Muallif Mavzu: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi  ( 85736 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Amina

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 62
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #15 : 17 May 2007, 10:57:42 »
Albatta, biz toki shu yoshgacha sog`-salomat unib osdikmi, albatta bunga ota onamizning mehrlari va iliq munosabatlari, qolaversa qanchalimashaqqatlari bilan yetishdik. shuning uchun ota-onalarimizzi e`zozlash, ularni bosgan izlarini oltinga teng bilishimiz kerak.

Qoplon

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 6
  • Jins: Erkak
  • Alloh barchamizni to'g'ri yolga boshlasin
    • Aralash-Quralash
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #16 : 21 May 2007, 11:27:01 »
Ota onaga yahshilik haqida gap so'z bo'lishi mumkin emas faqat yahshilik qilish kerak holos bunga ortiqch gap so'zni keragi yoq
« So'nggi tahrir: 21 May 2007, 12:32:24 muallifi AbdulAziz »
Hammaga omad

Istak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 29
  • Jins: Erkak
  • Hammamiz beg'uborlikni qo'msaymiz!
Ex, onajonim naqadar muboraksan-a!
« Javob #17 : 18 Iyun 2007, 14:36:40 »
Bir go'dakni ko'z oldingizga keltiring.
U bir narsadan o'ksindi, qattiq o'ksindi. Shu xolatida unga eng yaqindan yordam berishi mumkin bo'lgan inson - uning onasi quchog'iga olib, bag'riga mahkam bossa, boshini, yelkasini silasa, hali gapirishni ham bilmaydigan, endigina tili chiqayotgan bu go'dak onasiga qanchalik "singib" ketadi. Undan buyuk bir mehr, shafqat va sevgi haroratini his etadi.
Bularning hammasi faqat u uchun qaratilgan, faqat u uchun maxsus.
Shu xolatida bu go'dak nimalarni his etadi va qanchalik?
O'zining tamoman xavfsiz joyda ekaniga 100 da 1000 ishonadi va o'zini butunlay xotirjam his etadi.
Bu o'sha beminnat va shu bilan birga qusursiz mehrning, hamda onasiga bo'lgan cheksiz ishonchning evaziga emasmikan..?
Buning qanday tuyg'u ekanini bolalikni, go'dakliklni yashaganmiz, hammamiz o'zmi-ko'p bilamiz. Biroq onalar yaxshiroq bilasalar kerak, chunki ular ham bola bo'lib his etishgan, endi esa ona bo'lib ham his etishyapti.

Endi biz ulg'aydik, aqlu-idrokimiz rivojlanib, ma'lum darajada bilim va tajribaga ega bo'la boshladik, shunga yarashir mas'uliyat ham yelkamizga tusha boshladi.
Lekin ruhimiz, qalbimiz, balki butun vijudimiz hamon, har vaqt o'sha sokinlikni, o'sha xotirjamlikni, o'sha beg'uborlikni  qo'msaydi.
Vo ajab, o'sha bizning boshimizni silagan mehri daryo onajonimiz ham qo'msaydi uni,
ham bola bo'lib..
ham ona bo'lib...
Qani endi u halovat? Qayerda qoldi?
Dunyoga sho'ng'iganimiz sari ishonchimizni, diqqatu-e'tiborimizni, mehrimizni parchalab boshqa arzimas matolarga ulashdikmi, yo?! 

Yaqindagina bu go'dak uchun dunyo faqat ona rahmidangina iborat edi. Endi u yangi, ajib bir dunyoga qadam qo'ydi.
Vaqt o'tgan sari o'zining qanday dunyoda ekanini, o'zining imkoniyatlari-yu, cheksiz extiyojlarini idrok eta boshladi.
Nega shuncha imkoniyat? Nega shuncha extiyoj? Bularga kim javob beradi?

Endi u ham o'zidagi onasidan olgan mehrni hamda uning uchun mehr qaynog'i bo'lgan onasining ham undan kam bo'lmagan bir mehrga muhtoj ekanining farqiga bora boshlagan edi.

