Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi  ( 189449 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B


Muslimа  22 Mart 2007, 09:35:48

Assalomu alaykum forumdoshlar!
Bugun yana bir yangi mavzuni e'tiboringizga havola qilmoqchiman.
Farzand har qancha ota-onasini hizmatini qilsa ham baribir ularni oldidagi burchlarini ado eta olmaydi. Har bir farzand ota-onasi oldidagi burchini bilishi zarur. Bu mavzuda farzandlarning ota-ona oldilaridagi burchlari haqida gaplashamiz. 

Qayd etilgan


Abdusalom  22 Mart 2007, 09:41:53

Hazrati Musoning jannatdagi qo‘shnisi

Muso, alayhissalom, Alloh taologa jannatda unga kim qo‘shni bo‘lishini bildirishini  so‘rab, yolvorar edi.
Bir kuni shunday nido keldi:
— Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi do‘sting bo‘ladi...
Muso, alayhissalom, qiziqib, qaysi ibodati uchun bunga loyiq bo‘lganini bilish niyatida yo‘lga chiqdilar. Hazrati Muso o‘sha odamni qidirib topdilar. Qassob Hazrati Musoning haq payg‘ambar ekanini bilgan, imon keltirgan edi. Lekin o‘zlarini  ko‘rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Hazrati Musoni uyiga olib ketdi. Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin, qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tushirdi va undan harakat qilishga sira holi yo‘q bir qari kampirni chiqardi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana zambilga qo‘yib, devorga osdi. Shunda kampir nimalardir deb shivirladi. Qari ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso, alayhissalom, qassobdan so‘radi:
— o'g'lim, bu kampir kiming bo‘ladi?
Qassob musofirga:
— Bu ayol  mening onam bo‘ladilar. O‘tirib-turishga, ovqat yeyishga holi yo‘q. Shu bois o‘zim yediraman, ichiraman va tozaligiga qarayman. Qo‘limdan kelgunicha hushnud etishga harakat qilaman.
Muso, alayhissalom:
— Hozirgina u senga gapirganday bo‘ldi, nimalar dedi?
Qassob:
— Ey Rabbim! Men o'g'limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo‘l. Jannatda uni Hazrati  Musoga qo‘shni qilgin deb duo etdi. Shunda Muso, alayhissalom, o‘zini tanitadigan vaqt kelganini tushundilar va:
— Men Allohning payg‘ambari Muso bo‘laman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishini iltijo qilgan edim. Janobi Haq seni bildirdi. Senga xushxabar bo‘lsin. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qo‘shni qildi, — deya marhamat qildilar.

http://islom.ziyouz.com/

Qayd etilgan


Muslimа  22 Mart 2007, 09:43:39

                          Ota-onangiz rozimi?

   Imom Nasafiydan rivoyat qilinishicha, farzand ota-onasi oldida oltmish sohada burchli va qarzdor ekan. Quyida shularni ba’zisini muxtasar holda alohida-alohida ko’rib chiqamiz.

      I. Tan bilan hizmatda bo’lish.
   1. Tanu vujudingiz bilan ota-ona hizmatida hoziru nozir turing.
   2. Gunoh bo’lmaydigan ishga buyurishsa, buyruqlarini shu zahoti, so’zsiz bajo keltiring.
   3. Hatto hajga yoki ilm izlab ketayotgan bo’lsangiz ham, ularning roziligisiz safarga chiqmang.
   4. Biror ishni bajarishdan qaytarishsa (agar bu qaytish gunoh bo’lmasa), qayting.
   5. Ularni ko’rganda o’rningizdan turing va o’ltirganlaridan keyingina o’ltiring.
   6. Otz-ona bilan ko’chada ketayotganda oldinga o’tib ketmay, bir qadam orqada yuring (faqat loy, muzgarchilikda yoki qo’riqlash ma’nosida oldinda yoki yonida yurishga ijozat beriladi).
   7. Ularning nomlarini aytib chaqirmang, hazil-mazah qilmang.
   8. Ular huzurida qovoq solmang, ho’mrayib qaramang.
   9. Chaqirishsa "œlabbay" deb huzurlariga tez yetib boring.
   10. Ular hizmatida ish buyurishsa, erinchoqlik bilan malol ko’rmang.

Qayd etilgan


Muslimа  22 Mart 2007, 09:48:00

                            II. Til bilan hizmatda bo’lish.

   1. Ota-onangiz bilan so’zlashganda yumshoqlik va odob bilan gaplashing.
   2. So’zlashgan paytda ovozni baland ko’tarmang.
   3. Ota-ona huzurida zaruriyatdan ortiqcha gaplarni gapirmang.
   4. Gaplashayotganda so’zlarni bo’lib tashlab yoki so’z qistirib ketmang.
   5. Ularni so’zlarini also rad qilmang.
   6. Ular bilan buyruq yoki ta’na ohangida gaplashmang.
   7. Ota-onaga qahr ohangida gapirib, norozi qilmang.
   8. Tanbeh bilan gapirmang.
   9. Biror xizmat buyurishsa yoki maslahat berishsa. "œuf" demang.

