Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi  ( 189515 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Muhammad Amin  07 Sentyabr 2009, 22:33:15

Onangizni rozi qila olyapsizmi?        

Ayrim paytlarda onamizga bo’lgan haqiqiy munosabatni aniqlashimiz uchun o’z-o’zimizga ayrim savollarni berishimiz lozim. Quyida shunday savollar keltirilgan:

Oxirgi marta qachon o’z onangizni ziyorat qildingiz?

Onangiz siz bilan baxtli deb o’ylaysizmi?

Onangiz sizga murojaat qilganida, “Uff!” deganmisiz?

Parvardigoringiz, Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) yoki har ikkisi sening qo’l ostingda kesalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf” tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – xokisor bo’l va “Parvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab-o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin”, deb (haqlariga duo qil)!

Onangiz nimani haqiqatan istayotganligini bilasizmi?

Onangizning onalari haqida qancha ma’lumot bilasiz?

Onangiz siz qilishizni istaydigan besh narsa nima bo’lishi mumkin?

Abdulloh ibn Amr Payg’ambarimizdan s.a.v. rivoyat qiladiki, u zot alayhissalom dedi: “Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo’lish, odam o’ldirish va yolg’on guvohlik berish katta gunohlardandir”.
(Buxoriy, Muslim)


Onangizni hafa yoki hursand qiladigan 3 narsa nima?

Onangiz bilan har kuni necha daqiqa “haqiqiy” suhbat qilasiz?

Oxirgi marta qachon onangiz uchun taom tayoorlagansiz?

Qachon oxirgi marta onangizga sovg’a hadya qildingiz?

Oisha r.a. rivoyat qiladilarki, Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. dedilarki: “Bir biringiz bilan sovg’a almashinglar, ular dildagi yomon tuyg’ularni ketkazadi” (Termiziy)


Qancha savolga ijobiy javob bera oldingiz? Vaqtni bekor sarflamasdan, ularni oldilariga boring, ko’ngillariga hush yoquvchi ishlarni qilib, duolarini oling.


“Endi onajonim hayot emas, bu savollardan nima foyda?” deysizmi? Ular uchun Qur’on tilovat qiling, ularni do’st-birodarlarini ziyorat qiling, o’z onangizni ko’rgandek bo’lasiz. Alloh sizdan rozi bo’lsin!
 

Qayd etilgan


siddiqa  08 Sentyabr 2009, 06:52:51

 :bsm:

"ey,Rabbim,meni ,ota- onamni ,uyimga mo'min holda kirgan kishilarni va barcha mo'miu mo'minalarni mag'firat etgin !"(nuh 28)
omiin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  22 Oktyabr 2009, 07:28:01

Har birimiz uchun dunyodagi eng mehribon zot bu onadir. Ular kechani kecha, kunduzni kunduz demay, biz farzandlar atrofida parvona bo‘lishadi. Go‘dakligimizdanoq oq yuvib, oq tarashadi. Evaziga esa biz yigit-qizlarning bo‘ylarimiz o‘sib, bir-birimiznikidan oshaveradi. Ammo onalarimizning oq sochlari, yuzu ko‘zida turli sho‘xligu to‘polonlarimiz bilinar-bilinmas o‘z muhrini qoldiraveradi.

Ba’zida o‘ylab qolaman, onam menga doimo parvona. Hatto qo‘limga tikan kirishini ham xohlamaydi. Ertalab tursam, nonushtamni tayyorlab qo‘yadi, darslarimni tugatib borsam yana issiq choy va ovqat bilan «Yaxshi keldingmi, bolam?» deb tabassum ila kutib oladi.  O‘qishdagi topshiriqlarni qanday bajarayotganim, necha baholarga o‘qiyotganimga doimo qiziqib boradi. Shunday ekan, men-chi men?! Bir farzand bo‘lib ularga qanchalik mehru oqibat ko‘rsatayapman? Ishonchlarini qay darajada oqlayapman? Bundan keyin ham onamning ishonchini oqlash uchun nimalar qilishim kerak?!