Ona bolasini bag'riga bosib, u mehrni yo'qolmaganidan, o'sha o'zi qo'msayotgan mehrni endi o'zining bir parchasi bo'lgan yangi insonga berayotganidan, bu mehrning haroratini birgalashib his etayotganidan o'zini dunyodagi eng baxtiyor inson kabi his etadi. Ha, bu mehr bolani qanchalik baxtiyor etgani kabi, onani ham shunchalik baxtiyor qilishga yetadi. Hatto ularni chetdan turib kuzatayotgan insonlarga ham.
Ex , aslida insonlik naqadar go'zal-ku, lekin biz ...

Ha, bu manzaraning qarshisida har bir inson yuragining tub-tubida yotgan hislari jumbushga keladi, farqiga borib yoki bormay ONAdagi bu mehrdan oziqlanadi.
Bu shunday muqaddas, musaffo bir mehrki, ona buning evaziga hech narsa kutmaydi. Hatto o'zidagi bu mehrning buyukligini his qilganda, aqli shoshadi, ta'bir joiz bo'lsa, o'zi ham hayronu-lol qoladi.
Ex, ONAJON naqadar muboraksan-a! Mo'tabarsan!
Qaniydi shunga yarasha javobim bo'lsa...  Onajonim mani!

Bu qadar mehrni, shafqatni har bir onaga bergan, boladagi ojizlikka bunchalar go'zal suvratda javob bergan ey Robbim, Sen marhamati keng, go'zal Yaratuvchisan!

Agar ba'zi oddiy haqiqatlarni yaxshi his eta olganimda, yaxshi idrok eta olganimda edi...,

Balki onasiga Sen yoqtirgan shaklda munosabatda bo'lganlarni, onasi uchun butun imkoniyatlarini sarf etayotganlarni yaxshiroq tushungan bo'larmidim.

Balki bu MEHRning haqiqiy egasi bo'lmish Sen bilan muloqot qilish imkoniyatini beradigan har bir namozimni zoriqib kutgan, sajdalardan bosh uzishni istamay, onasining bag'ridan uzilishni istamagan go'dak kabi yoshlar to'kkan bo'larmidim.

Balki-da, jannatni umrim bo'yi Onajonim oyoqlari ostidan izlagan bo'lardim.

Qaniydi....

Senga hamdlar va shukrlar bo'lsin, Ey Robbim!
« So'nggi tahrir: 23 Iyun 2007, 15:39:24 muallifi Istak »
"Òîò, ГЄГІГ® ïîçíà¸ò ñàìîãî Г±ГҐГЎГї, ïîçíà¸ò ñâîåãî Ãîñïîäà".  \\ Õàçðàòè Ìóõàììàä Г‘.ГЂ.Г‚ \\

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #18 : 18 Iyun 2007, 19:16:48 »
Assalomu alaykum!

Inson o'zi shunaqa: yonimizda bizga bor muhabbati bilan mehr berayotganlarni ular bizga yaqinliklarida kam tafakkur qilamiz, ularning mehru muhabbatlarini kundalik bir oddiy qilinishi kerak bo'lgan e'tibordek qabul qilamiz. Vaqti kelib, bu mehr va muhabbat taftidan uzoqlashganimizda esa, o'sha mo'tabar, aziz insonlarimizni qo'msay boshlaymiz. Kunda aytiladigan "o'g'lim, yaxshi uxlab turdingmi?", "Qorning ochmadimi?", "Charchab qolmadingmi?" degan so'zlarning ham qanchalik qudratga ega ekanligini afsuski, ular oldimizda bo'lmagan paytlarda his qilamiz.

Ota-onanning farzandga mehri hech qachon so'nmaydi. Katta bo'lib, oila qurish yoshiga yetsak-da, biz uchun hamon "qo'zichog'im", "toychog'im" kabi erkalshlar ataladi. Ular bizni xuddi yosh bolalardek asrab-avaylashadi.

Bir kuni uyga borganimda so'rida erta uxlab qolibman. Kechroq uyqum qochdi. Dadam haliyam uyg'oqlar. Onamga gapiryaptilar: "Qo'zichoq rosa charchabdi, qarang, asal bo'lib uxlashini...". Men eshitib yotibman, biroz kulgim qistadi. Keyin dadam oldimga kelib: "Qo'zivoy, tur joyingga yotvol" dedilar. Men kulimsiragancha, o'z joyimga yotdim. Dadam esa nimadan kulimsiraganimni ham bilmasdilar...

