Donishmand hikmatlari.  ( 26983 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munira xonim  27 Mart 2007, 12:33:14

Sadaqa haqida.

Bir badavlar odam so'radi:
- Sadaqa va zakot nima?
- Avliyo javob berdi:
- Sizlar mol-mulkingizdan sadaqa bersangiz juda ham kam qismini berasiz.
Faqat o'zingizni sadaqa qilsangiz chin sadaqadir.
Chunki mol-mulkingiz ertaga muhtojlik kelib qolishidan qo'rqib yig'ayotgan narsalaringizdir.
Ka'batullohga borayotgan ziyoratchilarning eng ziyrak iti o'ziga berilgan yangi suyakni ertangi kunga deb asrab qumga ko'mib qo'ysa, ertangi kun u qayerda bo'ladi?
Ertangi muhtojlikdan qo'rqishni o'zi muhtojlik emasmi?
Suv to'la quduq oldida tashnalikdan qo'rqishni o'zi ham sira qonmas tashnalik emasmi?
Shunday odamlar borki, moli juda ko'pligiga qaramay, juda oz sadaqa beradi. Bundaylar muhtojlarni o'ylab emas, o'zlari obro' shuhrat topish uchungina sadaqa beradilar. Bundaylarning sadaqalari manfurdir.
Shunday odamlar borki, o'zlarida nima bo'lsa borini sadaqa qiladilar. Bundaylar Hayotga, Allohga va UNING sahiyligiga ishonadilar. Bundaylarning sandig'ini ALLOH sira bo'sh qoldirmaydi.
Ba'zilar hursandchilik ila sadaqa beradilar, ularga shu hursandchiliklarini o'zi mukofotdir.
Ba;zilar og'rinib sadaqa beradilar, shu og'riq ularga bo'lgan jazodir.
Shunday odamlar borki, sadaqa berishda og'rinmaydilar. berishdagi hursandchilikni ham, ertangi savobni ham ko'zda tutmaydilar. Bu odamlar atrofga atrini taratuvchi qiyg'os gullagan nok daraxtiga o'xshaydilar.
HAQ TAOLO shunday odamlar qo'li bilan muhtoj bandalariga sadqa ulashadi, shundaylarning ko'zlari bilan tabassum qiladi.
So'rab kelganga berish savobdir, lekin so'ramadan berish undan-da savobliroqdir.
Saqad beruvchi odam sadaqa olivchini topganiga sadaqa berganidan ko'proq suyunadi....

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Mart 2007, 12:46:20

Bu dunyoda sadaqa berishdan qo'rqib yashirasigan nima bor o'zi?
Sizga ALLOH bergan hamma narsalar bir kun kelib sizdan tortib olinadi.
Shuning uchun mol-mulkingiz merosho'rlarga o'tmay turib imkoningiz borida sadaqa qilib oling.
Sizlar sadaqa berardim, agar shunga munosib odam bo'lsa deb o'ylaysiz. Bog'ingizdagi daraxtlar, yaylovingizdagi mol qo'ylar bunday o'ylamaydilar.
Daraxtlar va mol qo'ylar mevalarini va sutlarini bermasdan yashay olmaydilar. Beradiganlarini yashirib qolish ular uchun halokat bo'ladi.
HAQ TAOLOdan kecha va kunduzlarni olishga haqli bo'lgan odam boshqa barcha narsalarga ham munosibdir.
HAYOT ummonidan obihayot ichishga munosib bo'lgan odam sizning jilg'angizdan ham  ichishga munosibdir.
Sizning jasurligingiz, qat'iyatingiz va hatto beparvoligingizdan ham yomonroq cho'l bormi dunyoda?
Kim bo'libsizki, odamlar sizning huzuringizda libosini yechib mohiyatini yalang'och qoldirsa, o'z qadrini yerga urishdan uyalmasa?
Avval o'zingizga boqing-chi, birovlarga sadaqa beruvchi, ALLOHning mehr shafqati vositasi bo'lishga munosibmisiz?
Aslida faqat haqiqiy HAYOT (haq taolo) hayot berishga munosibdir, sizlar esa bir tomoshabinlarsiz.
Ey, siz barcha narsalarni sadaqa qilib oluvchi insonlar,odamzotga shukrona aytish yukini o'z yelkangizga va sadaqa beruvchilar yelkasiga gunoh qilib ortmang.
Yahshisi siz beruvchining sadaqalaridan ruhlanib, qanot chiqarib, sadaqa beryotgan odam bilan birgalikda yuksaling.
Berguvchi odamga shukrona aytish burchini ado etish uchun  ortiqcha tashvishlanish - YARATUVCHIngiz sahovatidan shubhalanishga o'hshaydi...