Qayd etilgan


Muslimа  22 Mart 2007, 09:49:38

                        III. Dil bilan hizmatda bo’lish.

   1. Dil-dildan ota-onangizga rahm-shafqat ko’rsating.
   2. Ota-onani chin dildan do’st tuting.
   3. Ularni shodlik paytlarida hursand bo’ling.
   4. Ota-onani g’amgin holatida hamdard bo’ling.
   5. Ular tomonidan biror kamchilik o’tsa, ranjimang.
   6. Qilayotgan ishingiz yoki aytayotgan gapingiz haq bo’lsa ham, ularga ozor yetkazishdan tiyiling.
   7. Ularga ozor bermaslikni doimo niyat qilib yuring.
   8. Ulardan jafo ko’rsangiz ham, umrlari uzun bo’lishini tilang.

Qayd etilgan


Muslimа  22 Mart 2007, 09:51:33

                          IV. Mol bilan xizmatda bo’lish.

   1. O’zingiz libos kiysangiz, ota-onangizga ham olib bering.
   2. O’zingiz yegan narsalardan ularni ham bahramand eting.
   3. Ular bilan ovqatlanganda lazzatli joyini taklif eting.
   4. Ular o’zlariga to’q bo’lsa ham, sizga izhor qilolmaydigan hojatlari uchun molingizdan berib turing.
   5. Biror orzu-niyatlari bo’lsa, uni barpo qilishga tirishing.
   6. Ota-onaning dillari hohlagan narsaga ularni tez-tez taklif qilib turing.
   7. Ularning do’stlarini do’st deb yo’qlang va bu bilan yuzlarini yorug’ qiling.
   8. Ular bemorligida sog’lig’I uchun sadaqa qiling va Allohdan shifo tilang.
   9. Alloh sizga ato etgan mol-dunyo ixtiyorini ularga ham berib qo’ying.
   10. Ota-onaning dunyoviy ehtiyojlarini muhayo etishga tirishing.

      Ahmad Tursun, Abdulhay Tursun.
      "œOta-ona rizosi" kitobidan.
      "œMusulmonlar taqvim kitobi" 2001yil I-chorak

Qayd etilgan


Muslimа  26 Mart 2007, 12:53:15

Ota — onaga yaxshilik va farzandlik burchi.   

    Qarindoshlar orasida eng yaqini ota — ona va farzandlar bo’lganligi uchun boshqa qon — qrindoshlarga nisbatan bularning haqlari va burchlariga oid fikrlar ko’proqdir.
   Rasululoh sallallohu alayhi va sallam buyuradilar:
-   Farzand otasining qarzini hech qanaqsiga uzolmaydi. Faqat uni qullikga tushgan holda topsa va sotib olib ozod qilsagina uning haqqini uzgan bo’ladi.
-   Ota — onaga ehson bermoq va izzat ikrom qilmoq, namoz o’qish, zakot berish, ro’za tutish, hajga — umraga boorish va Alloh yo’lida jihod qilishdan fazilatliroqdir.
-   Kimki, ota — onasini ma’mnun etgan holda erta bilan o’rnidan tursa, ularga jannatning ikki eshigi ochiladi. Kimki, ota — onasini ma’mnun qilgan holda shomga kirsa ham shunday bo’ladi. Agar birini ma’mnun etsa jannatning bir eshigi ochiladi. Aslo ota — onaga qarshi bormang — zulum o’tkazgan bo’lsalar ham, o’tkazmagan bo’lsalar ham"¦Kimki ota — oansini ranjitgan holda tong ottirsa, uning uchun jahannamning ikki eshigi ochiladi. Kimki ota — onasini ranjitgan holda kunni kech qilsa ham shunday bo’ladi. Agar birini ranjitsa, do’zaxning bir eshigi ochiladi. Aslo ularga qarshi bormang — zulm o’tkazgan bo’lsalar ham, o’tkazmagan bo’lsalar ham"¦
-   Jannatning hidi besh yuz yillik masofadan seziladi. OTA — ONASINI RANJITGAN VA SILA-I RAHM QILMAGAN (ya’ni bir — birlari bilan qarindoshchilik aloqlarini uzgan) kimsa uning hidini sezmaydi.
-   Onangga, otangga, opangga, singlingga, akangga, ukangga, so’ngra boshqa yaqin qarindoshlaringning hammasiga yaxshilik qil.
            Abu Homid G’azzoliy
            "œMukoshafat — ul qulub"
             ("œQalblar kashfiyoti" I kitobidan)

Qayd etilgan


Muslimа  31 Mart 2007, 07:29:36

                 140. Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, Atodan rivoyat qiladi: Muso alayhissalom aytdi: "œEy Robbim, menga buyurgin!" Alloh aytdi: "œSenga O’zimga bo’ysunishga buyurgayman!" Aytdi: "œYana buyurgin!" "œOnangga yaxshilik qilishga buyurgayman!" Aytdi: "œVasiyat qilgin!" Alloh taolo aytdi: "œOnagga vasiyat qilaman!".
 
