Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi  ( 105609 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 10 B


Muslimа  31 Mart 2007, 07:33:17

         146. Zikr qilindi, bir kishi Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: "œYo Rasululloh, onam mening oldimda esi yarimta bo’lib qoldi, men qo’lim bilan uni ovqatlantiraman, suv ichiraman, tahorat qildiraman, yelkamda kutaraman. Uning haqqini ado qila oldimmi?". Rasululoh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: "œYo’q, yuztadan bittasini ham ado qilganing yo’q! Lekin sen yaxshi qilyapsan, Allohga qasamki, ozgina narsaga ko’p savob olgaysan."
   Hishom ibn Urva otasidan aytadi: Hikmatda yozilgan: "œKim otasini va onasini la’natlasa, u la’natlangandir, kimki yo’lto’sarlik qilsa, la’natlangandir. Yoki ko’rni yo’ldan adashtirsa, la’natlangan, Allohdan boshqaga atab biron narsa so’ysa, la’natlangan, kimki yer chegarasini o’zgartirsa, ya’ni yeriga birovni yerini qo’shib olsa, la’natlangandir".
   Ota-onasini la’natlasa, degan so’zning ma’nosi, ota-onasiga la’nat tegadigan amalni qilishdir.
   
   147. Rasululoh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "œAlbatta kishi ota-onasini so’kishi katta gunohlardandir". So’raldiki: "œQanday qilib kishi o’zining ota-onasini so’kadi?" Aytdilar: "œBirovning otasini so’ksa, u uning otasini so’kadi, birovning onasini so’ksa, u uning onasini so’kadi".

"œTanbehul - g’ofiliyn" (birinchi kitobi) dan olindi.
Al-Faqih Abu Lays As-Samarqandiy.

Qayd etilgan


Muslimа  05 Aprel 2007, 12:17:08

148. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo’lsin, aytadi: "œRasululoh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Alqama ismli yigit bor edi. U o’ta tirishqoq, ko’p sadaqa qilguvchi edi. Bir kuni kasal bo’lib, kasali kuchaydi. Xotini Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamga erining jon chiqar holatida ekanligini habar qilmoqchi bo’lib elchi yubordi. Shunda Rasululoh sallallohu alayhi va sallam Hazrati Bilol va Alini, Salmon va Ammorni "œUning holini ko’ringlar", deb yubordilar. Ular uning uyiga kelib kirdilar. Unga "œLa ilaha illalloh, degin", dedilar. Bu gap uning tiliga kelmadi.Ular ishondilarki, imonsiz ketuvchidir, deb. Keyin Bilolni Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga bu holdan habar berishga yubordilar. Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam: "œUning ota-onasi bormi?" deb so’radilar. Aytishdi: "œOtasi o’lgan, lekin bir qari onasi bor", deb. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam Bilolga: "œYo Bilol! Onasining oldiga borgin, mendan salom ayt, aytginki, agar qodir bo’lsangiz, Rasulullohning oldilariga boring. Agar qodir bo’lmasangiz o’tirib turing, oldingizga Rasulullohning o’zlari kelgaylar, deb ayt", deb tayinladilar. Bilol borib, bu habarni yetkazdi. Onasi: "œJonim Rasulillohga fido, men borishga haqliroqman", dedi va qo’liga hassasini olib, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga jo’nadi. Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga kirdi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilarki: "œMenga to’g’risini ayting, yolg’on gapirsangiz, menga Alloh taolodan vahiy keladi. Alqamaning holi qanday edi?" Onasi: "œYo Rasululloh, namoz o’qirdi, ro’za tutardi, ko’p sadaqa berardi, uning bergan sadaqasining o’lchovini bilmayman, sanog’ini ham". Rasululoh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: "œSizning u bilan munisabatingiz qanday edi?" Onasi aytdi: "œYo Rasululloh, men hafaman". Aytdilar: "œNima sababdan?" Onasi aytdi: "œU xotinini mendan ustun qo’yardi, unga quloq solib, menga quloq solmas edi". Shunda Rasululloh: "œOnasining g’azabi o’g’lini Allohdan boshqa iloh yo’q deb guvohlik berishlikdan to’sibdi", dedilar. So’ngra Bilolga: "œKo’p o’tin yig’ing, uni yondiramiz", dedilar. Onasi: "œYo Rasululloh, o’g’limni, qalbimning mevasini ko’z oldimda yondirasizmi? Qanday qilib qalbim bardosh beradi?" dedi. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam: "œEy Alqamning onasi! Allohning azobi qattiq va doimiydir. Agar Alloh uni kechirishini istasangiz, undan rozi bo’ling. Jonim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, modomiki siz undan g’azabda bo’lar ekansiz, namozu sadaqasi foyda bermaydi!" Shunda Alqamning onasi qo’lini ko’tarib: "œYo Rasululloh! Yagona Allohning elchisi bo’lgan sizni va atrofimdagilarni Alqamdan haqiqatda rozi ekanligimga guvoh qilman!" dedi. Rasululloh Bilolga: "œEy Bilol! Alqmning oldiga borib qara-chi, "œLa ilaha illalloh", deb ayta olayotganmikan? Alqmning onasi Payg’ambardan uyalib, dilida bo’lmagan narsani gapirgandir", dedilar. Bilol borib, eshikka etgach: "œLa ilaha illalloh", deganini eshitdi. Bilol uning uyiga borib: "œEy odamlar! Alqamning onasining g’azabi shahodat kalimasini aytishidan uning tilini to’sgan ekan, endi rozi bo’lgani uchun tilini bo’shatib yubordi", dedi va u o’sha kunda vafot etdi. So’ngra Rasululloh unikiga kelib, yuvishga va kafanlashga buyurdilar, janoza o’qidilar. Keyin qabrni chetida turib: "œEy muhojir va ansorlar jamoasi! Kimki xotinini onasidan ustun qo’ysa, Allohning la’nati bo’ladi va farz-nafl ibodatlari qabul bo’lmaydi." dedilar