Onalar... Ulardagi mehrning ta'rifi yo'q. Onalar... Ular shunday zotlarki, bizni o'ylab yig'laydilar, ozginagina mehrimizdan suyunib o'zlarini qo'yarga joy topa olmaydilar. Biz esa ularni kam eslaymiz. Qachonki boshimizga biron mushkul tushganda, o'sha mehri daryo insonimizni eslab qolamiz. O'sha beminnat, samimiy mehru muhabbatni qo'msab qolamiz...

Farzand onaning bag'ridan yaralgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, ba'zida biz yashirsak-da, ular bilib olaveradilar. Ba'zida og'rib qolganimda uyga telefon qilsam, onajonim: "qo'zichog'im, og'rib qoldingmi, yoki manga shunday tuyuldimi, bolajonim..." deya so'rab qoladilar. Yo'q, hammasi o;tib ketganini aytaman... Qayerda bildilar ekan-a? Bir kuni ishdan kelayotib qornib qattiq siqib og'rib qoldi. Yurishga qiynalyapman. Qornimni changallagancha bekat tomon yuraman. Shunda xayolimdan o'tkazdim: onajonim yonimda bo'lganlarida hozir... Asal choy berib qornimni bog'lab qo'yardilar... Og'riq ham o'tib ketardi... Alloh-alloh! Shuni o'ylagan zahotim yarim soatdan beri meni azoblayotgan og'riqlar taqa-taq to'xtadi...

Onalarning bizga beradigan mehru muhabbatini qanchalik qaytara olayapmiz...? Hisoblashga, ijobiy javob berishga urinmang... Alllohim onalarni o'zi shunaqa bebaho qilib yaratgan. Ming chiransak ham ulardek mehr ko'rsata olmaymiz. Yagona umidimiz ularning xizmatlarini sidqidildan bajarish va roziliklarini olishdir.

Onajonim! Sizni sog'inaveraman!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Laylo

  • Mehmon
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #19 : 23 Iyun 2007, 14:43:56 »
FARZANDLIK BURCHI

Bismillahir rohmanir rohim!

Oila – ota-ona, er-xotin va farzandlar to’g’risidagi munosabatlar asosida quriladi. Ayniqsa ota-ona va farzandlar o’rtasidagi aloqalar juda muhim bo’lib, o’g’il-qizlarning o’z ota-onalari zimmasida muayyan haqlari bo’lgani kabi ota-onaning ham farzandlari zimmasida bir muncha haqlari borki, ushbu kitobimiz shu mavzuga bag’ishlangandir.

Bizning tug’ilib, es-hushimizni tanishimizda, voyaga yetib, bilim va kasb egallashimizda, insoniy fazilatlar va yaxshi xulq sohibi bo’lib yetishishimizda, xullasi jamiyatga munosib komil insonlar qatoridan joy olishimizda ota-onaning buyuk hissasi borligini hech kim inkor qilolmasa kerak. Qur’oni karimda Alloh taolo shunday buyuradi: “Parvardigoringiz, yolg’iz Uning o’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf” tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma!Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo’l va: “Parvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin”, deb (haqlariga duo qil!)”. (“Isro” surasi, 23–24 oyatlar).

Laylo

  • Mehmon
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #20 : 23 Iyun 2007, 14:44:05 »
Darhaqiqat, otamiz bizning dunyoga kelishimizga sababchi bo’ladi, voyaga yetishimizda o’zining sa’yi-harakatlari, ibrati, ro’zg’or yuritishi bilan faol ishtirok etadi. Bizning kamolga erishuvimizdagi onaning beqiyos xizmatlarini ta’riflashga esa til ojiz, qalam noqis, so’z tanqis. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam “Jannat onalarning oyoqlari ostidadir” deganlar va ummatlaridan bu dunyoda jannat izlaganlarni onani rozi qilishga, uning duosini olishga targ’ib qilganlar. Bir a’robiy Payg’ambar alayhissalomdan: “Menda otamning haqqi ko’pmi yoki onamning?” deb so’raganida u zot uch martagacha “Onangning haqqi” deb javob qaytarganlar va to’rtinchi marta so’ralganda “otangning” deganlar. Bir yigit sahobalardan: “Onamni yelkamga ko’tarib Makkaga olib borib, yetti marta Ka’bani tavof qildirdim, endi uning haqqini ado qiloldimmi?” deb so’raganida ular: “Yo’q, bu xizmating bilan u seni emizish uchun bir marta uyqusini buzganini ham rozi qilolmading” deyishgan ekan.