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Mart 2007, 07:06:45

Yemak va ichmak haqida.

Taomhona egasi bo'lgan bir chol so'radi:
- Yemak va ichmak nimadur?
Avliyo aytdi:
- Qani edi, ildizlari havoda bo'lgan o'simlik kabi zaminning hush isini hidlab nur emib yashay olganingizda!
Ammo siz taomga to'yishingiz uchun biror jonivorni o'ldirsangiz tashnaligingizni qondirish uchun molning bolasini sutsiz qoldirsangiz, shuning uchun yemak va ichmak nimaligi siz uchun sir bo'lib qolsin.
Modomiki shunday ekan, dasturhopningiz o'rmonu vodiylarni begunoh jonivorlarni yanada begunohroq va pokizaroq zot - odamzotga qurbonlik keltiriladigan ibodatgoh bo'lsin.
Biror hayvonni so'yar ekansiz ko'nglingizda bunday duo qiling:
"Seni halok etayotgan Qudrat bir kuni meni ham halok etadi. Va meni ham yer yutib yuboradi. Zero seni meni qo'limga topshirgan qonun bir kuni meni yanada qudratliroq qo'llarga topshiradi. Sening va mening qonim Qazo daraxtining ildizlarini namlash uchun to'kiladigan tomchilardir".
Birorta olmani tishlayotganingizda dilingizda ayting:"Sening urug'laring mening tanamga ekilmoqda. Ertangi g'unchalaring qalbimda qiyg'os gullaydi. Sening hush islaring mening nafasimga aylanadi. Shu tarzda ikkimiz yilning to'rt faslida shod-hurram yashaymiz".
Kuzda tokzorlardan uzum uzib uni ezib sharbarini olganingizda dildan bunday deng:"Men ham tokman, mening ham uzumboshimni charx ezib, suvimni chiqaradi va gullarni sug'oradi".Ko'nglingizda kuz faslini, toklarni va uzum ezuvchi hovonlarni eslang....

Qayd etilgan


Murod_bek  01 Aprel 2007, 21:49:46

Assalomu Alaykum!
Bu kitobning nomi nima ekan?Sotuvda bormi?

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Aprel 2007, 11:22:33

Va alaykum assalam.
Bu kitobning nomi "Donishmand hikmatlari".
Albatta sotuvda bor.
"Ko'kaldosh" madrasasining yonidagi kitob
sotuvchi rastalardan topishingiz mumkin...

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Aprel 2007, 21:06:14

Mehnat nima?

Shundan so'ng dehqon so'radi:
- Biz mehnat uchun tug'ilganmizmi?
Donishmand javob berdi:
- Siz, dehqonlar, tuproqdan uzoqlashib ketmaslik zamin ruhidan judo bo'lmaslik uchun mehnat qilasiz.
Zero, dangasalik - zaminga va yil fasllariga begobnalikdir,cheksizlikka intilayotgan ulug'vor hamda kamtarinlik ila mag'rur hayot oqimidan chetga chiqishdir.
Mehnat qilayotganingizda siz nayga o'hshaysiz, nay - zamon shivirlarini kuyga aylantiradi.
Olamda borliq jo'r bo'lib kuylayotganida siz nay bo'lmasdan sassiz, soqov oddiy qamish bo'lib turishni hohlarmidingiz?
Ammo sizga doimo Mehnat - qarg'ishdir, Ishlash bahrsizlik keltirdai, deb o'rgatishadi.
Men boshqa gap aytaman. Mehnat qilayotganingizda bag'ridan yaralgan zot kelgusida yahshi, ezgu ishlar qiladi, deb orzu qilgan Zamin -Tuproqning umidlari ushaladi. Mehnat qilayotganingizda hayotni sevasiz, uni qadrlaysiz.
Hayot ishqi ila mehnat qilish esa Yaratguvchiga bo'lgan sevgingiz kabi sir - asrordir. Ammo siz tirikchilik uchun ter to'kib mehnat qilish - peshonamga bitilgan qarg'ish chizig'i deb o'ylasangiz, bilingki, peshona terigina Allohning rahmini keltirib qarg'ish chizig'ini o'chira oladi...