"œTanbehul - g’ofiliyn" (birinchi kitobi) dan olindi.
Al-Faqih Abu Lays As-Samarqandiy.

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Aprel 2007, 10:37:23

Farzandlar haqida

Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Navoiy

Izzat-hurmat ota va onani, shuningdek bolalarni ham qo’riqlab turuvchi posbondir; u ota va onani kulfat va g’amdan, bolalarni esa vijdon azobidan qutqaradi.
O.Bal’zak

Shunday g’aroyib otalar ham borki, to umrlarining oxirigacha faqat farzandlarini o’zlaridan bezdirish bilan shug’ullanadilar.
J.Laryueyr, farangiston yozuvchisi

Farzandlaringiz qabringiz ustida yig’lay olishlari uchun ularning ko’zyoshlarini to’kmang
Pifagor

Avvaliga biz bolalarimizni o’rgatamiz. So’ngra o’zimiz ulardan o’rganamiz. Kimki buni hohlamas ekan, o’z davridan orqada qoladi.
Ya.Raynis, latish shoiri

Qayd etilgan


SHahinur  06 May 2007, 00:13:26

1.Taysala ibn Mayyos (r.a.) aytdilar: "Men Najda ibn Omir Xorijiyning ashoblari bilan bo’lib gunohlar qildim. Shularni o’zimcha katta gunoh deb hisoblab, Abdulloh ibn Umar (r.a.)ga borib aytdim.Shunda Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bular katga gunoh emas, katta gunohlar to’qqiztadir, ular: Alloh taologa shirk keltirish, odamni o’ldirish, urush maydonidan qochish, afifa xotinni fohisha deb tuhmat qilish, ribo, yetimlar molini yemoq, Alloh taoloning borligini inkor qilish, odamlarni masxara qilish, kamsitish, ota-onani xafa qilib yig’latish - mana shular katta gunohdir", dedilar. Keyin Abdulloh ibn Umar menga qarab: "Ey, Taysala! Sen do’zaxdan qo’rqib jannatga kirishni xoxlaysanmi?" - dedilar. Men: "Jannatga kirishni albatta xohlayman", deganimda, u kishi: "Ota-onang tirikmi?" - deb so’radilar. Men: "Otam vafot etgan, ammo onam borlar", dedim. Abdulloh (r.a.): "Katta gunohlardan o’zingni saqlaganingdan keyin onangga qattiq gapirmasang, uning osh-ovqatini berib tursang, albatta jannatga kirasan", dedilar".

