Donishmand hikmatlari.  ( 26960 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munira xonim  26 Mart 2007, 19:23:53

Assalamu alaykum.

Men bu kitobni juda ko'p martalab o'qidim. Shunda ham juda ko'p joylariga tushunishga juda qiynaldim. shuning uchun siz azizlarga meni lol qoldirgan va menga juda ta'sir qilgan joylarini  taqdim qilmoqchiman. bulardan sizar ham bahramand bo'lib, o'z fikru mulohazalaingizni bildirasiz, deb umid qilaman.
Bu hikmatlar 1883 yilda Livanda tug'ilgan Jubron Xalil asarlari asosoida yozilgan va bizni yurtdoshimiz Mahkam Andijoniy tarjimasi bilan biz kitobxonlarga taqdim qilingan.
Marhamt bu kitobchani ba'zi joylari bilan tanishing va o'zingizni oltinga teng fikrlaringiz ila ishtirok eting.
Wassalamu alaykum!!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Mart 2007, 19:43:06

Ruh uchun kelgan kema.

Aziz Avliyolardan biri, zohid Donishmnad o'n ikki yildan beri Oriflar shahrida dengiz sohilida har tong Taqdir kemasining kelishini orziqib kutardi. Bu kema ul zotni bir vaqtlar tavallud topgan Abadiyat oroli - Dorul - Baqoga olib ketishi kerak edi.
Kutishning o'n ikkinchi yili, hosil yetishadigan aylul oyining yettinchi kuni shahar qal'asi tashqarisidagi tepalikda dengiz tomon boqib turganida tumanlar aro yaqinlashib kelayotgan o'z kemasiga ko'zi tushdi. Shu lahza qlabining eshiklari lang ochildi. Quvonch qushi yuzaga chiqib dengiz uzra charx urib uchdi. U ko'zlarini yumib sukut ichra qalban ibodat qildi. Ammo u tepalikdan  tushib ulgirmasdan vujudini mayuslik chulg'adi. Va ko'ngildan:"Men bu olamdan qnaday qilib ohista va qyag'usiz keta olaman? Yo'q men bu shaharni ko'nglimni jarohatlamay tark eta olmayman" degan o'y kechdi. Bu shahar devorlari ichra o'tkazgan uzun kunlarim, yolg'izlikda kechgan uzun tunlarimni qanday tark etay? Bu dunyoda iztiroblari va halovat chog'alri bilan vidolashganda kim mayus tortmaydi?
Men bu shahar ko'chalariga ozmuncha ruhim zarralari - g'uborlarini to'kdimmi, anovi qirlar orasida qanchadan-qancha sog'inchimning yalangoyoq bolakaylari izg'ib yuribdi.
Bugun men egnimdagi libosimni yechayotganim yo'q, bugun men tirik vujudimni tark etyapman. Bu yerlarga faqat o'ylarimni emas, balki yupun va tashna qalbimni tashlab ketmoqdaman.
Ammo endi kechiksam bo'lmaydi. Borliq mavjudotni o'ziga chorlovchi Dengiz meni bugun chorlamoqda va men bugun safarga chiqishim kerak.Zero bu yerda qolish o'zimni bu dunyo kishanlari ila o'rashdir. Garchi, bu yerning kechalari yolqinli bo'lsa ham. Men bu yerdan boru yo'gimni olib ketishni istardim, ammo buning ilji yo'q. Ahir tovush ketayotganida o'ziga qanot bergan til va lablarni olib ketolmaydi-ku. U yolg'iz parvoz qiladi.
Burgut ham uyasini tark etayotganida bir o'zi quyosh sari uchadi..."

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Mart 2007, 19:51:37

U shaharga qadam qo'yishi bilan xalq unga peshvoz chiqib kutib oldi. Jo'r ovoz bilan salom berdi.
Shahar oqsoqollari bir qadam oldingga chiqib dedilarki:
- Hazratim, bizni tashlab ketma. Sen tuyra shomimizni kunday ravshan qilding. Yoshligingda bizga niyat orzular hadya qilding. Sen bizga begonamas, farzandimiz, dilbandimizsan. Ko'zlarimizni jamoling sog'inchi dardiga mubtalo qilma.
So'fiy erkak va ayollar dedilarki:
- Dengiz to'lqinlari bizni sendan ayirmasin. oramizda yashagan chog'ing faqat xotiraga aylanmasin.
- Ruhing bilan adashgan dillarga yo'l ko'rsatding, soyang bilan chehralarimizni yoritding.
- Biz seni sevardik. Ammo sevgimiz pinhoniy va tilsiz edi.
- Mana endi mehrimiz tilimizga ko'chdi.