Har holda ayni paytda talabaligimni inobatga olib, yuqoridagilarga erishishga harakat qilsam-da, bu onamning menga qilayotgan mehru muhabbatlari oldida juda-juda arzimas, deb o‘ylayman. Shu bois bundan keyin ham yaxshi o‘qishim, namunali xulqim bilan onajonimni xursand qilishga, u kishiga munosib o‘g‘il bo‘lishga harakat qilishim kerak. Qolaversa, mening zimmamda to‘ng‘ich farzandlik mas’uliyati ham borki, buni qanchalik his qilishim ertaga, albatta, uka-singillarimga ham ta’sir etmasdan qolmaydi.

So‘zimning so‘nggida barcha talaba yigitlar nomidan mamlakatimizdagi jamiki onalarga, opa-singillarimizga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qolaman. 


Ma’rifatdan olindi


Qayd etilgan


Robiya  27 Noyabr 2009, 11:36:36

:as:

Kitoblarda bayon qilinishicha, ota-onaning farzandga nisbatan saksonta haqi bor. Ularning qirqtasi tiriklik vaqtida va qolgan qirqtasi o‘lgandan keyin amalga oshiriladi. Tiriklik chog‘idagi qirqta haqning o‘ntasi tanga, o‘ntasi tilga, o‘ntasi dilga va o‘ntasi molga taaluqlidir.

Tanga taaluqli bo‘lgan o‘nta haq ota-onaga sidqidildan xizmat qilishdir. Bu shundayki, ota-onaga hamma vaqt hurmat ko‘zi bilan qaraladi, qilma deb buyurgan ishlari qilinmaydi, ularning maslahati va roziligisiz hech bir ishga qo‘l urilmaydi, yana ular sen o‘tirgan joyda hozir bo‘lsalar, sen darhol o‘rningdan turib kutib olasan, ular o‘tirgan bo‘lishsa, sen oyoqda tik turasan, ular ruxsat qilishgandagina o‘tirasan. Ular o‘tiradigan o‘ringa sen o‘tirma. Yo‘lda birga ketayotganda ularning oldilariga o‘tib olma. Tuproqli, loyli, suvli yoki umuman xavfli joy kelgandagina oldinga o‘tib olishing mumkin. Ularning oldida ochiq chehra bilan o‘tir. Qovog‘ingni solma, xo‘mrayib qarama, chaqirganlarida esa yugurib bor.

Qayd etilgan


Robiya  27 Noyabr 2009, 11:37:52

Dilga taaluqli o‘n narsa shundan iboratki, birinchi — ularga rahm-shafqat bilan qara. Ikkinchi — ularga doimo qo‘lingdan kelgancha yaxshilik qil. Uchinchisi sening shodliging ularning xursandchiligi bilan bo‘lsin. To‘rtinchisi ular g‘am tortsalar sen ham qayg‘ur va ularning dardiga malham bo‘lish yo‘lini qidir. Beshinchi — ular ortiqcha gapirsalar ham o‘zingga malol olma. Oltinchi — ular tanbeh bersalar, xafa bo‘lish o‘rniga xursand bo‘l. Yettinchi — ularga qanchalik yaxshilik ko‘rsatmagin va haqlarini ado qilmagin, dillari zarracha ozor topishini o‘zing uchun or, deb bil. Sakkizinchi — qanday niyatlari bo‘lsa, o‘sha niyatlariga yetishlari uchun harakat qil. To‘qqizinchi — ular qanchalik uzoq umr ko‘rsalar, shunchalik quvon. O‘ninchi — qanchalik dardli bo‘lsa, shunchalik ko‘nglini olishga urin.

Qayd etilgan


Robiya  27 Noyabr 2009, 11:38:33

Tilga taaluqli bo‘lgan o‘ntasi shundan iboratki, birinchi — ularga muloyim muomala qil va doimo tavoze’da bo‘l. Ikkinchi — ularga baland ovoz bilan gapirma. Uchinchi — ularga ko‘p gapirma va qo‘pollik qilma. To‘rtinchi — otlarini aytib chaqirma. Beshinchi — gapirayotganlarida so‘zlarini bo‘lma. Oltinchi — aytganlarini rad qilma. Yettinchi — falon ishni qil, deb aytsalar sen yo‘q, deb javob qilma. Sakkizinchi — ular qichqirib gapirsalar ham, sen past ovozda gapir. To‘qqizinchi — gaplariga oh-uh deb xitob qilma"¦