2.Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Xor bo’lsin, xor bo’lsin, xor bo’lsin!" - deb o’n martaba takror qildilar. Shunda sahobiylar: "Yo Rasululloh, kimni aytayapsiz?" - deb so’rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Ota-onasining ikkalasi yoxud bittalari keksayib qolgan vaqtida (ularni rozi qilmay) o’zini do’zaxga tushishga mubtalo qilgan kishini", dedilar.

3.Saxd ibn Muoz (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo nasib bo’lib, Alloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi", dedilar" Bandaning umri azaldan taqdir qilingan. Bu o’rinda umrning uzoq bo’lishi degan gap farovonlikka, rizqning mo’lligiga, dunyoviy ishlarning barakali bo’lishiga ishoradir. Tubo - jannatdagi bir daraxt nomi

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 May 2007, 17:29:20

Ota-onalarimiz bizning eng qadirli bo'lgan kishilarimizdir. Avvalambor biz ular oldidagi burchimizni yaxshi bilishimiz va qo'limizdan kelganicha ularni ado etishga harakat qilishimiz kerak.
Ota onani ranjitish menimcha eng katta gunoh hisoblansa kerak.
Biz uchun ota-onalarimiz hatto jonini ham berishga tayyordirlar. Buni unitmang azizlar.
Har birimizni ota-onamizdan ayirmasin ollohim.

Qayd etilgan


Amina  17 May 2007, 10:57:42

Albatta, biz toki shu yoshgacha sog`-salomat unib osdikmi, albatta bunga ota onamizning mehrlari va iliq munosabatlari, qolaversa qanchalimashaqqatlari bilan yetishdik. shuning uchun ota-onalarimizzi e`zozlash, ularni bosgan izlarini oltinga teng bilishimiz kerak.

Qayd etilgan


Qoplon  21 May 2007, 11:27:01

Ota onaga yahshilik haqida gap so'z bo'lishi mumkin emas faqat yahshilik qilish kerak holos bunga ortiqch gap so'zni keragi yoq

Qayd etilgan


Istak  18 Iyun 2007, 14:36:40

Bir go'dakni ko'z oldingizga keltiring.
U bir narsadan o'ksindi, qattiq o'ksindi. Shu xolatida unga eng yaqindan yordam berishi mumkin bo'lgan inson - uning onasi quchog'iga olib, bag'riga mahkam bossa, boshini, yelkasini silasa, hali gapirishni ham bilmaydigan, endigina tili chiqayotgan bu go'dak onasiga qanchalik "singib" ketadi. Undan buyuk bir mehr, shafqat va sevgi haroratini his etadi.
Bularning hammasi faqat u uchun qaratilgan, faqat u uchun maxsus.
Shu xolatida bu go'dak nimalarni his etadi va qanchalik?
O'zining tamoman xavfsiz joyda ekaniga 100 da 1000 ishonadi va o'zini butunlay xotirjam his etadi.
Bu o'sha beminnat va shu bilan birga qusursiz mehrning, hamda onasiga bo'lgan cheksiz ishonchning evaziga emasmikan..?
Buning qanday tuyg'u ekanini bolalikni, go'dakliklni yashaganmiz, hammamiz o'zmi-ko'p bilamiz. Biroq onalar yaxshiroq bilasalar kerak, chunki ular ham bola bo'lib his etishgan, endi esa ona bo'lib ham his etishyapti.

Endi biz ulg'aydik, aqlu-idrokimiz rivojlanib, ma'lum darajada bilim va tajribaga ega bo'la boshladik, shunga yarashir mas'uliyat ham yelkamizga tusha boshladi.
Lekin ruhimiz, qalbimiz, balki butun vijudimiz hamon, har vaqt o'sha sokinlikni, o'sha xotirjamlikni, o'sha beg'uborlikni  qo'msaydi.
Vo ajab, o'sha bizning boshimizni silagan mehri daryo onajonimiz ham qo'msaydi uni,
ham bola bo'lib..
ham ona bo'lib...
Qani endi u halovat? Qayerda qoldi?
Dunyoga sho'ng'iganimiz sari ishonchimizni, diqqatu-e'tiborimizni, mehrimizni parchalab boshqa arzimas matolarga ulashdikmi, yo?! 