Doimo shunday bo'lgan. Mehr-muhabbat teranligi ayriliq chog'i bilinadi...

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Mart 2007, 20:02:47

Boshqalar ham kelib unga yaqinlashdilar. U hech kimning gapiga javob bermadi. Faqat boshini egdi.Yaqinda turganlar uni ko'z yoshlari ko'ksiga oqayotganini ko'rdilar.
U halq bilan birga masjid oldidagi katta maydonga bordi. Masjidda bir ayol chiqdi. Ismi Mehr edi. Karomatg'oy  edi u. Mehr avliyoga murojaat qildi.
- Ey, Allohning valiysi, seb cheksizlikka intilib olislardan kelguvchi kemangni izlarding. Mana kutgan daqiqalaring ham keldi. Safarga chog'lanib turibsan.
Xotiralaring, va pinhona orzu tilaklaring kechgan zaminni tark etmoqdasan. Edni bizning mehrimiz ham, zorimiz ham seni bu yerda ushlab turolmaydi.
Ammo ketar chog'ingda bizga Haq neligi haqida ayt. Hikmatlaringni qoldir. Biz ularni avlodlarimizga qoldiramiz, ular ham o'z avlodlariga qoldirurlar va ular toabad yo'qolmagay.
Yolg'iz yashab bizni qnaday kun kechiragnimizni ko'rding. Uyg'onganingda esa bizni uyqudaligimizni ko'rding. Uyqudagi kulgularimizni va yig'ilarimizni tinglading.
Shunday ekan, bizni kimligimizni, tug'ilish va o'lim orasidagi hayotimiz qandayligini bizga aytib ket.
Shunda avliyo javob berdi:
- Ey, Orifobod ahli, sizlarning ko'ngillaringizdagi tashvishlar va savollarga javob aytmasam bo'lmas...

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Mart 2007, 20:09:33

Ishq nima?

O'shanda Mehr savol berdi:
- Bizga Ishq neligini tushuntir.
Avliyo boshini ko'tarib halqqa qaradi, hamma jim bo'lib qoldi. So'ng u tiniq ovoz bilan so'z boshladi:
- Agar ISHQ yetaklasa, sizlar unga ergashing. Garchi u boshlagan yo'llar qiyin va tikonli bo'lsa ham.
- Agar ISHQ qanotini sizga tekkizsa, agar bolu pari badaningizni tilsa ham, u ko'rsatgan yo'ldan boring.
- Agar Shimol izg'irini bog'larni vayron qilgandek, ISHQ savdosi ko'nglingizni, orzu niyatlaringizni bayron qilsa ham unga ishoning.
- Zeri, ISHQ sizni podshoh qilgusi va ISHQ sizni halos etgusi.
- ISHQ sizni o'stiradi.
- ISHQ umr daraxtini kesib tashlaydi ham.
- ISHQ shabbodasi umringiz daraxti shoh butoqlarida quyosh nurida titrayotgan barglarni erkalab allalaydi va uning o'zi ildizlaringizgacha kirib, silkitib, larzon qiladi...

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Mart 2007, 20:12:24

- ISHQ sizlarni atrofiga yig'ib bug'doy o'rimidagi kabi g'aramlaydi.
- ISHQ sizni yelpib, doningizni kepakdan tozalaydi.
- ISHQ sizni tegirmonida maydalab yanchadi.
- ISHQ sizni yumshoq xamirdek bo'lguningizcha qoradi.
- ISHQ sizni muqaddas olovga tutub ibodat uchun ushatiladigan tabarruk nonday pishiradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Mart 2007, 20:16:13

ISHQ sizlarni shu ko'ylarga soladi. Shundagina siz qalbingiz sir asrorini bilasiz va bu bilim umrong mag'zidir.
Ammo siz bu ko'rguliklardan qo'rqib sevgidan faqta orom va lazzat istasangiz, yahshisi ko'piklaringiz bilan o'zingizni yashiring, hayot tegirmonidan chetga chiqing, yil fasllari bilinmaydigan, odamlari yurakdan kulolmaydigan va yurakdan yig'lolmaydigan olamda yashang...