   141. Abdullox ibn Amrdan rivoyat qilindi: Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga bir kishi keldi va : "œMen jihodni hohlayman!" dedi. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam: "œOta — onang tirikmi?" deb so’radilar. "œHa, tirik", dedi. "œBas, ikkovlarini hizmatlarida bo’lgin, shu jihod bo’ladi!" dedilar"
   Bu habarda Alloh yo’lida jihod qilishlikdan ota — onaga yaxshilik qilish afzal ekanligiga dalil bordir. Chunki Payg’ambar sallallohu alayhi va sallam jihodni tark qilib, ota — onaga yaxshilik qilish bilan shug’ullanishni buyurdilar. Shuningdek, aytamizki, albatta kishiga Alloh yo’lida jihod qilish joiz bo’lmaydi, agar ota — onasi ruxsat bermasa, modomiki, butun qavm hammasi urushga chaqirilgan bo’lsa, shunda ham ota — onaga itoat qilishlik g’azotga chiqishdan afzal bo’adi".
   

Qayd etilgan


Muslimа  31 Mart 2007, 07:30:51

     142. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. Aytdiki: "œYo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilayin?" Aytdilar: "œOnangga!" "œKeyin-chi?" "œOnangga!" "œKeyin kimga?" "œOnangga!" Aytdim: "œKeyin kimga?" Aytdilar: "œOtangga, keyin yaqin qarindoshlarigga", dedilar.

   143. Rasululoh sallallohu alayhi va sallam aytadilar: "œAgar Allohning ilmida ota — onaga "œuf" deyidhdan ham ko’ra hurmatsizlik bo’lganida edi, Alloh o’shandan qaytargan bo’lardi. Ota — onaga oq bo’lgan kimsa hohlaganicha amal qilsin, zinhor jannatga kirmaydi. Ota — onaga yaxshilik qilgan odam hohlaganicha amal qilsin, hech ham do’zaxga kirmaydi!"
   Faqih, rahmatullohi alayhi, aytadi: Agar Alloh taolo ota — onaning huquqni kitobida zikr qilmaganida va ikkoviga yaxshilik qilishni vasiyat etmaganda edi, aql bilan ham ota-onaning haq-huquqini hurmat qilish vojib ekanligi bilinear edi! Oqil farzandga ota-onaning huquqini tanimoqlik vojibdur. Alloh taolo kitoblarida, Tavrotda, Injilda, Zaburda va Qur’oni Karimda bu narsani zikr qildi va barcha payg’ambarlarga vahiy keldi. Ularni ota-ona huquq va haqlarini bilishlikka buyurdi. Alloh O’zining rizosi ota-onaning rizosida va o’zining g’azabi ota-onaning g’azabida ekanligini bildirdi.
   Va aytildi: Uchta oyat uchta narsa bilan birga tushdi. Ulardan birontasini ikkinchisisiz Alloh qabul qilmaydi.
   Allohning so’zi: "œNamozni to’kis ado qiling va zakotni bering" (Baqara,43). Kim namoz o’qisa, zakot bermasa undan namozi qabul qilinmaydi.
   Allohning so’zi: "œAlloh va Payg’ambariga itoat qilingiz" (Oli Imron, 132). Demak, kimki Allohga itoat qilsa, payg’ambariga itoat qilmasa, undan qabul qilinmaydi.
   Allohning so’zi: "œSen Menga va ota-onangga shukur qilgin", (Luqmon, 14). Kim Allohga shukur qilsa, ota-onasiga shukur qilmasa, undan qabul qilinmaydi.

Qayd etilgan


Muslimа  31 Mart 2007, 07:31:58

   144. Bunga dalil Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning hadislari: "œAlbatta ota-onaning la’nati farzandning aslini kesadi. Agar farzand ularga oq bo’lgan bo’lsa. Kimki ota-onasini roziligini topsa, Robbisining rizosini topadi. Kimki ota-onasini g’azablantirsa, Robbisini g’azablantiradi! Kimki ota-onasi tirik bo’lib, yaxshilik qilmasa, do’zaxga kiradi va uni Alloh O’zidan uzoqlashtiradi".
   

   145. Payg’ambarimiz Rasululoh sallallohu alayhi va sallamdan so’raldi: "œQaysi amallar yaxshiroqdir?". Aytidilar: "œO’z vaqtida o’qilgan namozlar, keyin ota-onaga yaxshilik qilish"¦".
   Farqand Sabaxiy aytadi: "œBa’zi kitoblarda o’qidim, farzand uchun ota-onaning huzurida ikkalasining izinisiz gapirishlik va ikkovidan oldin yurishlik, o’ngdan ham, chapdan ham, lozim bo’lmaydi, magar uni ikkovlari chaqirishsa, so’ngra javob berib, ularning ketida yuradi, qul o’zining ho’jayini orqasida yurgandek".

Qayd etilgan