Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi  ( 189522 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


Laylo  23 Iyun 2007, 14:44:05

Darhaqiqat, otamiz bizning dunyoga kelishimizga sababchi bo’ladi, voyaga yetishimizda o’zining sa’yi-harakatlari, ibrati, ro’zg’or yuritishi bilan faol ishtirok etadi. Bizning kamolga erishuvimizdagi onaning beqiyos xizmatlarini ta’riflashga esa til ojiz, qalam noqis, so’z tanqis. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam “Jannat onalarning oyoqlari ostidadir” deganlar va ummatlaridan bu dunyoda jannat izlaganlarni onani rozi qilishga, uning duosini olishga targ’ib qilganlar. Bir a’robiy Payg’ambar alayhissalomdan: “Menda otamning haqqi ko’pmi yoki onamning?” deb so’raganida u zot uch martagacha “Onangning haqqi” deb javob qaytarganlar va to’rtinchi marta so’ralganda “otangning” deganlar. Bir yigit sahobalardan: “Onamni yelkamga ko’tarib Makkaga olib borib, yetti marta Ka’bani tavof qildirdim, endi uning haqqini ado qiloldimmi?” deb so’raganida ular: “Yo’q, bu xizmating bilan u seni emizish uchun bir marta uyqusini buzganini ham rozi qilolmading” deyishgan ekan.

Ushbu risolamiz farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari va qarzdorligi to’g’risida. Shoyadki, ota-onalarini hurmat qilishni o’rgatishda, ularning xizmatiga shay turib, duosini olishda va oxiratni obod qilishda ko’mak bersa! Alloh taolo barchalarimizni farzandlik burchini to’la ado etishimizni, ota-onalarini rozi qilib, Alloh taolo rizoligiga erishuvimizni nasib etsin, omin!

"Ota-ona rizosi" kitobidan

Qayd etilgan


Laylo  23 Iyun 2007, 14:45:08

Hadislar:

Ibn Mas’ud shunday rivoyat qiladi: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "œYo Rasulalloh, amallarning qaysisi yaxshi?" dedim. Rasululloh: "œo‘z vaqtida o‘qilgan namoz", dedilar. "œYana qaysi amal, yo Rasulalloh?" dedim. Rasululloh: "œOta-onaga yaxshilik qilish" dedilar. "œYana qaysi amal?" deb so‘radim. Rasululloh: "œAlloh yo‘lida g‘azot qilmoq" dedilar". (Imo Termiziy rivoyatlari)

Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qilindi:Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "œUch toifa kishining duosi mustajob bo‘lur: 1. Mazlumning duosi. 2. Musofirning duosi. 3. Otaning farzandiga qilgan duosi". (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os roziyallohu anhu aytadilar: bir kishi Rasululloh huzurlariga hijrat qilmoq uchun bay’at etmoqqa keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo‘lmay, xafalikdan yig‘lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh: "œSen hozir ota-onang oldiga bor! Hijrat qilaman deb, ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo‘ldim, deb, ularni xursand qil",— dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Laylo  23 Iyun 2007, 14:45:30

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: "œRasululloh menga quyidagi to‘qqiz amalni buyurdilar", shulardan biri: "œota-onangga itoat qil, agar ular dunyodan voz kech desalar ham hurmatlari uchun buyruqlarini ijro qil!".

Abu Hurayra roziyallohu anhu ikki kishini ko‘rib, biridan: "œBu kishi kiming bo‘ladi?" deb so‘radilar. Boyagi odam: "œOtam" deb javob qildi. Abu Hurayra: "œUnday bo‘lsa otangning ismini aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda o‘tirma" dedilar.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu oldilariga bir kishi kelib: "œMen bir xotinga sovchi yubordim. U meni qabul qilmay, boshqa bir kishiga tegib ketdi.Bu ishidan jahlim chiqib, u xotinni o‘ldirgan edim... Endi nima qilsam Alloh taolo tavbamni qabul qiladi?" — deb so‘radi. Shunda Abdulloh: "œOnang barhayotmi?" — dedilar. U: "œYo‘q, vafot etganlar" degan edi, Abdulloh: "œUnday bo‘lsa Alloh taologa tavba qilishga harakat qil",— dedilar. Shu hadisni rivoyat qilgan Ato ibn Yasor aytdilar: "œMen Abdulloh ibn Abbosga borib, siz nima uchun u kishidan onang tirikmi, deb so‘radingiz, deganimda, u kishi Alloh taologa onani rozi qilishdek maqbulroq hech bir amal borligini bilmayman. Shuning uchun undan onang tirikmi, deb so‘ragan edim",— dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qayd etilgan


