Muallif Mavzu: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi  ( 85738 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #45 : 16 Aprel 2009, 10:56:14 »
Assalamu alaykum!

Biyru bor Parvardigorimiz Qur'oni Karimning Isro surasining 23-oyatida marhamat qiladi:
"Robbingiz faqat o'zigagina ibodat qilishimgizga va ota-onaga yaxshilik qilishga va ezgu amallarga buyuradi"
deb marhamat qiladi. Bining muqobilida Yagona xoliqqa shirk keltirish va u ikki muhtaram zotga oq bo'lish turadi. Bu haqida bazi hukamolar oq deyish deganda, ota-onaga behurmatlarcha tik boqish deyishsa, yana bazilari farzandning gapi qattiq botib ot-ona ko'zidan qatra yosh chiqishid deb aytishgan.



[вложение удалено Администратором]
qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #46 : 16 Aprel 2009, 11:13:46 »
Bazi farzandlar bor ota-onasi tirikoigida xam ular olamdan o'tib ketganlaridan keyin ham ularga birday yaxshilik qiladilar. Ular hayotligida hamma hamma yaxshi narsalar, shirin taomlar, chiroyli kiyimlar, shirin so'zlar hammasi ular uchun bo'ladi.HAttoki o'zi hafa bo'lsayam , buni ota-onasiga qattiq botishini bilib ularga buni aslo bildirmaydi, ularni dilini og'ritmaydi. A yniqsa, yangi kelinlar, uylaridagi arzimas janjallarni, mayda gap so'zlarni uyga tashishmaydi.
Bir kuni shunday ota-onasini g'oyat hurmat qiladigan bir kelinga eri jahl ustida bilmay qo'l ko'tarib qo'yadi. Kelik yig'laganicha uyiga, ichkariga kirib ketadi. Shu payt eshik qo'ng'irog'i chalinadi, eri chiqib ochib ne ko'z bilan ko'rsinki, hotining ota-onasi va akasi ikki qo'li sovg'alar bilan to'la holda turishar edi. Ular ichkarida bo'lib o'tgan voqeadan behabar, yaxshi kayfiyat bilan ichkariga kirishadi. Qiz esa ular istiqboliga chiqadi. Qizining ko'zlari qizarganini ko'rgan ona xech istihola qilmay undan:
-Nima yig'ladingmi -deb so'raydi.
Shunda aqlli qiz:
-Sizlarni sog'inib o'tirgandim, Hudoyimning o'zi sizlarni yetkazdi, - deb qoladi.
-Ana o'g'limga aytsang olib boradilar, shundaymi?
Qizninh ko'zlariddek yuzlari qizarib o'tirgan kuyov:
-Albatta, - deydi.
-Yo'q, biz o'zimiz kelamiz, deb gapga aralashadi ota.
Ziyofat oxirlab, qaynota kuyoviga katta miqdorda pul tutkazib:
-Kamlaringga ishlatarsizlar,-deydi.
Oqila qizning aqlli tadbiri bilan katta-katta janjallarning oldi olinadi.
qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 285
  • -oldi: 372
  • Xabarlar: 309
  • Jins: Erkak
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #47 : 16 Aprel 2009, 14:06:58 »
Assalamu alaykum!

Biyru bor Parvardigorimiz Qur'oni Karimning Isro surasining 23-oyatida marhamat qiladi:
"Robbingiz faqat o'zigagina ibodat qilishimgizga va ota-onaga yaxshilik qilishga va ezgu amallarga buyuradi"
deb marhamat qiladi. Bining muqobilida Yagona xoliqqa shirk keltirish va u ikki muhtaram zotga oq bo'lish turadi. Bu haqida bazi hukamolar oq deyish deganda, ota-onaga behurmatlarcha tik boqish deyishsa, yana bazilari farzandning gapi qattiq botib ot-ona ko'zidan qatra yosh chiqishid deb aytishgan.



Jumlada O'ziga ibodat qilishning va ota-onaga yaxshilik qilishning teng bog'lovchi bilan bog'lanishining hikmati buyukligiga shubham yo'q.
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Muhammadali

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 80
  • -oldi: 78
  • Xabarlar: 92
  • Jins: Erkak
  • Har bir tirik jon Allohni zikr qiladi
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #48 : 01 Iyun 2009, 02:19:57 »
 :as:
Onajonim

Assalomu alaykum Birodaralar,

Youtube da ona haqida qoshiqlarni eshtib otirar ekanman Tohir Mahkamovni Manalogi yuragimga qattig botdi shuni sizlarga ham ilindim. Yaniki shu kunlarda dunyoni ishlari bilan bolib ONAJONLARIMIZI unutib qoymalik.

