Donishmand hikmatlari.  ( 26971 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munira xonim  04 Aprel 2007, 21:04:00

Uy-joylar haqida.

Tosh teruvchi yaqinlashib so'radi:
- uy-joylar haqida gapirib bersangiz.
Donishmand javob berdi.:
- Shahar devorlari ichida uy-joy qurishdan avval cho'llarda hayolan uylar quring, bog'lar yarating.
Zero, har kuni uyingizga qaytayotganingizda huddi cho'lda uy qurib piyoda qaytayotgandek horib charchagan bo'lasiz. uyingiz sizning kattakon vujudingizdir. bu vujudingiz kunduzi quyoshda qiziydi, kechasi soviydi. Siz uxlaganda uyingiz han tush ko'radi. Tushida uyingiz o'zini o'rmonlarda, tog'larda va qirlar ustida ko'radi.
Koshki sizlarning shaharda qisilgan uylaringizni urug'lardek hovuchimga olib o'rmon, qir va o'tlqolarga sochib yuborsam.
Koshki, yashil vodiylar sizning ko'chalaringiz, yashil o'rmonlar hiyobonlaringiz bo'lsa. Bir-birlaringizni uzumzor bog'lardan izlab topsangiz,uyga kelganda kiyimlaringizdan yer tuproq hidi anqib tursa.
Ammo hali bunday zamon kelgani yo'q.
Qadim ajdodlaringiz sizlarni bir-brilaringizga juda yaqin joylashtirgan - qo'qruvdan qutulishingiz uchun. Ammo bu qo'rquv hali juda uzoq davom etadi. Shahar devorlari sizning o'choqlaringiz bilan dalalaringiz orasini hali uzoq vaqt to'sib turadi....

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Aprel 2007, 21:21:27

Nechun bir-biringizdan qo'rqasiz? Siz bu tor uylaringizda, zich yopilgan eshiklar ichida nimalaringizni yashirgansiz, ey, Orifobod odamlari!!!
Qani aytingchi, sizlar o'rtangizda tinch totuvlik xotirjamlik - ya'ni kuch quvvatingizga ishonchingiz bormi?
jimirlagan yulduzlar boshingizda gumbaz bo'lgan chog'larni eslaysizmi? Ana shu yulduz samo - aql idrok olamini eslaysizmi?
Yog'och va tosh buyumlaringizdan sizni uzoqlashtirib, muqaddas tog'lar sari yetaklovchi nafosat hissi bormi sizlarda?
Sizlar oromni, jo'ngina jimjitlik, xotirjamlikni istaysiz. Mana shu xotirjamlik istagi avval uyingizda mehmon, keyin esa amr etguvchi hukmdorga aylanadi.
Xotirjamlik istagi - sizning ehtirosli istaklaringizni o'ldirib, maydalashtirib, qo'g'irchoqqa aylantiradi.
Xotirjamlik istagi - sizni bo'ysundirib, sizni qamchilab turadi.
Xotirjamlik istagi - yumshoq qo'llari ila sizni silayotgandek bo'ladi, lekin uning yuragi temirdandir.
Xotirjamlik istagi - sizni to'shagingiz uzra allalayotgandek, aslida u sizning ustingizdan kuladi.
Xotirjamlik istagi - aqlingizga ofarin deydi va aqlingizni zaiflashtirib mo'rtlashtirib, gulbarglarga o'raydi.
Xotirjamlik istagi - qalb ehtirosini o'ldiradi, uni go'rga kuzatayotib ustidan kuladi.
Ammo kengliklarda yashaydigan, tinib - tinchimaydigan sertashvish jonsarak odamlar esa xotirjamlik paytlarida ham uning tuzog'iga bo'yin egmaydilar.
Bunday jonsarak kishilarning uyi langarda to'htab turgan kemaga emas, yelkani ochiq, safarga shay kemaga o'hshaydi.
Bundaylarning uyi jarohatga bosilgan malham emas, ko'zni asraguvchi kiprikdir.
Keng joyda yashasangiz tor eshikdan o'tish uchun qanotlaringizni yig'ishtirmaysiz, shiftga urilishdan qo'rqib, boshingizni egmaysiz, devorlar yorilib, yiqilib tushadi deb qo'rqmaysiz.
Tiriklay o'lganlar qurgan tobutga o'hshagan uylarda yashamay, keng joylarda, dala qirlarda yashash yahshidir.
Uylaringiz qanchalik muhtasham va uluig'vor bo'lmasin, ularning ichida sir-asrorlaringiz yashirin qolmaydi, yashirin istaklaringizni ham Alloh eshitib ko'rib turadi.
Zero, cheksiz bepayon uylaringiz - osmonlardir, ularning darvozasi - tonggi tumanlar, derazalari esa - tun sokinligidir...

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Aprel 2007, 18:55:07

Kiyim - kechak nima?

