Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi  ( 189517 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Muhammad Amin  15 Iyul 2009, 20:16:38

Tanga taaluqli bo‘lgan o‘nta haq ota-onaga sidqidildan xizmat qilishdir. Bu shundayki, ota-onaga hamma vaqt hurmat ko‘zi bilan qaraladi, qilma deb buyurgan ishlari qilinmaydi, ularning maslahati va roziligisiz hech bir ishga qo‘l urilmaydi, yana ular sen o‘tirgan joyda hozir bo‘lsalar, sen darhol o‘rningdan turib kutib olasan, ular o‘tirgan bo‘lishsa, sen oyoqda tik turasan, ular ruxsat qilishgandagina o‘tirasan. Ular o‘tiradigan o‘ringa sen o‘tirma. Yo‘lda birga ketayotganda ularning oldilariga o‘tib olma. Tuproqli, loyli, suvli yoki umuman xavfli joy kelgandagina oldinga o‘tib olishing mumkin. Ularning oldida ochiq chehra bilan o‘tir. Qovog‘ingni solma, xo‘mrayib qarama, chaqirganlarida esa yugurib bor.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Iyul 2009, 20:16:54

Dilga taaluqli o‘n narsa shundan iboratki, birinchi — ularga rahm-shafqat bilan qara. Ikkinchi — ularga doimo qo‘lingdan kelgancha yaxshilik qil. Uchinchisi sening shodliging ularning xursandchiligi bilan bo‘lsin. To‘rtinchisi ular g‘am tortsalar sen ham qayg‘ur va ularning dardiga malham bo‘lish yo‘lini qidir. Beshinchi — ular ortiqcha gapirsalar ham o‘zingga malol olma. Oltinchi — ular tanbeh bersalar, xafa bo‘lish o‘rniga xursand bo‘l. Yettinchi — ularga qanchalik yaxshilik ko‘rsatmagin va haqlarini ado qilmagin, dillari zarracha ozor topishini o‘zing uchun or, deb bil. Sakkizinchi — qanday niyatlari bo‘lsa, o‘sha niyatlariga yetishlari uchun harakat qil. To‘qqizinchi — ular qanchalik uzoq umr ko‘rsalar, shunchalik quvon. O‘ninchi — qanchalik dardli bo‘lsa, shunchalik ko‘nglini olishga urin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Iyul 2009, 20:17:08

Tilga taaluqli bo‘lgan o‘ntasi shundan iboratki, birinchi — ularga muloyim muomala qil va doimo tavoze’da bo‘l. Ikkinchi — ularga baland ovoz bilan gapirma. Uchinchi — ularga ko‘p gapirma va qo‘pollik qilma. To‘rtinchi — otlarini aytib chaqirma. Beshinchi — gapirayotganlarida so‘zlarini bo‘lma. Oltinchi — aytganlarini rad qilma. Yettinchi — falon ishni qil, deb aytsalar sen yo‘q, deb javob qilma. Sakkizinchi — ular qichqirib gapirsalar ham, sen past ovozda gapir. To‘qqizinchi — gaplariga oh-uh deb xitob qilma"¦

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Iyul 2009, 20:18:13

Molga taaluqli bo‘lgan o‘nta narsa quyidagilardan iborat: birinchi — o‘zingga kiyim-kechak qilishdan avval ota-onangga qilib ber. Ikkinchi — ularga o‘zing yeydigan taomlardan shirinroq taom qilib ber. Uchinchi — bir dasturxondan ovqatlanayotganingda yemishlarning yaxshisini ularning oldiga surib qo‘y. Hikoya qilishlaricha, Xannon ibn Atiya o‘z onasi bilan bir dasturxondan ovqat yeyishga qo‘rqib turar ekan. U doimo: "œOnamning ko‘zi tushgan va endi yemoqchi bo‘lib turgan mevasini bilmasdan yeb qo‘ysam, onamning ko‘ngliga biror gap kelsa, men gunohkor bo‘lib qolsam, unda holim nima kechadi, men shundan qo‘rqaman" der ekan. To‘rtinchi — qanday narsani sotib olish istaklari bo‘lsa, o‘sha narsani sotib olib ber, chunki sen yosh bo‘lgan paytingda nimani xohlasang, ular o‘sha ne’matni sotib olib berishgan. Beshinchi — imoratlarini yaxshila va uni jihozlab ber. Oltinchi — so‘ramasalar ham pul ber, chunki ular buni oshkora ayta olmasliklari mumkin. Yettinchi — ularga: "œtopgan-tutgan narsalarni sizlar uchun, nimaniki xohlasalaringiz bemalol olaveringlar, hammasini o‘zingiznikidek ko‘ringlar", degan so‘zlar bilan oradagi uyalish va tortinishni yo‘qot. Sakkizinchi — agar ulardan uzoqroq yerda turilsa, goh-goh mehmonga taklif qilib, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish kerak. To‘qqizinchi — ota-onangning do‘stlarini ham hurmat qil, bu ishing bilan sening ota-onang o‘z do‘stlari oldida yuzlari yorug’ bo‘ladi"¦