Tohir Mahkamov:

Siz bu qo’shiqni eshitgansiz. Lekin bu safar bu qoshiq Shahriniso onamizga bag’shlab aytilyapdi. Ilohim joylari jannatda, ruhlari shod, ohiratlari obod bolsin. Bu yolgonchi dunyoda insonni bor yo’g’i ikki dona chin do’sti bolar ekan. Bittasi Alloh, ikkinchisi o’sha sizu bizni yorug’ dunyoga keltirgan zotlar aziz onalarimiz. Alloh sizu bizni ruhimizga parvona boladi. Onalarimizchi? Onalarimiz hali tug’ilmasimizdan to o’zlari qabrga ketgunlaricha boshimizda parvonalar. Ilohim o’tganlarini Allohim oz rahmatiga olgan bo’lsin, borlarini umirlarini ziyoda qilsin. Yahshi kunlarda qollarini duoga ochib turganliklarini korish sizu bizga kop yillar nasib etsin. Oqibat degan gap bor bu dunyoda. Lekin oqibat bilan oqibatniyam farqi bolar ekan. Ona farzandiga be minnat oqibat qilar ekan. Farzandim mendan keyin qolsin, unib o’ssin! deb oqibat qilar ekan. Lekin farzandning oqibati, omonat oqibat bolar ekan. Minnatli oqibat bo’lar ekan. Bugun bor ertaga koramanmi yoqmi? Ke endi ikki og’iz gapimni ayamay deb oqibat qilar ekanmiz. Bugun kelib ertaga ketguvchi mehmonga qiganday oqibat qilar ekanmiz. Agar sozlarimdan dilingiz ranjigan bo’lsa, shu sozlarni isbotini qabristonga borib koring. Hattoki osha qabr toshigayam jim jimador qilib, minnat bilan yozib qoyilgan Aziz farzandlaringizdan esdalik!!!  Qarang hattoki, shu qabr toshiniyam minnat bilan qoyar ekanmiz. Uni biz qoydik deb qoyar ekanmiz. Aziz farzandlaringizdan esdalik!!! Dunyoni yolgonligini, dunyoni omonatligini, dunyoni bor yo’gi besh kunlikligini isbotlab ketgan insonga siz bilan meni esdaligimni nima keragi bor!!!  Aziz farzandlaringizdan esdalik!!!
  Gohida shu chin dostimiziyam qadriga yetamiz, gohida yoq. Gohida yarim tunda uyimizga kelamiz. Darvozani astagina ochib, hech kimga bildirmay kirib ketaman deb oylaymiz. Lekin bizni kelishimizni kutib otirgan onayi zor, keganimizni qadam tovushlarimizdan emas, yuraklari bilan sezadilar. Bir og’izgina bor yo’g’i bir og’izgina so’z aytadilar. Bolam keldingmi? Gohida manashu bir ogiz soz ham bizga ogir botib ketadi. Ha onajon keldim. Yosh bolamasmanku, uhlorsez bomedimi? diymiz. Ey azizlar osha onayi zor mangu uhlab qoganlaridan keyin, o’sha ona yotgan g’aribgina kulbani, g’aribgina derazasini tagidan ming marta u yoqqa o’ting, ming marta qaytib bu yoqqa o’ting, tongda o’ting, tunda o’ting qayta osha nido eshtilmas ekan. BOLAM KELDINGMI? Hovlimizni toldirib to’ylar qilamiz, kazoo kazolarni chaqiramiz, oldiga borimizi ayamay tokib sochamiz, lekin ikkala kozimiz, ikkala qulogimiz, qalbimiz, vujudimiz, borligimiz osha derazaga tikilgan boladi. O’sha tanish chehra korinarmikan, osha nido qayta eshtilarmikan? BOLAM KELDINGMI? Taqdirni taqazosi bilan yillar o’tib, yana o’sha darvoza oldiga yarim tunda kelamiz. Berk Darvoza oldida tohtab qolamiz. Sababi oddiygina osha, topganimizi qo’sh qo’llab tutqazganimiz farzandlarimiz ham, jonimizdan ortiq suyganimiz suyukli yorlarimiz ham ONAYI zorlarimizchalik bizi yarim tunga qadar, tonga qadar kutib otirishga toqatlari yetmay uhlab qolar ekan. Ana o’shanda qalbimiz uyg’onib qoladi. Ana o’shanda vijdonimiz uyg’onib qoladi. Ana o’shanda qollari qadoq, mehribonimizni so’ginib, soginib ketamiz.