Yaqindagina bu go'dak uchun dunyo faqat ona rahmidangina iborat edi. Endi u yangi, ajib bir dunyoga qadam qo'ydi.
Vaqt o'tgan sari o'zining qanday dunyoda ekanini, o'zining imkoniyatlari-yu, cheksiz extiyojlarini idrok eta boshladi.
Nega shuncha imkoniyat? Nega shuncha extiyoj? Bularga kim javob beradi?

Endi u ham o'zidagi onasidan olgan mehrni hamda uning uchun mehr qaynog'i bo'lgan onasining ham undan kam bo'lmagan bir mehrga muhtoj ekanining farqiga bora boshlagan edi.

Ona bolasini bag'riga bosib, u mehrni yo'qolmaganidan, o'sha o'zi qo'msayotgan mehrni endi o'zining bir parchasi bo'lgan yangi insonga berayotganidan, bu mehrning haroratini birgalashib his etayotganidan o'zini dunyodagi eng baxtiyor inson kabi his etadi. Ha, bu mehr bolani qanchalik baxtiyor etgani kabi, onani ham shunchalik baxtiyor qilishga yetadi. Hatto ularni chetdan turib kuzatayotgan insonlarga ham.
Ex , aslida insonlik naqadar go'zal-ku, lekin biz ...

Ha, bu manzaraning qarshisida har bir inson yuragining tub-tubida yotgan hislari jumbushga keladi, farqiga borib yoki bormay ONAdagi bu mehrdan oziqlanadi.
Bu shunday muqaddas, musaffo bir mehrki, ona buning evaziga hech narsa kutmaydi. Hatto o'zidagi bu mehrning buyukligini his qilganda, aqli shoshadi, ta'bir joiz bo'lsa, o'zi ham hayronu-lol qoladi.
Ex, ONAJON naqadar muboraksan-a! Mo'tabarsan!
Qaniydi shunga yarasha javobim bo'lsa...  Onajonim mani!

Bu qadar mehrni, shafqatni har bir onaga bergan, boladagi ojizlikka bunchalar go'zal suvratda javob bergan ey Robbim, Sen marhamati keng, go'zal Yaratuvchisan!

Agar ba'zi oddiy haqiqatlarni yaxshi his eta olganimda, yaxshi idrok eta olganimda edi...,

Balki onasiga Sen yoqtirgan shaklda munosabatda bo'lganlarni, onasi uchun butun imkoniyatlarini sarf etayotganlarni yaxshiroq tushungan bo'larmidim.

Balki bu MEHRning haqiqiy egasi bo'lmish Sen bilan muloqot qilish imkoniyatini beradigan har bir namozimni zoriqib kutgan, sajdalardan bosh uzishni istamay, onasining bag'ridan uzilishni istamagan go'dak kabi yoshlar to'kkan bo'larmidim.

Balki-da, jannatni umrim bo'yi Onajonim oyoqlari ostidan izlagan bo'lardim.

Qaniydi....

Senga hamdlar va shukrlar bo'lsin, Ey Robbim!

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyun 2007, 19:16:48

Assalomu alaykum!

Inson o'zi shunaqa: yonimizda bizga bor muhabbati bilan mehr berayotganlarni ular bizga yaqinliklarida kam tafakkur qilamiz, ularning mehru muhabbatlarini kundalik bir oddiy qilinishi kerak bo'lgan e'tibordek qabul qilamiz. Vaqti kelib, bu mehr va muhabbat taftidan uzoqlashganimizda esa, o'sha mo'tabar, aziz insonlarimizni qo'msay boshlaymiz. Kunda aytiladigan "o'g'lim, yaxshi uxlab turdingmi?", "Qorning ochmadimi?", "Charchab qolmadingmi?" degan so'zlarning ham qanchalik qudratga ega ekanligini afsuski, ular oldimizda bo'lmagan paytlarda his qilamiz.