Ushbu risolamiz farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari va qarzdorligi to’g’risida. Shoyadki, ota-onalarini hurmat qilishni o’rgatishda, ularning xizmatiga shay turib, duosini olishda va oxiratni obod qilishda ko’mak bersa! Alloh taolo barchalarimizni farzandlik burchini to’la ado etishimizni, ota-onalarini rozi qilib, Alloh taolo rizoligiga erishuvimizni nasib etsin, omin!

"Ota-ona rizosi" kitobidan

Laylo

  • Mehmon
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #21 : 23 Iyun 2007, 14:45:08 »
Hadislar:

Ibn Mas’ud shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasulalloh, amallarning qaysisi yaxshi?” dedim. Rasululloh: “o‘z vaqtida o‘qilgan namoz”, dedilar. “Yana qaysi amal, yo Rasulalloh?” dedim. Rasululloh: “Ota-onaga yaxshilik qilish” dedilar. “Yana qaysi amal?” deb so‘radim. Rasululloh: “Alloh yo‘lida g‘azot qilmoq” dedilar”. (Imo Termiziy rivoyatlari)

Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qilindi:Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Uch toifa kishining duosi mustajob bo‘lur: 1. Mazlumning duosi. 2. Musofirning duosi. 3. Otaning farzandiga qilgan duosi”. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os roziyallohu anhu aytadilar: bir kishi Rasululloh huzurlariga hijrat qilmoq uchun bay’at etmoqqa keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo‘lmay, xafalikdan yig‘lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh: “Sen hozir ota-onang oldiga bor! Hijrat qilaman deb, ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo‘ldim, deb, ularni xursand qil”,– dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Laylo

  • Mehmon
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #22 : 23 Iyun 2007, 14:45:30 »
Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh menga quyidagi to‘qqiz amalni buyurdilar”, shulardan biri: “ota-onangga itoat qil, agar ular dunyodan voz kech desalar ham hurmatlari uchun buyruqlarini ijro qil!”.

Abu Hurayra roziyallohu anhu ikki kishini ko‘rib, biridan: “Bu kishi kiming bo‘ladi?” deb so‘radilar. Boyagi odam: “Otam” deb javob qildi. Abu Hurayra: “Unday bo‘lsa otangning ismini aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda o‘tirma” dedilar.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu oldilariga bir kishi kelib: “Men bir xotinga sovchi yubordim. U meni qabul qilmay, boshqa bir kishiga tegib ketdi.Bu ishidan jahlim chiqib, u xotinni o‘ldirgan edim... Endi nima qilsam Alloh taolo tavbamni qabul qiladi?” – deb so‘radi. Shunda Abdulloh: “Onang barhayotmi?” – dedilar. U: “Yo‘q, vafot etganlar” degan edi, Abdulloh: “Unday bo‘lsa Alloh taologa tavba qilishga harakat qil”,– dedilar. Shu hadisni rivoyat qilgan Ato ibn Yasor aytdilar: “Men Abdulloh ibn Abbosga borib, siz nima uchun u kishidan onang tirikmi, deb so‘radingiz, deganimda, u kishi Alloh taologa onani rozi qilishdek maqbulroq hech bir amal borligini bilmayman. Shuning uchun undan onang tirikmi, deb so‘ragan edim”,– dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Laylo

  • Mehmon
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #23 : 23 Iyun 2007, 14:45:49 »
Ma’oz Juhaniy roziyallohu anhu aytdilar: “janob Pay-g‘ambar alayhissalom: “Kimki ota-onasini rozi qilsa unga tubo(jannat daraxti) nasib bo‘lib, Alloh taolo uning umrini ziyoda qiladi”, dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qur’oni karimdagi Alloh taoloning “rahmdillik yuzasidan ota-onangga kamtarlik qanotingni qoqib tur”, mazmunidagi so‘zini Hishomning otasi Urvat ibn az-Zubayr roziyallohu anhu: “Ota-onang nimani istasa, o‘shani ijro qilishdan imtino qilma”, deb tafsir qilgan edilar.

Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam shunday buyurganlar: “Odamlar bilan xushmuomala bo‘linglar, ularga qattiqqo‘llik qilib behayo so‘zlamanglar”. (Payg‘ambar alayhissalom o‘gitlariga ko‘ra hatto begona odamlarga qattiq va behayo gapirib, dillarini og‘ritish mumkin bo‘lmaganidek, ota-onaga yuz chandon muloyimroq so‘z qilmoq zarur ekan).

Laylo

  • Mehmon
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #24 : 23 Iyun 2007, 14:46:12 »
Rasulullohdan shunday rivoyat qilindi: “Alloh taolo gunohlardan istaganini qiyomatga qoldirdi, lekin ota-onani ranjitishning azobini kechiktirmaydi. Oqpadarga oqpadarlik azobi tezlashtiriladi”.

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Qiyomat kuni kimga do‘zax o‘ti harom bo‘lishini aytaymi? U yuvvosh, muloyim, yaxshi muomalali, bir gapga oson kelishadigan kishilardir. Sizlarning yaxshilaringiz xushxulqli, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa , og‘zini to‘ldirib, ezmalik ila ko‘p gapiruvchilaringizdir”.

Farqad us-Sanjiy aytdilar: “Ba’zi kitoblarda o‘qidimki, bolaning ota-ona huzurida iznsiz gapirmoqligi maqbul emasdir”.

Laylo

  • Mehmon
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #25 : 23 Iyun 2007, 14:46:49 »
Taboroniydan rivoyat qilingan hadisda: “Otaga itoat qilish – Allohga itoat qilishdir. Unga gunohkor bo‘lish Allohga gunohkor bo‘lish bilan barobardir”, deyilgan.

Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: “Alloh taolo sharmsiz, behayo so‘z qilganlarni o‘ziga do‘st tutmas”.

Abdulloh ibn Umar aytdilar: “Ota-onaning yig‘lashi boladan norozi bo‘lganlariga dalolatdir, bu esa katta gunohdir”. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Abdulloh rivoyat qiladilar: Janobi Rasululloh: “Musulmon odamning so‘kmog‘i – buzuqlik va urushmog‘i – kofirlikdir” – dedilar.

Laylo

  • Mehmon
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #26 : 23 Iyun 2007, 14:47:25 »
Iso ibn Talxa bin Ubaydulloh Amr bin Mirzo Juhaniydan naql qiladilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasulalloh,  besh vaqt namoz o‘qisam, ramazon oyida ro‘za tutsam, zakotimni ado etsam va haj ham qilsam, menga nima bo‘ladi? – deb so‘radi. Rasululloh unga: “Kim ana shu aytganlaringni qilsa, payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi, ammo ota-onasini ranjitgan bo‘lsa, u amallarning foydasi yo‘qdir”,– dedilar”.

Uch xil sifat borki, kimda-kim ularga ega bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kuni uni himoya qilib, o‘z jannatiga kirgizur: 1. Zaiflar bilan xushmomala bo‘lmoq. 2. Ota-onaga shafqatli bo‘lish. 3. Qo‘l ostidagilarga himmatli bo‘lmoq.. (Imom Termiziy rivoyatlari).

Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilindi: “Otaga muhabbatingni saqla, agar sen otaga bo‘lgan muhabbatingni yo‘qotsang, Alloh seni har turli fayzlardan mahrum qilur”.

davomi bor...

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #27 : 16 Iyul 2007, 09:02:12 »
Assalomu alaykum birodarlar! Ota-ona aziz insonlar. Ularni qancha e’zozlasak oz. Bu she’r bir onaning farzandiga qilgan tilagi sifatida yozilgan. O’qib hulosa chiqarish har birimizni o’zimizga havola.

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
ONA TILAGI

Sеnga aytay quloq solgin bolajon,
G’animatdan duo olgin balajon.
Tafakkurdir hamma aytgan so’zlarim,
Ixlos bilan quloq solgin bolajon.

Hushyor bo’lgin KETSAM yana QAYTMASman,
Shirmon kabi yuzlaringni ko’rmasman,
To’lin oydеk yuzlaringga to’ymasman
So’zlarimga quloq solgin bolajon.