Qayd etilgan


Robiya  27 Noyabr 2009, 11:40:28

Molga taaluqli bo‘lgan o‘nta narsa quyidagilardan iborat: birinchi — o‘zingga kiyim-kechak qilishdan avval ota-onangga qilib ber. Ikkinchi — ularga o‘zing yeydigan taomlardan shirinroq taom qilib ber. Uchinchi — bir dasturxondan ovqatlanayotganingda yemishlarning yaxshisini ularning oldiga surib qo‘y. Hikoya qilishlaricha, Xannon ibn Atiya o‘z onasi bilan bir dasturxondan ovqat yeyishga qo‘rqib turar ekan. U doimo: "œOnamning ko‘zi tushgan va endi yemoqchi bo‘lib turgan mevasini bilmasdan yeb qo‘ysam, onamning ko‘ngliga biror gap kelsa, men gunohkor bo‘lib qolsam, unda holim nima kechadi, men shundan qo‘rqaman" der ekan. To‘rtinchi — qanday narsani sotib olish istaklari bo‘lsa, o‘sha narsani sotib olib ber, chunki sen yosh bo‘lgan paytingda nimani xohlasang, ular o‘sha ne’matni sotib olib berishgan. Beshinchi — imoratlarini yaxshila va uni jihozlab ber. Oltinchi — so‘ramasalar ham pul ber, chunki ular buni oshkora ayta olmasliklari mumkin. Yettinchi — ularga: "œtopgan-tutgan narsalarni sizlar uchun, nimaniki xohlasalaringiz bemalol olaveringlar, hammasini o‘zingiznikidek ko‘ringlar", degan so‘zlar bilan oradagi uyalish va tortinishni yo‘qot. Sakkizinchi — agar ulardan uzoqroq yerda turilsa, goh-goh mehmonga taklif qilib, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish kerak. To‘qqizinchi — ota-onangning do‘stlarini ham hurmat qil, bu ishing bilan sening ota-onang o‘z do‘stlari oldida yuzlari yorug’ bo‘ladi"¦

Qayd etilgan


Robiya  27 Noyabr 2009, 11:42:47

Ota-ona o‘lgandan keyin qilinishi kerak bo‘lgan qirqta haq-huquqlarga quyidagilar kiradi: birinchi — mayitni zudlik bilan dafn etish choralarini ko‘r, chunki o‘likning izzati uni tezda dafn etishdir. Ko‘mishdan avval jasadni yuvishni va kafanlashni unutma. O‘zing dodu fig‘on qilib yig‘lama va o‘zgalarning ham shunday qilishlariga yo‘l qo‘yma.

Ota-ona dafn etilgandan keyin, ularning ziyoratlariga tez-tez chiqib tur. Agar haftada bir marta ziyoratga chiqishni odat qilib olsang, ulug’ kishilar yo‘lini tutgan bo‘lasan. Boshqalarning o‘lgan ota-onalarini yomon so‘zlar bilan yodga olmaginki, ular ham sening ota-onangni shunday yodga olmasinlar. Hikmat kitoblarida aytilishicha, kimki o‘z ota-onasini o‘lgandan so‘ng yomon so‘zlar bilan yodga olsa, u mal’un kishidir.

Ota-ona vafot etgandan so‘ng yoru do‘stlarini uyingga taklif etib, ular bilan birga ota-onang xotirasini yod et, ota-onang yaxshi ko‘rgan ovqatlardan tayyorlab, uning birodarlariga nisor ayla!

Muhammad ibn Muhammad al-Jomiy

Manba


Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Dekabr 2009, 06:28:55

Ona qadri juda boshqacha. Onaning tirikligi siz uchun boylik ekan. Ota-ona emg katta boylik. Onaning qadriga faqatgina tirikligida yetish kerak. Sizning aytganlaringizni so'zsiz bajaradigan, kim nima desa ham yo'q men o'g'limni xohishiga qarshi chiqmayman deb sizni hamisha qo'llaydigan inson bu ONA. Onalar bizning boyligimiz. Ona qadri boshqacha ekan baribir...

Qayd etilgan


siddiqa  03 Sentyabr 2010, 01:47:00

 :as:
Muhaddisimiz imom Al- Buhoriyning Al-adab al mufradot asarlariga shayh MSMY ning yozgan sharhlarining 1 kitobida ota ona va farzand burchlari,va ota ona burchlari to'g'risidagi hadislar mufassal yoritilgan ekan .ayniqsa sharh bilan o'qisa yahshiroq .

Qayd etilgan