Ota-onanning farzandga mehri hech qachon so'nmaydi. Katta bo'lib, oila qurish yoshiga yetsak-da, biz uchun hamon "qo'zichog'im", "toychog'im" kabi erkalshlar ataladi. Ular bizni xuddi yosh bolalardek asrab-avaylashadi.

Bir kuni uyga borganimda so'rida erta uxlab qolibman. Kechroq uyqum qochdi. Dadam haliyam uyg'oqlar. Onamga gapiryaptilar: "Qo'zichoq rosa charchabdi, qarang, asal bo'lib uxlashini...". Men eshitib yotibman, biroz kulgim qistadi. Keyin dadam oldimga kelib: "Qo'zivoy, tur joyingga yotvol" dedilar. Men kulimsiragancha, o'z joyimga yotdim. Dadam esa nimadan kulimsiraganimni ham bilmasdilar...

Onalar... Ulardagi mehrning ta'rifi yo'q. Onalar... Ular shunday zotlarki, bizni o'ylab yig'laydilar, ozginagina mehrimizdan suyunib o'zlarini qo'yarga joy topa olmaydilar. Biz esa ularni kam eslaymiz. Qachonki boshimizga biron mushkul tushganda, o'sha mehri daryo insonimizni eslab qolamiz. O'sha beminnat, samimiy mehru muhabbatni qo'msab qolamiz...

Farzand onaning bag'ridan yaralgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, ba'zida biz yashirsak-da, ular bilib olaveradilar. Ba'zida og'rib qolganimda uyga telefon qilsam, onajonim: "qo'zichog'im, og'rib qoldingmi, yoki manga shunday tuyuldimi, bolajonim..." deya so'rab qoladilar. Yo'q, hammasi o;tib ketganini aytaman... Qayerda bildilar ekan-a? Bir kuni ishdan kelayotib qornib qattiq siqib og'rib qoldi. Yurishga qiynalyapman. Qornimni changallagancha bekat tomon yuraman. Shunda xayolimdan o'tkazdim: onajonim yonimda bo'lganlarida hozir... Asal choy berib qornimni bog'lab qo'yardilar... Og'riq ham o'tib ketardi... Alloh-alloh! Shuni o'ylagan zahotim yarim soatdan beri meni azoblayotgan og'riqlar taqa-taq to'xtadi...

Onalarning bizga beradigan mehru muhabbatini qanchalik qaytara olayapmiz...? Hisoblashga, ijobiy javob berishga urinmang... Alllohim onalarni o'zi shunaqa bebaho qilib yaratgan. Ming chiransak ham ulardek mehr ko'rsata olmaymiz. Yagona umidimiz ularning xizmatlarini sidqidildan bajarish va roziliklarini olishdir.

Onajonim! Sizni sog'inaveraman!

Qayd etilgan


Laylo  23 Iyun 2007, 14:43:56

FARZANDLIK BURCHI

Bismillahir rohmanir rohim!

Oila — ota-ona, er-xotin va farzandlar to’g’risidagi munosabatlar asosida quriladi. Ayniqsa ota-ona va farzandlar o’rtasidagi aloqalar juda muhim bo’lib, o’g’il-qizlarning o’z ota-onalari zimmasida muayyan haqlari bo’lgani kabi ota-onaning ham farzandlari zimmasida bir muncha haqlari borki, ushbu kitobimiz shu mavzuga bag’ishlangandir.

Bizning tug’ilib, es-hushimizni tanishimizda, voyaga yetib, bilim va kasb egallashimizda, insoniy fazilatlar va yaxshi xulq sohibi bo’lib yetishishimizda, xullasi jamiyatga munosib komil insonlar qatoridan joy olishimizda ota-onaning buyuk hissasi borligini hech kim inkor qilolmasa kerak. Qur’oni karimda Alloh taolo shunday buyuradi: "œParvardigoringiz, yolg’iz Uning o’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab "œuf" tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma!Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut — hokisor bo’l va: "œParvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin", deb (haqlariga duo qil!)". ("œIsro" surasi, 23—24 oyatlar).

Qayd etilgan