Laylo  23 Iyun 2007, 14:45:49

Ma’oz Juhaniy roziyallohu anhu aytdilar: "œjanob Pay-g‘ambar alayhissalom: "œKimki ota-onasini rozi qilsa unga tubo(jannat daraxti) nasib bo‘lib, Alloh taolo uning umrini ziyoda qiladi", dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Qur’oni karimdagi Alloh taoloning "œrahmdillik yuzasidan ota-onangga kamtarlik qanotingni qoqib tur", mazmunidagi so‘zini Hishomning otasi Urvat ibn az-Zubayr roziyallohu anhu: "œOta-onang nimani istasa, o‘shani ijro qilishdan imtino qilma", deb tafsir qilgan edilar.

Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam shunday buyurganlar: "œOdamlar bilan xushmuomala bo‘linglar, ularga qattiqqo‘llik qilib behayo so‘zlamanglar". (Payg‘ambar alayhissalom o‘gitlariga ko‘ra hatto begona odamlarga qattiq va behayo gapirib, dillarini og‘ritish mumkin bo‘lmaganidek, ota-onaga yuz chandon muloyimroq so‘z qilmoq zarur ekan).

Qayd etilgan


Laylo  23 Iyun 2007, 14:46:12

Rasulullohdan shunday rivoyat qilindi: "œAlloh taolo gunohlardan istaganini qiyomatga qoldirdi, lekin ota-onani ranjitishning azobini kechiktirmaydi. Oqpadarga oqpadarlik azobi tezlashtiriladi".

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "œQiyomat kuni kimga do‘zax o‘ti harom bo‘lishini aytaymi? U yuvvosh, muloyim, yaxshi muomalali, bir gapga oson kelishadigan kishilardir. Sizlarning yaxshilaringiz xushxulqli, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa , og‘zini to‘ldirib, ezmalik ila ko‘p gapiruvchilaringizdir".

Farqad us-Sanjiy aytdilar: "œBa’zi kitoblarda o‘qidimki, bolaning ota-ona huzurida iznsiz gapirmoqligi maqbul emasdir".

Qayd etilgan


Laylo  23 Iyun 2007, 14:46:49

Taboroniydan rivoyat qilingan hadisda: "œOtaga itoat qilish — Allohga itoat qilishdir. Unga gunohkor bo‘lish Allohga gunohkor bo‘lish bilan barobardir", deyilgan.

Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: "œAlloh taolo sharmsiz, behayo so‘z qilganlarni o‘ziga do‘st tutmas".

Abdulloh ibn Umar aytdilar: "œOta-onaning yig‘lashi boladan norozi bo‘lganlariga dalolatdir, bu esa katta gunohdir". (Imom Buxoriy rivoyatlari).

Abdulloh rivoyat qiladilar: Janobi Rasululloh: "œMusulmon odamning so‘kmog‘i — buzuqlik va urushmog‘i — kofirlikdir" — dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  23 Iyun 2007, 14:47:25

Iso ibn Talxa bin Ubaydulloh Amr bin Mirzo Juhaniydan naql qiladilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "œYo Rasulalloh,  besh vaqt namoz o‘qisam, ramazon oyida ro‘za tutsam, zakotimni ado etsam va haj ham qilsam, menga nima bo‘ladi? — deb so‘radi. Rasululloh unga: "œKim ana shu aytganlaringni qilsa, payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi, ammo ota-onasini ranjitgan bo‘lsa, u amallarning foydasi yo‘qdir",— dedilar".

Uch xil sifat borki, kimda-kim ularga ega bo‘lsa, Alloh taolo qiyomat kuni uni himoya qilib, o‘z jannatiga kirgizur: 1. Zaiflar bilan xushmomala bo‘lmoq. 2. Ota-onaga shafqatli bo‘lish. 3. Qo‘l ostidagilarga himmatli bo‘lmoq.. (Imom Termiziy rivoyatlari).

Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilindi: "œOtaga muhabbatingni saqla, agar sen otaga bo‘lgan muhabbatingni yo‘qotsang, Alloh seni har turli fayzlardan mahrum qilur".

davomi bor...