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Iyul 2009, 20:18:51

Ota-ona o‘lgandan keyin qilinishi kerak bo‘lgan qirqta haq-huquqlarga quyidagilar kiradi: birinchi — mayitni zudlik bilan dafn etish choralarini ko‘r, chunki o‘likning izzati uni tezda dafn etishdir. Ko‘mishdan avval jasadni yuvishni va kafanlashni unutma. O‘zing dodu fig‘on qilib yig‘lama va o‘zgalarning ham shunday qilishlariga yo‘l qo‘yma.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Iyul 2009, 20:19:28

Ota-ona dafn etilgandan keyin, ularning ziyoratlariga tez-tez chiqib tur. Agar haftada bir marta ziyoratga chiqishni odat qilib olsang, ulug’ kishilar yo‘lini tutgan bo‘lasan. Boshqalarning o‘lgan ota-onalarini yomon so‘zlar bilan yodga olmaginki, ular ham sening ota-onangni shunday yodga olmasinlar. Hikmat kitoblarida aytilishicha, kimki o‘z ota-onasini o‘lgandan so‘ng yomon so‘zlar bilan yodga olsa, u mal’un kishidir.

Ota-ona vafot etgandan so‘ng yoru do‘stlarini uyingga taklif etib, ular bilan birga ota-onang xotirasini yod et, ota-onang yaxshi ko‘rgan ovqatlardan tayyorlab, uning birodarlariga nisor ayla!

Muhammad ibn Muhammad al-Jomiy

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Iyul 2009, 20:23:08

Aziz birodarlar. Unutmang Ota-ona har birimiz uchun eng qadirli insonlar. Hech kim yonizda bo'lmasa ham ota-ona hamisha siz bilan bo'ladi. Ularni triklik chog'ida qadrlang va qadriga eting. Ota-ona o'rnini bu dunyoda hech bir inson bosolmaydi.

Unutmang JANNAT onalar oyog'i ostidadir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Sentyabr 2009, 22:05:18

MOZORIM TEPASIDA QUR’ON O’QI, BOLAM

(Alloma Helliyning farzandiga qilgan vasiyatidan olimgan)


Bismillohir rohmanir rohim

Aziz farzandim. Allohi Taolo seni o’z toatiga bo’yinsuyushingga yordam bersin, O’zi rozi boladigan ishlariga seni muvaffaq qilsin. Umring uzun va barakotli bo’lsin. Bilib qo’yki, men o’zimning bu “Qavoidul ahkom” kitobimda ahkomlarni sodda til bilan tushunarli qilib yozishga harakat qildim. Kitobni yozib tugatganmda men ellikdan oshib oltmish yoshni qarshillashga yuzlandim. Hazrat rasululloh (saov) aytganlaridek: Bu yoshda o’lim odamga hamla qila boshlaydi, men ham agar bu yoshda shu hujumga uchrab, umrim tugashi mumkin. Shuni hisobga olib, senga quyidagi ishlarni vasiyat qilaman:

- Allohdan taqvoda bo’l. taqvogina odamning joniga oro kiradi.

- Allohning farmonlariga itoat qil. Buyurganini bajar, qaytargan narsalaridan esa o’zingni tiygin. Nodon odamlar bilan birga o’tirishdan saqlan, chunki ulardan also naf tegmaydi. Olimlar va ahli fazilat odamlar bilan yaqin aloqada bo’lishga harakat qil, chunki ularga yaqin bo’lsang, bilmaganlaringni o’rganasan, ertangi kun ing bugungisidan yaxshiroq bo’ladi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Sentyabr 2009, 22:07:18

- O’z umringni ham ilmi jihatdan va ham mahorat jihatidan kamolotga yetish yo’lida sarflagin.

- Umringning har lahzasini diniy birodarlaringga yaxshilik qilish bilan o’tkaz. Senga birortasi yomonlik qilgan bo’lsa, yaxshilik bilan qaytar. Yaxshilik qilganlarni hech vaqt yoddan chiqarma.

- Doimo sabrli bo’l, hamisha Allohga tavakkal qil. Kechqurunlari har doim o’zingni hisob-kitob qil va istigfor so’ra.

- Mazlumning ayniqsa yetim va bevalarning duoi badlaridan qo’rqqin. Chunki Xudovand ko’ngli yarim odamning qalbini ranjitganlarni kechirmaydi.