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Aprel 2007, 21:18:02

Sizga yana: hayot zulmatdir deya uqtirishgan. Siz esa yashashdan charchagan odamlarning bu gapini takrorlaysiz. Ammo bu to'g'ri fikr emas.
Mehnat haiqda men bunday deyman.:
- Hayot chindan ham zulmatdir, agar harakat bo'lmasa.
- Harakat ko'-r ko'ronadir, agar bilim bo'lmasa.
- Bilim ham bekrodir, agar mehnat bo'lmasa.
- Har qnaday mehnat ham besamardir, agar ixlos bo'lmasa.
Agar ixlos ila mehnat qilsangiz siz o'zingizni taniysiz, bir-biringizni taniysiz va Allohni taniysiz.
Ixlos ila mehnat qilish nima?
Bu - qalbingiz iplari ila ma'shuqangizga atalgan libos tikishdir.
Bu - shunday chiroyli bino qurishki, unda go'yo qalbingiz mahbubasi yashaydi.
Bu - dala,bog'larga shunday urug'lar ekishki, ularning ,mevalari ma'shuqangiz dasturxoniga atalgandir.
Bu - barcha ishlaringizni musaffo rush ila, chin dildan bajarishdir.
Va ishlayotganingizda olamdan o'tib ketgan barcha azizlarning ruhlari sizni kuzatib turganini his eting...

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Aprel 2007, 07:22:31

sizlardan ko'pincha mana bunday so'zlarni uyqusiragandek gapirganlaringizni eshitganman:"Marmar toshlarni taroshlab, o'z ruhining suvratlarini yasagan odamning qalbi yerni shudgor qiluvchining qalbidan go'zaldir,oliyjanobroqdir. Osmon kamalagini matohga inson shklida tushirgan odam shippak to'quvchi odamdan a'loroqdir".
Men esa uyqurirab emas, aniq ravshan shuni aytmoqchimanki:
Shabboda mahobatli chinorga ham, nozik o't - o'lanlarga ham mehribonlik ila qaraydi. Ana shu shabboda tovushini mehri bilan nafis kuyga aylantirgan odam a'loroqdir.
Mehnat bu ko'zga ko'rina boshlagan muhabbatdir.
Agar siz mehr bilan emas, qahr bilan mehnat qilayotgan bo'lsangiz qilmay qo'ya qoling. Yahshisi, siz quvonib mehnat qiluvchilardan ibodatxona darvozasi oldida o'tirib, hayr sadaqa so'raganingiz yahshiroqdir.
Agar hafsalasizlik ila non yopsangiz noningiz taxir chiqadi, yegan kishi mazza qilmaydi.
Agar ko'ngilg'ahslik ila uzum ezsangiz, sharbati og'u-zaharga aylanadi.
Agar farishta bo'lsangiz ham dardli qo'shiqni dildan aytmasangiz ovozingiz odamlarning g'ashiga tegadi. Odamlar qo'shig'ingizdan kechani ham, kunduzni ham ajrata olmaydilar...

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Aprel 2007, 07:35:47

Quvonch va qayg'u.

So'ng bir ayol so'radi:
- Quvonch nimayu qayg'u nima?
Donishmand javob berdi:
- Quvonch degan narsa qayg'uyingizni yashiradigan niqobdir.
Kulgingiz ko'z yoshingiz to'la quduq , qalbingiz tubidan eshitiladi.
Shunday emasmi?
Qayg'u ruhingizga qancha ko'p singisa shunchalik quvonchga nuhtojsiz.
Sizni quvontiruvchi sharob saqlagan xum kulolning tandirida uzoq kuydirilmaganmi?
Ruhingizni quvontiruvchi tanburni usta daraxtni kesib va shilib yasamaganmi?
Qalbingiz tubiga diqqat bilan qarasangiz kechagi qayg'ularingizni bugungi kulgularingiz toshlari bosib turganini ko'rasiz.
Qayg'u kelganida esa kechagi quvonchlar uchun yig'layotgan bo'lasiz...

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Aprel 2007, 07:39:37

Ba'zilaringiz:"Quvonch qayg'udan kuchiroqdir' deysiz.
Boshqalringiz esa:"Yoq, qayg'u kuchliroqdir", deysiz.
Men bo'lsam sizlarga; ular ayrilmas egizaklardir, deyman.
Ular sizning uyingizga bir kunda mehmon bo'lib kelishadi.
Dasturxon ustida quvonch ila o'tirsangiz, to'shagingizda qayg'u birga yotishini unutmang.
Zero, siz tarozi pallasi kabi quvonch va qayg'u orasida chayqalasiz.
Faqat qalbingiz bo'm bo'sh bo'lib qolganida quvonch ham, qayg'u ham yo'qoladi...

Qayd etilgan