Kozimda yosh yelkamda tobut,
Zirqiraydi tanam uzra jon,
Ona uzoq kuttirmayman kut,
Mahshargacha hayr Onajon!!!

Azobimga yelkangni tutding,
Dardlaringa topmadim imkon,
Meni o’ylab o’zni unutding,
Mahshargacha hayr Onajon!!!

Sen yo’q harob boldi osmonim,
Ko’ngil vayron, Yuragim vayron,
Ko’ksimdagi buyuk armonim,
Mahshargacha hayr Onajon!!!

Dardlarim dilim kuydirar,
Ulfatim ko’nglim to’ldirar,
G’animim kunda o’ldirar,
Onajonim kelmadingiz!

To’y qildim dushmanim keldi,
Suymagan suyganim keldi,
Sog’inib yig’lagim keldi,
Onajonim kelmadingiz!

Topolmadim sizdek sirdosh,
Dunyo ekan ko’p bagri tosh,
Diydor talab kozimda yosh,
Onajonim kelmadingiz!

Ruhsorlari qoyim Onam,
Armonlarga boyim Onam,
Sog’ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz!

Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon.
Sog’indimku bugun yomon,
Onajonim kelmadingiz!

Qabringizga boshin qoyib,
Tohir yig’lar bag’rin o’yib,
Bir erkalang desam suyib,
Onajonim kelmadingiz!

