urush maydonidan qochish, afifa xotinni fohisha deb tuhmat qilish, ribo, yetimlar molini yemoq, Alloh taoloning borligini inkor qilish, odamlarni masxara qilish, kamsitish, ota-onani xafa qilib yig’latish - mana shular katta gunohdir", dedilar. Keyin Abdulloh ibn Umar menga qarab: "Ey, Taysala! Sen do’zaxdan qo’rqib jannatga kirishni xoxlaysanmi?" - dedilar. Men: "Jannatga kirishni albatta xohlayman", deganimda, u kishi: "Ota-onang tirikmi?" - deb so’radilar. Men: "Otam vafot etgan, ammo onam borlar", dedim. Abdulloh (r.a.): "Katta gunohlardan o’zingni saqlaganingdan keyin onangga qattiq gapirmasang, uning osh-ovqatini berib tursang, albatta jannatga kirasan", dedilar".

2.Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Xor bo’lsin, xor bo’lsin, xor bo’lsin!" - deb o’n martaba takror qildilar. Shunda sahobiylar: "Yo Rasululloh, kimni aytayapsiz?" - deb so’rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Ota-onasining ikkalasi yoxud bittalari keksayib qolgan vaqtida (ularni rozi qilmay) o’zini do’zaxga tushishga mubtalo qilgan kishini", dedilar.

3.Saxd ibn Muoz (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo nasib bo’lib, Alloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi", dedilar" Bandaning umri azaldan taqdir qilingan. Bu o’rinda umrning uzoq bo’lishi degan gap farovonlikka, rizqning mo’lligiga, dunyoviy ishlarning barakali bo’lishiga ishoradir. Tubo - jannatdagi bir daraxt nomi
Orzuyim faqat uzing eding,
Sendan umid uzolmasam nima qilay.
Yuragim sendan uzgani hech,
Endi sevolmasa aytgin endi nima qilay.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #14 : 08 May 2007, 17:29:20 »
Ota-onalarimiz bizning eng qadirli bo'lgan kishilarimizdir. Avvalambor biz ular oldidagi burchimizni yaxshi bilishimiz va qo'limizdan kelganicha ularni ado etishga harakat qilishimiz kerak.
Ota onani ranjitish menimcha eng katta gunoh hisoblansa kerak.
Biz uchun ota-onalarimiz hatto jonini ham berishga tayyordirlar. Buni unitmang azizlar.
Har birimizni ota-onamizdan ayirmasin ollohim.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Jamshid Ne'matov. Ota-onaga oq bo'lish

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 21717
So'nggi javob 30 Noyabr 2007, 07:53:35
muallifi AbdulAziz
Uyali aloqa vositasi faqat yaxshilik uchun xizmat qilsin!..

Muallif FoniyBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 6367
So'nggi javob 07 Iyun 2013, 17:47:14
muallifi Muxsiya
Akbarjon aka farzandlik bo'ldilar!!!

Muallif As-SamarqandiyBo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 42
Ko'rilgan: 16145
So'nggi javob 26 Noyabr 2011, 16:36:10
muallifi Abdulhafiz
Normurod Narzullayev. Yaxshilik deb yashayman

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1307
So'nggi javob 23 May 2012, 07:50:26
muallifi AbdulAziz