Farzandlarim el qatori o'stirdim,
Ozmi-ko’pmi, baxt-iqboli kеltirdim.
Kеtar vaqtim yaqinlashdi bilingiz,
Hushyor bo’ling, g’ofil bo’lmang bolajon.

O’ylab ko’rsam g’aribgina bu boshim,
Bu kunlarni o’ylasam, oqar ko’zlardan yoshim.
Bеmor bo’lsam yo’liqmadi yo’ldoshim
G’animat bil ushbu kunim bolajon.

Oxirida og’ir botar so’zlarim,
Bilib-bilmay aytgan bo’lsam so’zlarim
Yuzlaringga javdiraydi ko’zlarim
Tеrmultirib qo’yma mеni bolajon.

Umidim shu, bo’ling dardu-darmonim,
Shirin so’zlang dilda qolmas armonim.
OTA-ONA bеsh-o’n kunlik MEHMONdir
Chin so’zim shul, quloq soling bolajon.

Farzandlaring bilan doim yashagin,
Ba'zi kunlar to’y-tomosha boshlagin.
O’sha kunda ota-onang eslagin
RUHIMIZNI YOD AYLAGIN BOLAJON!!!

O’ylab ko’rsam hеch ish kеlmas qo’limdan
Adashaman kunda yurgan yo’limdan
Hafa bo’lma yaxshi yomon so’zimdan
So’zlarimga quloq solgin bolajon

El qatori farzandlarni o’stirdim,
O’g’il-qizni joy-joyiga qo’ndirdim.
Onangizni ko’z ostiga kеltiring
Tilagim shu bizdan kеyin bolajon.

Soch oqardi, tishim tushdi qaridim
O’ylab ko’rib aqlim shoshdi azizim,
Qarillikka navbat kеldi bilmadim,
Shu kunlarda HAMROH bo’ling BOLAJON!!!

P.S. Azizlarimiz haqqiga duo qilishni unutmaylik! Ota-onalarimiz hayot bo’lishsa, ularni salomatligini Alloh taolodandan duo qilib so’raylik! Ota-onalari bu dunyoni tark etgan birodarlarimizning ota-onalarini Alloh taolo O’z rahmatiga olsin! Omin!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #29 : 08 Oktyabr 2007, 16:30:06 »

              Noyob inson
Farzandlik burchini oqlamaymiz-u,
Ota-onamizdan burch talabgormiz.
Biror kunlarida yo'qlamaymiz-u,
Bizdan bexabarlar deya abgormiz.

O'g'illar ovora xotini bilan,
Qizlar - uyim,bolam deya kuyadi.
Ota-onasining o'zidan ko'ra,
Mol-u dunyosini ko'proq suyadi.

So'nggi damlarida bizlarga emas,
Ular suyanarlar bir-birlariga.
Qisqa umrlarin qisqartirib yana,
Tezgina eltamiz qabrlariga.

Mol-dunyo to'playmiz ustimiz butun,
Yashaymiz hech vajdan kamimiz yo'qday.
Boshimiz ustida bir qora tutun,
Uchib yurganini sezmasmiz o'qday.

Yaxshi kunimizda do'st-u yor sherik,
Shodligimiz baham ko'radi birga.
G'amli kunimizda o'liklar tirik,
Ular bizlar uchun tik turar go'rda.

Uyu,joy,farzandni,hamma mansabni,
Bir zumda topamiz bu juda oson.
Lekin ota-ona degan ul zotni,
Hech qachon topmasmiz u noyob inson.(Robiya Turob qizi)
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Jamshid Ne'matov. Ota-onaga oq bo'lish

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 21678
So'nggi javob 30 Noyabr 2007, 07:53:35
muallifi AbdulAziz
Uyali aloqa vositasi faqat yaxshilik uchun xizmat qilsin!..

Muallif FoniyBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 6341
So'nggi javob 07 Iyun 2013, 17:47:14
muallifi Muxsiya
Akbarjon aka farzandlik bo'ldilar!!!

Muallif As-SamarqandiyBo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 42
Ko'rilgan: 16104
So'nggi javob 26 Noyabr 2011, 16:36:10
muallifi Abdulhafiz
Normurod Narzullayev. Yaxshilik deb yashayman

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1302
So'nggi javob 23 May 2012, 07:50:26
muallifi AbdulAziz