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Mart 2007, 08:57:00

ISHQ faqat o'zini hadya etadi va olsa ham faqat o'zidan oladi.
ISHQ hech kimni qul qilmaydi va o'zi ham hech kimga qul bo'lmaydi.
ISHQ faqt o'zi bilan qanoatlanadi.
ISHQ to'rlarini o'zim to'qiyman deb hayol qilma, aksincha u seni shu to'rlarga loyiq munosib deb bilsa o'rab oladi va seni yo'lga soladi.
ISHQning yagona istagi o'zini borligini bildirishdir.
Ammo ey, odam, sen ham sevib, ham orzu havaslarga berilsang mazkurlarni havas qil:
- Kechalri o'zicha kuylovchi jilg'aga o'hshab zaminga singib yo'qolishni.
- Benihoya mehr-muruvvat dardini tuyishni.
- Sevgiga yetishish uchun jarohatlanishni.
- Chin dildan, quvonch ila mahv etilishingni.
- Har tong surur ila uyg'onib ISHQda yana bir kun umr bergani uchun HAQ TAOLOga shukrona aytishni.
- Choshgohda orom olish va ISHQ jozibasi haqida mushohada va muroqaba qilishni.
- Har oqshom shukronalar aytib uyga qaytishni.
- Chin dildan MA'SHUQni duo qilib, UNGA madhu sano aytib uyquga ketishni...

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Mart 2007, 09:19:18

Nikoh nima?

Shundan so'ng Al-Mehr savol berdi:
- Ey, ustoz nikoh haqida nima deysan?
- Avliyo shunday javob berdi:
- Kim bilan birga nikohda bo'lsangiz birga tug'ilib, birgalikda abadiy hayot kechirgaysiz.
Ajalning oppoq qanotlari umringizn tariqdek sochib yuboradigan paytlarda ham birga bo'lgaysiz.
HAQ TAOLO dargohida va uning yodida ham birga bo'lgaysiz.
Ammo o'zaro yaqinlikda haddingizdan oshmang.
Osmon farishtalari orangizdan shamoldek o'tib turar.
Bir-biringizni seving, ammo sevgingiz kishanga aylanmasin.
Sevgingiz ikki qalb orasida mavjlanib turgan dengizga o'hshasin.
Bir-biringizga kosani to'ldirib tuting, ammo bir kosadan ichmang.
Bir-biringizga non bering, lekin bir nonni yemang.
Birga o'ynang, birga kuying, birga zavqlaning, ammo soz torlaridek o'zingizni yolg'iz tuting. Ahir bir musiqani kuylovchi torlar ham yakka turadi.
Bir-biringizga ko'ngil bering, ammo ko'ngillarga egalik qilmang.
Zero faqat HAYOT dastigina qalbingizni qabul qilgusi.
Birga turing, ammo juda yaqin bo'lib ketmang. Zero, masjid ustunlari ham, haram ustunlari ham bir tomni tutib tursa ham o'zaro yaqin turmaydilar. Chinor bilan sarv ham birga o'smaydi...

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Mart 2007, 12:22:03

Bolalar haqida?

Bola ko'tarib turgan bir ayol so'radi:
- Bizga boallarimiz haqida gapiring.
Avliyo javob berdi:
- Bolalaringiz sizniki emas. Ular Umr va Hayotning o'g'il qizlaridir. Ularni sizlar dunyoga keltirasiz,lekin ular sizlar uchun dunyoga kelmaydilar.
Garchi bolalaringiz sizlar bilan birga yashasa ham, ammo sizlar bilan emaslar.
Sizlardan bolalar faqat mehringizni oladi, ammo ko'nhlingizni va fikringiz olmaydi.
Chunki ularni o'z ko'ngillari va o'z fikrlari bor.
Siz ularning vujudlariga boshpana berasiz, ammo ko'ngillariga emas.
Chunki bolalarning ko'ngillari ertangi kunlarda-ki, sizlar u kunlarni tushlaringizda ham ko'ra olmaysiz.
Sizlar bolalaringizga o'hshashga urinsangiz mayli, ammo ularni o'zingizga o'hshatishga harakat qilmang.
Chunki umr oraqaga qaytmaydi va bugungi kunda ham to'htab qolmaydi.
Siz ALLOH qo'lidagi kamonsiz, bolalar kamondan uchgan o'qdirlar, ular sizlardan uzoqqa boradi.
SAYYOD sizning kamondek qaddingizni qattiqroq egadiki, o'qlaringiz tez va uzoqqa borsin deydi.
Qaddingiz kamonini egayotgan SAYYOD sizdan hursand bo'lsin. Siz faqat shuni o'ylang.
Chunki SAYYOD o'qi uzoqqa uchganidan qanchalar hursand b'lsa, jim turganingizdan ham shunchalar hursand bo'ladi...

Qayd etilgan