Shu so’zlari bilan oz sozlarini yakunlaydi Tohir Mahkamov.
Birodarlar Onalarimiz muqaddasdir. ularni avaylaylik. Agar ilimsizlik qilib nojoya post qoldirgan bo’lsam uzur sorayman.
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar-da, bas, (to�g�ri yo�lni) ko�ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat).
Gazzoliy Hazratlari yuqoridagi oyatni sharhini shunday izohlaydi: Alloh taolo qalbning jilosi va ochiqligi zikr bilan hosil bo�lishini va yana bunga faqat taqvodorlargina erishishini aytdi. Taqvo zikr eshigidir, zikr kashf eshigidir, kashf esa katta zafar eshigidir va u Alloh taologa yo�liqish bilan bo�ladigan zafardir.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #49 : 15 Iyul 2009, 20:16:09 »
Kitoblarda bayon qilinishicha, ota-onaning farzandga nisbatan saksonta haqi bor. Ularning qirqtasi tiriklik vaqtida va qolgan qirqtasi o‘lgandan keyin amalga oshiriladi. Tiriklik chog‘idagi qirqta haqning o‘ntasi tanga, o‘ntasi tilga, o‘ntasi dilga va o‘ntasi molga taaluqlidir.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #50 : 15 Iyul 2009, 20:16:38 »
Tanga taaluqli bo‘lgan o‘nta haq ota-onaga sidqidildan xizmat qilishdir. Bu shundayki, ota-onaga hamma vaqt hurmat ko‘zi bilan qaraladi, qilma deb buyurgan ishlari qilinmaydi, ularning maslahati va roziligisiz hech bir ishga qo‘l urilmaydi, yana ular sen o‘tirgan joyda hozir bo‘lsalar, sen darhol o‘rningdan turib kutib olasan, ular o‘tirgan bo‘lishsa, sen oyoqda tik turasan, ular ruxsat qilishgandagina o‘tirasan. Ular o‘tiradigan o‘ringa sen o‘tirma. Yo‘lda birga ketayotganda ularning oldilariga o‘tib olma. Tuproqli, loyli, suvli yoki umuman xavfli joy kelgandagina oldinga o‘tib olishing mumkin. Ularning oldida ochiq chehra bilan o‘tir. Qovog‘ingni solma, xo‘mrayib qarama, chaqirganlarida esa yugurib bor.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #51 : 15 Iyul 2009, 20:16:54 »
Dilga taaluqli o‘n narsa shundan iboratki, birinchi – ularga rahm-shafqat bilan qara. Ikkinchi – ularga doimo qo‘lingdan kelgancha yaxshilik qil. Uchinchisi sening shodliging ularning xursandchiligi bilan bo‘lsin. To‘rtinchisi ular g‘am tortsalar sen ham qayg‘ur va ularning dardiga malham bo‘lish yo‘lini qidir. Beshinchi – ular ortiqcha gapirsalar ham o‘zingga malol olma. Oltinchi – ular tanbeh bersalar, xafa bo‘lish o‘rniga xursand bo‘l. Yettinchi – ularga qanchalik yaxshilik ko‘rsatmagin va haqlarini ado qilmagin, dillari zarracha ozor topishini o‘zing uchun or, deb bil. Sakkizinchi – qanday niyatlari bo‘lsa, o‘sha niyatlariga yetishlari uchun harakat qil. To‘qqizinchi – ular qanchalik uzoq umr ko‘rsalar, shunchalik quvon. O‘ninchi – qanchalik dardli bo‘lsa, shunchalik ko‘nglini olishga urin.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #52 : 15 Iyul 2009, 20:17:08 »
Tilga taaluqli bo‘lgan o‘ntasi shundan iboratki, birinchi – ularga muloyim muomala qil va doimo tavoze’da bo‘l. Ikkinchi – ularga baland ovoz bilan gapirma. Uchinchi – ularga ko‘p gapirma va qo‘pollik qilma. To‘rtinchi – otlarini aytib chaqirma. Beshinchi – gapirayotganlarida so‘zlarini bo‘lma. Oltinchi – aytganlarini rad qilma. Yettinchi – falon ishni qil, deb aytsalar sen yo‘q, deb javob qilma. Sakkizinchi – ular qichqirib gapirsalar ham, sen past ovozda gapir. To‘qqizinchi – gaplariga oh-uh deb xitob qilma…
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #53 : 15 Iyul 2009, 20:18:13 »
Molga taaluqli bo‘lgan o‘nta narsa quyidagilardan iborat: birinchi – o‘zingga kiyim-kechak qilishdan avval ota-onangga qilib ber. Ikkinchi – ularga o‘zing yeydigan taomlardan shirinroq taom qilib ber. Uchinchi – bir dasturxondan ovqatlanayotganingda yemishlarning yaxshisini ularning oldiga surib qo‘y. Hikoya qilishlaricha, Xannon ibn Atiya o‘z onasi bilan bir dasturxondan ovqat yeyishga qo‘rqib turar ekan. U doimo: “Onamning ko‘zi tushgan va endi yemoqchi bo‘lib turgan mevasini bilmasdan yeb qo‘ysam, onamning ko‘ngliga biror gap kelsa, men gunohkor bo‘lib qolsam, unda holim nima kechadi, men shundan qo‘rqaman” der ekan. To‘rtinchi – qanday narsani sotib olish istaklari bo‘lsa, o‘sha narsani sotib olib ber, chunki sen yosh bo‘lgan paytingda nimani xohlasang, ular o‘sha ne’matni sotib olib berishgan. Beshinchi – imoratlarini yaxshila va uni jihozlab ber. Oltinchi – so‘ramasalar ham pul ber, chunki ular buni oshkora ayta olmasliklari mumkin. Yettinchi – ularga: “topgan-tutgan narsalarni sizlar uchun, nimaniki xohlasalaringiz bemalol olaveringlar, hammasini o‘zingiznikidek ko‘ringlar”, degan so‘zlar bilan oradagi uyalish va tortinishni yo‘qot. Sakkizinchi – agar ulardan uzoqroq yerda turilsa, goh-goh mehmonga taklif qilib, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish kerak. To‘qqizinchi – ota-onangning do‘stlarini ham hurmat qil, bu ishing bilan sening ota-onang o‘z do‘stlari oldida yuzlari yorug’ bo‘ladi…
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #54 : 15 Iyul 2009, 20:18:51 »
Ota-ona o‘lgandan keyin qilinishi kerak bo‘lgan qirqta haq-huquqlarga quyidagilar kiradi: birinchi – mayitni zudlik bilan dafn etish choralarini ko‘r, chunki o‘likning izzati uni tezda dafn etishdir. Ko‘mishdan avval jasadni yuvishni va kafanlashni unutma. O‘zing dodu fig‘on qilib yig‘lama va o‘zgalarning ham shunday qilishlariga yo‘l qo‘yma.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #55 : 15 Iyul 2009, 20:19:28 »
Ota-ona dafn etilgandan keyin, ularning ziyoratlariga tez-tez chiqib tur. Agar haftada bir marta ziyoratga chiqishni odat qilib olsang, ulug’ kishilar yo‘lini tutgan bo‘lasan. Boshqalarning o‘lgan ota-onalarini yomon so‘zlar bilan yodga olmaginki, ular ham sening ota-onangni shunday yodga olmasinlar. Hikmat kitoblarida aytilishicha, kimki o‘z ota-onasini o‘lgandan so‘ng yomon so‘zlar bilan yodga olsa, u mal’un kishidir.