- Silai rahim ya’ni qarindosh-uruglar bilan bordi-keldi qilish esingdan chiqmasin.

- Paygambarimiz avlodlarining hurmatlarini saqlagin, zero ularni ezozlash- islom diniga kirganliging shukridir. Qur’onda aytilishicha:

قل لا اسئلكم علیه اجرا الا الموده فى القربى

Ey, Muhammad,) ayting: "Men sizlardan bu (da'vatim) uchun haq so'ramayman, faqat yaqinlarimga nisbatan muhabbatli bo’lishingizni so’rayman, xolos".(Sho’ro surasi, 23-oyat).

- Kecha namozlarini o’qishni tark qilma, zero rasululloh (saov) bunday deb marhamat qilgan edilar:

- «من ختم له بقیام اللیل ثم مات فله الجنه»؛

Ya’ni “Kecha namozlarini o’qiydiganlar vafot etgach jannat ularning nasibasi bo’lgay”. Boshqa bir hadisda esa bunday degan edilar: Qiyomat kuni besh xil odamni, garchi gunohlari ko’p bo’lsa-da, shafoat qilaman. Bular: Avlodimga tarafdorlar, boy bo’lmasa-da, avlodimga yordam beruvchilar, qalbi va tili bilab avlodimga muhabbatini izhor qiluvchilar, farzandlarimga yordam beraman deb, yurtidan haydalgan yoki hijrat qilgan odamlar. Imom Sodiq (a.s) dan bunday deb naql qilinadi:

Qiyomat kunida “Jim bo’linglinglar, rasululloh suhbat qiladilar” degan nido keladi. Hamma jim bo’lib qoladi, paygambarimiz o’z ahli baytlari bilan u yarga keladilar, so’ng bunday deydilar:

Qaysi biringiz menga yaxshilik va ehson qilgan bo’lsangiz, mening oldimga kelsin.

Shunda xaloyiq hayron bo’lib bunday deyishadi: Ota-onamiz sizga fido bo’lsin, ya rasululloh. Qanaqa yaxshilik, hamma yaxshilikni siz bizga qilgansiz-ku?shunda paygambarimiz: Mening farzandlarimdan birortasiga yaxshilik qilgan, ya’ni yordam bergan odam bo’lsa aytsin-deydilar. Ba’zi odamlar o’rnilaridan turib kelishadi. Shunda Allohdan nido keladi: Yo Muhammad, ularga o’zing istagan ajrni ber. Paygambarimiz usha odamlarni bir eshikdan jannatga kirishga taklif qiladilar. Usha jannat o’zlari va oilalari joylashgan yerda bo’lib,

oralarida hech qanday parda bo’lmaydi.

وسائل الشیعه، باب 17 از ابواب فعل المعروف، ح 3

- Ulamo va faqihlarning hurmatini saqla, zero rasululloh aytgan edilarki:

«من اكرم فقیها مسلما لقى الله یوم القیامه و هو عنه راض و من اهان فقیها مسلما لقى الله یوم القیامه و هو علیه غضبان»؛


Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Sentyabr 2009, 22:08:48

Ulamolarga ehtirom ko’rsatgan odam Qiyomat kunida Allohning roziligiga uchragan holda Parvardigori bilan muloqot qiladi. Ammo din olimiga hurmatsizlik ko’rsatgan odam esa, Allohning g’azabiga uchragan holda muloqot qiladi. Shuningdek ollimning yuziga boqishning o’zi ham ibodat hisoblanadi.

- Diniy ilmingni oshirgin, zero diniy ilm sohiblari paygambarimiz merosxo’rlaridirlar.

- Egallagan ilmingni odamlardan darig’ tutmagin va ularni boshqalarga o’rgatgin.

- Bolam, ba’zida mening haqqimga ham duo qilib turgin.

- Gohida qilgan yaxshi amallaringning savobini menga ham bagishlab turgin.

- Meni yoddan chiqarmaginki, vafo ahli seni ko’rib bevafo hisoblamasinlar. Shuningdek haddan oshirib yubormaginki, oily himmat egalari seni notavon hisoblamasinlar. Yolg’izligingda va namozlaringdan keyin meni eslab tur.

- Mening bo’ynimdagi ahdlarimni ado etgin.

- Qodir bo’lganingcha, qabrimni ziyorat qilib tur va Qur’on o’qib tur.

- Yozyotgan kitoblarimni tugatmay turib dunyoni tark etadigan bo’lsam, oxiriga yetkazib qo’y, agar xato va kamchiliklari bo’lsa isloh qilib qo’y.

Vassalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh

Qayd etilgan