Qayd etilgan


Muslimа  16 Iyul 2007, 09:02:12

Assalomu alaykum birodarlar! Ota-ona aziz insonlar. Ularni qancha e’zozlasak oz. Bu she’r bir onaning farzandiga qilgan tilagi sifatida yozilgan. O’qib hulosa chiqarish har birimizni o’zimizga havola.

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
ONA TILAGI

Sеnga aytay quloq solgin bolajon,
G’animatdan duo olgin balajon.
Tafakkurdir hamma aytgan so’zlarim,
Ixlos bilan quloq solgin bolajon.

Hushyor bo’lgin KETSAM yana QAYTMASman,
Shirmon kabi yuzlaringni ko’rmasman,
To’lin oydеk yuzlaringga to’ymasman
So’zlarimga quloq solgin bolajon.

Farzandlarim el qatori o'stirdim,
Ozmi-ko’pmi, baxt-iqboli kеltirdim.
Kеtar vaqtim yaqinlashdi bilingiz,
Hushyor bo’ling, g’ofil bo’lmang bolajon.

O’ylab ko’rsam g’aribgina bu boshim,
Bu kunlarni o’ylasam, oqar ko’zlardan yoshim.
Bеmor bo’lsam yo’liqmadi yo’ldoshim
G’animat bil ushbu kunim bolajon.

Oxirida og’ir botar so’zlarim,
Bilib-bilmay aytgan bo’lsam so’zlarim
Yuzlaringga javdiraydi ko’zlarim
Tеrmultirib qo’yma mеni bolajon.

Umidim shu, bo’ling dardu-darmonim,
Shirin so’zlang dilda qolmas armonim.
OTA-ONA bеsh-o’n kunlik MEHMONdir
Chin so’zim shul, quloq soling bolajon.

Farzandlaring bilan doim yashagin,
Ba'zi kunlar to’y-tomosha boshlagin.
O’sha kunda ota-onang eslagin
RUHIMIZNI YOD AYLAGIN BOLAJON!!!

O’ylab ko’rsam hеch ish kеlmas qo’limdan
Adashaman kunda yurgan yo’limdan
Hafa bo’lma yaxshi yomon so’zimdan
So’zlarimga quloq solgin bolajon

El qatori farzandlarni o’stirdim,
O’g’il-qizni joy-joyiga qo’ndirdim.
Onangizni ko’z ostiga kеltiring
Tilagim shu bizdan kеyin bolajon.

Soch oqardi, tishim tushdi qaridim
O’ylab ko’rib aqlim shoshdi azizim,
Qarillikka navbat kеldi bilmadim,
Shu kunlarda HAMROH bo’ling BOLAJON!!!

P.S. Azizlarimiz haqqiga duo qilishni unutmaylik! Ota-onalarimiz hayot bo’lishsa, ularni salomatligini Alloh taolodandan duo qilib so’raylik! Ota-onalari bu dunyoni tark etgan birodarlarimizning ota-onalarini Alloh taolo O’z rahmatiga olsin! Omin!

Qayd etilgan



Robiya  08 Oktyabr 2007, 16:30:06


              Noyob inson
Farzandlik burchini oqlamaymiz-u,
Ota-onamizdan burch talabgormiz.
Biror kunlarida yo'qlamaymiz-u,
Bizdan bexabarlar deya abgormiz.

O'g'illar ovora xotini bilan,
Qizlar - uyim,bolam deya kuyadi.
Ota-onasining o'zidan ko'ra,
Mol-u dunyosini ko'proq suyadi.

So'nggi damlarida bizlarga emas,
Ular suyanarlar bir-birlariga.
Qisqa umrlarin qisqartirib yana,
Tezgina eltamiz qabrlariga.

Mol-dunyo to'playmiz ustimiz butun,
Yashaymiz hech vajdan kamimiz yo'qday.
Boshimiz ustida bir qora tutun,
Uchib yurganini sezmasmiz o'qday.

Yaxshi kunimizda do'st-u yor sherik,
Shodligimiz baham ko'radi birga.
G'amli kunimizda o'liklar tirik,
Ular bizlar uchun tik turar go'rda.

Uyu,joy,farzandni,hamma mansabni,
Bir zumda topamiz bu juda oson.
Lekin ota-ona degan ul zotni,
Hech qachon topmasmiz u noyob inson.(Robiya Turob qizi)

Qayd etilgan