Ota-ona vafot etgandan so‘ng yoru do‘stlarini uyingga taklif etib, ular bilan birga ota-onang xotirasini yod et, ota-onang yaxshi ko‘rgan ovqatlardan tayyorlab, uning birodarlariga nisor ayla!

Muhammad ibn Muhammad al-Jomiy
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #56 : 15 Iyul 2009, 20:23:08 »
Aziz birodarlar. Unutmang Ota-ona har birimiz uchun eng qadirli insonlar. Hech kim yonizda bo'lmasa ham ota-ona hamisha siz bilan bo'ladi. Ularni triklik chog'ida qadrlang va qadriga eting. Ota-ona o'rnini bu dunyoda hech bir inson bosolmaydi.

Unutmang JANNAT onalar oyog'i ostidadir.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #57 : 07 Sentyabr 2009, 22:05:18 »
MOZORIM TEPASIDA QUR’ON O’QI, BOLAM

(Alloma Helliyning farzandiga qilgan vasiyatidan olimgan)


Bismillohir rohmanir rohim

Aziz farzandim. Allohi Taolo seni o’z toatiga bo’yinsuyushingga yordam bersin, O’zi rozi boladigan ishlariga seni muvaffaq qilsin. Umring uzun va barakotli bo’lsin. Bilib qo’yki, men o’zimning bu “Qavoidul ahkom” kitobimda ahkomlarni sodda til bilan tushunarli qilib yozishga harakat qildim. Kitobni yozib tugatganmda men ellikdan oshib oltmish yoshni qarshillashga yuzlandim. Hazrat rasululloh (saov) aytganlaridek: Bu yoshda o’lim odamga hamla qila boshlaydi, men ham agar bu yoshda shu hujumga uchrab, umrim tugashi mumkin. Shuni hisobga olib, senga quyidagi ishlarni vasiyat qilaman:

- Allohdan taqvoda bo’l. taqvogina odamning joniga oro kiradi.

- Allohning farmonlariga itoat qil. Buyurganini bajar, qaytargan narsalaridan esa o’zingni tiygin. Nodon odamlar bilan birga o’tirishdan saqlan, chunki ulardan also naf tegmaydi. Olimlar va ahli fazilat odamlar bilan yaqin aloqada bo’lishga harakat qil, chunki ularga yaqin bo’lsang, bilmaganlaringni o’rganasan, ertangi kun ing bugungisidan yaxshiroq bo’ladi.

« So'nggi tahrir: 07 Sentyabr 2009, 22:06:54 muallifi Akbar »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #58 : 07 Sentyabr 2009, 22:07:18 »
- O’z umringni ham ilmi jihatdan va ham mahorat jihatidan kamolotga yetish yo’lida sarflagin.

- Umringning har lahzasini diniy birodarlaringga yaxshilik qilish bilan o’tkaz. Senga birortasi yomonlik qilgan bo’lsa, yaxshilik bilan qaytar. Yaxshilik qilganlarni hech vaqt yoddan chiqarma.

- Doimo sabrli bo’l, hamisha Allohga tavakkal qil. Kechqurunlari har doim o’zingni hisob-kitob qil va istigfor so’ra.

- Mazlumning ayniqsa yetim va bevalarning duoi badlaridan qo’rqqin. Chunki Xudovand ko’ngli yarim odamning qalbini ranjitganlarni kechirmaydi.

- Silai rahim ya’ni qarindosh-uruglar bilan bordi-keldi qilish esingdan chiqmasin.

- Paygambarimiz avlodlarining hurmatlarini saqlagin, zero ularni ezozlash- islom diniga kirganliging shukridir. Qur’onda aytilishicha:

قل لا اسئلكم علیه اجرا الا الموده فى القربى

Ey, Muhammad,) ayting: "Men sizlardan bu (da'vatim) uchun haq so'ramayman, faqat yaqinlarimga nisbatan muhabbatli bo’lishingizni so’rayman, xolos".(Sho’ro surasi, 23-oyat).

