Jamiyat va inson > Oila va jamiyat

Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi

(1/20) > >>

Muslimа:
Assalomu alaykum forumdoshlar!
Bugun yana bir yangi mavzuni e'tiboringizga havola qilmoqchiman.
Farzand har qancha ota-onasini hizmatini qilsa ham baribir ularni oldidagi burchlarini ado eta olmaydi. Har bir farzand ota-onasi oldidagi burchini bilishi zarur. Bu mavzuda farzandlarning ota-ona oldilaridagi burchlari haqida gaplashamiz. 

Abdusalom:
Hazrati Musoning jannatdagi qo‘shnisi

Muso, alayhissalom, Alloh taologa jannatda unga kim qo‘shni bo‘lishini bildirishini  so‘rab, yolvorar edi.
Bir kuni shunday nido keldi:
— Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi do‘sting bo‘ladi...
Muso, alayhissalom, qiziqib, qaysi ibodati uchun bunga loyiq bo‘lganini bilish niyatida yo‘lga chiqdilar. Hazrati Muso o‘sha odamni qidirib topdilar. Qassob Hazrati Musoning haq payg‘ambar ekanini bilgan, imon keltirgan edi. Lekin o‘zlarini  ko‘rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Hazrati Musoni uyiga olib ketdi. Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin, qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tushirdi va undan harakat qilishga sira holi yo‘q bir qari kampirni chiqardi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana zambilga qo‘yib, devorga osdi. Shunda kampir nimalardir deb shivirladi. Qari ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso, alayhissalom, qassobdan so‘radi:
— o'g'lim, bu kampir kiming bo‘ladi?
Qassob musofirga:
— Bu ayol  mening onam bo‘ladilar. O‘tirib-turishga, ovqat yeyishga holi yo‘q. Shu bois o‘zim yediraman, ichiraman va tozaligiga qarayman. Qo‘limdan kelgunicha hushnud etishga harakat qilaman.
Muso, alayhissalom:
— Hozirgina u senga gapirganday bo‘ldi, nimalar dedi?
Qassob:
— Ey Rabbim! Men o'g'limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo‘l. Jannatda uni Hazrati  Musoga qo‘shni qilgin deb duo etdi. Shunda Muso, alayhissalom, o‘zini tanitadigan vaqt kelganini tushundilar va:
— Men Allohning payg‘ambari Muso bo‘laman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishini iltijo qilgan edim. Janobi Haq seni bildirdi. Senga xushxabar bo‘lsin. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qo‘shni qildi, — deya marhamat qildilar.

http://islom.ziyouz.com/

Muslimа:
                          Ota-onangiz rozimi?

   Imom Nasafiydan rivoyat qilinishicha, farzand ota-onasi oldida oltmish sohada burchli va qarzdor ekan. Quyida shularni ba’zisini muxtasar holda alohida-alohida ko’rib chiqamiz.

      I. Tan bilan hizmatda bo’lish.
   1. Tanu vujudingiz bilan ota-ona hizmatida hoziru nozir turing.
   2. Gunoh bo’lmaydigan ishga buyurishsa, buyruqlarini shu zahoti, so’zsiz bajo keltiring.
   3. Hatto hajga yoki ilm izlab ketayotgan bo’lsangiz ham, ularning roziligisiz safarga chiqmang.
   4. Biror ishni bajarishdan qaytarishsa (agar bu qaytish gunoh bo’lmasa), qayting.
   5. Ularni ko’rganda o’rningizdan turing va o’ltirganlaridan keyingina o’ltiring.
   6. Otz-ona bilan ko’chada ketayotganda oldinga o’tib ketmay, bir qadam orqada yuring (faqat loy, muzgarchilikda yoki qo’riqlash ma’nosida oldinda yoki yonida yurishga ijozat beriladi).
   7. Ularning nomlarini aytib chaqirmang, hazil-mazah qilmang.
   8. Ular huzurida qovoq solmang, ho’mrayib qaramang.
   9. Chaqirishsa "œlabbay" deb huzurlariga tez yetib boring.
   10. Ular hizmatida ish buyurishsa, erinchoqlik bilan malol ko’rmang.

Muslimа:
                            II. Til bilan hizmatda bo’lish.

   1. Ota-onangiz bilan so’zlashganda yumshoqlik va odob bilan gaplashing.
   2. So’zlashgan paytda ovozni baland ko’tarmang.
   3. Ota-ona huzurida zaruriyatdan ortiqcha gaplarni gapirmang.
   4. Gaplashayotganda so’zlarni bo’lib tashlab yoki so’z qistirib ketmang.
   5. Ularni so’zlarini also rad qilmang.
   6. Ular bilan buyruq yoki ta’na ohangida gaplashmang.
   7. Ota-onaga qahr ohangida gapirib, norozi qilmang.
   8. Tanbeh bilan gapirmang.
   9. Biror xizmat buyurishsa yoki maslahat berishsa. "œuf" demang.

Muslimа:
                        III. Dil bilan hizmatda bo’lish.

   1. Dil-dildan ota-onangizga rahm-shafqat ko’rsating.
   2. Ota-onani chin dildan do’st tuting.
   3. Ularni shodlik paytlarida hursand bo’ling.
   4. Ota-onani g’amgin holatida hamdard bo’ling.
   5. Ular tomonidan biror kamchilik o’tsa, ranjimang.
   6. Qilayotgan ishingiz yoki aytayotgan gapingiz haq bo’lsa ham, ularga ozor yetkazishdan tiyiling.
   7. Ularga ozor bermaslikni doimo niyat qilib yuring.
   8. Ulardan jafo ko’rsangiz ham, umrlari uzun bo’lishini tilang.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version