- Kecha namozlarini o’qishni tark qilma, zero rasululloh (saov) bunday deb marhamat qilgan edilar:

- «من ختم له بقیام اللیل ثم مات فله الجنه»؛

Ya’ni “Kecha namozlarini o’qiydiganlar vafot etgach jannat ularning nasibasi bo’lgay”. Boshqa bir hadisda esa bunday degan edilar: Qiyomat kuni besh xil odamni, garchi gunohlari ko’p bo’lsa-da, shafoat qilaman. Bular: Avlodimga tarafdorlar, boy bo’lmasa-da, avlodimga yordam beruvchilar, qalbi va tili bilab avlodimga muhabbatini izhor qiluvchilar, farzandlarimga yordam beraman deb, yurtidan haydalgan yoki hijrat qilgan odamlar. Imom Sodiq (a.s) dan bunday deb naql qilinadi:

Qiyomat kunida “Jim bo’linglinglar, rasululloh suhbat qiladilar” degan nido keladi. Hamma jim bo’lib qoladi, paygambarimiz o’z ahli baytlari bilan u yarga keladilar, so’ng bunday deydilar:

Qaysi biringiz menga yaxshilik va ehson qilgan bo’lsangiz, mening oldimga kelsin.

Shunda xaloyiq hayron bo’lib bunday deyishadi: Ota-onamiz sizga fido bo’lsin, ya rasululloh. Qanaqa yaxshilik, hamma yaxshilikni siz bizga qilgansiz-ku?shunda paygambarimiz: Mening farzandlarimdan birortasiga yaxshilik qilgan, ya’ni yordam bergan odam bo’lsa aytsin-deydilar. Ba’zi odamlar o’rnilaridan turib kelishadi. Shunda Allohdan nido keladi: Yo Muhammad, ularga o’zing istagan ajrni ber. Paygambarimiz usha odamlarni bir eshikdan jannatga kirishga taklif qiladilar. Usha jannat o’zlari va oilalari joylashgan yerda bo’lib,

oralarida hech qanday parda bo’lmaydi.

وسائل الشیعه، باب 17 از ابواب فعل المعروف، ح 3

- Ulamo va faqihlarning hurmatini saqla, zero rasululloh aytgan edilarki:

«من اكرم فقیها مسلما لقى الله یوم القیامه و هو عنه راض و من اهان فقیها مسلما لقى الله یوم القیامه و هو علیه غضبان»؛

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
« Javob #59 : 07 Sentyabr 2009, 22:08:48 »
Ulamolarga ehtirom ko’rsatgan odam Qiyomat kunida Allohning roziligiga uchragan holda Parvardigori bilan muloqot qiladi. Ammo din olimiga hurmatsizlik ko’rsatgan odam esa, Allohning g’azabiga uchragan holda muloqot qiladi. Shuningdek ollimning yuziga boqishning o’zi ham ibodat hisoblanadi.

- Diniy ilmingni oshirgin, zero diniy ilm sohiblari paygambarimiz merosxo’rlaridirlar.

- Egallagan ilmingni odamlardan darig’ tutmagin va ularni boshqalarga o’rgatgin.

- Bolam, ba’zida mening haqqimga ham duo qilib turgin.

- Gohida qilgan yaxshi amallaringning savobini menga ham bagishlab turgin.

- Meni yoddan chiqarmaginki, vafo ahli seni ko’rib bevafo hisoblamasinlar. Shuningdek haddan oshirib yubormaginki, oily himmat egalari seni notavon hisoblamasinlar. Yolg’izligingda va namozlaringdan keyin meni eslab tur.

- Mening bo’ynimdagi ahdlarimni ado etgin.

- Qodir bo’lganingcha, qabrimni ziyorat qilib tur va Qur’on o’qib tur.

- Yozyotgan kitoblarimni tugatmay turib dunyoni tark etadigan bo’lsam, oxiriga yetkazib qo’y, agar xato va kamchiliklari bo’lsa isloh qilib qo’y.

Vassalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Jamshid Ne'matov. Ota-onaga oq bo'lish

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 21678
So'nggi javob 30 Noyabr 2007, 07:53:35
muallifi AbdulAziz
Uyali aloqa vositasi faqat yaxshilik uchun xizmat qilsin!..

Muallif FoniyBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 6341
So'nggi javob 07 Iyun 2013, 17:47:14
muallifi Muxsiya
Akbarjon aka farzandlik bo'ldilar!!!

Muallif As-SamarqandiyBo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 42
Ko'rilgan: 16104
So'nggi javob 26 Noyabr 2011, 16:36:10
muallifi Abdulhafiz
Normurod Narzullayev. Yaxshilik deb yashayman

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1302
So'nggi javob 23 May 2012, 07:50:26
muallifi AbdulAziz