Tikuvchi so'radi:
- Kiyim kechak haqida nima deysiz?
Donishmand javob berdi:
- Kiyimlaringiz badaningiz go'zalligini yashiradi, lekin dilingizdagi hunukliklarni yashira olmaydi.
Siz kiyimlar erkin bo'lishini hohlaysiz,lekin o'zingiz ularga asir bo'lgansiz.
Quyosh va shamollarga kiyimlaringizni emas, qalbingiz va vujudingizni tutsangiz edi.
Zero hayot nafasi - quyosh nurlarida hayotning qo'llai - shamollardadir.
ba'zilar deydiki:"Shamolning sovuq yellari bizning kiyim - kechaklar ijodkoridir".
Ha, chindan ham libosingiz usatasi shamol yellari. Ammo uning uchun hayo va ibo - to'quv dastgohi, mushaklar horg'inligi - chevar iplaridir.
Shuni unutmangki, hayo va ibo sizni yomon ko'zlardan asraydi.
Yomon ko'zlar yoqolsaydi, uyalishga hojat ham qolmasdi.
Shuni unutmangki, zamin uchun yalang oyoqlaringizni his qilishni, shamol uchun  esa sochlaringiz ila o'ynashish yoqimlidir....

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Aprel 2007, 19:14:51

Savdo - sotiq haqida.

Bir savdogar so'radi:
- Savdo - sotiq nimadir?
Donishmand javob berdi:
- Dala, bog'lar, zamin sizga hosillarini uzatar ekan, hovuchingizga to'lgsani sizga yetarlidir.
Zamin noz - ne'matlarini ayirboshlash bilan mo'l - ko'lchilik,farovonlik tug'iladi.
Ammo ayirboshlashda mehr, hayrihohlik va adolat yo'qolar ekan, birovlarni ochko'zlik, birovlarni esa ochlik o'z domiga tortib ketaveradi.
Sizlar - dengiz, dala va bog'larning zahmatkashlari bozor maydonida tikuvchilar, kulollar va qandolatchilarni uchratar ekansiz, Allohdan so'rangki, Zamin farishtalari sizlarning noz-ne'matlaringiz o'lchanadigan tarozularni,hisob kitoblarni adolatli qilsinlar.
Bozorga quruq qo'l bilan keluvchi, faqat gap sotuvchi, dangasalarni kiritmang.
Ularga aytingki:"Yahshi yashashni istasangiz, biz bilan dalada ishlang yoki debgizda baliq tuting. Zero, yer va dengiz bizga qancha sahovatli bo'lsa, sizlarga ham shuncha sahovatlidir".
Bozordan ketar ekansiz, shunday qilingki, hech kim u yerdan quruq chiqmasin. Zero, orangizda eng muhtoj, eng bechora odamlar ham tilagiga yetmasa, yer farishtalari orom topmaydilar....

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Aprel 2007, 10:25:16

Jinoyat va jazo haqida.

Shundan keyin shahar qozikaloni oldinga chiqib so'radi:
- Jinoyat va jaoz nima?
Donishmand javob berdi:
- Sizning daydi ruhingiz shamollar orasida qolsa, birovlarga ham, demak, o'ziga ham zarar yetkazishga urinadi.
Siz go'yo Alloh dargohiga kelib, huzuringga kiraman,deb to'palon ko'tarasiz va Alloh bu to'palonni eshitmaydi, deb o'ylaysiz.

Sizlarning ruhingiz javhari - ilohiydir.
Bu toza ruh qanot chiqarib, to'palon, g'alvalardan uzoqlashgan kishini arshi a'loga ko'taradi.
Ruhingiz javhari quyoshdek nurafshondir. u ko'rsichqon ishlariga va ilon uyalariga kirmaydi.
Ammo tabiatingiz faqat ilohiy javhardangina iborat emas. Sizning tabiatingizda insonga hos hislatlar ko'p, ammo hali hayvonlik ham oz emas, vujud va ruhingizda mudrab yotgan bir hunuk va mitti mahluq bor-ki, u hali zamon uyg'onib qolishi mumkin.
Hozir ruhingizdagi insonlik haqqi haqida gapirmoqchiman. Zero, jinoyat nimaligi va jazo nimaligini sizning ilohiy javharingiz ham, sizda mudrab yotgan mitti mahluq ham bilmaydi, balki sizdagi insonlik bilishi, farqlashi mumkin...

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Aprel 2007, 10:40:28

Ko'pincha sizlar yovuzlik qilganlar haqida shunday gapirasizlarki, huddi hech qachon o'zingiz yovuzlik qilmagandek. O'zingizni ularga qo'shmaysiz. Ular sizning olamingizda chaqirilmagan mehmondek ko'rinadi.
Bilinglarki, aziz-avliyolar ham hech qachon Haq-taolo martabasiga yetmagan.
Sizlarni eng tubanlaringiz, yomonlaringiz esa, Iblis darajasiga yetolmaydi.
Daraxtning har bir yaprog'i sarg'ayishiga barcha shoh butoqlar indamay qarab turgani kabi, sizlarning bittangiz boshqalaringiz indamay turganingiz uchun jinoyat qiladi.
Siz ham yo'l, ham yo'lchidirsiz.
Ilohiy javharingizni izlab barchangiz saf tortib ketayotganingizda orangizda bittangiz yiqilasiz. Safdagi hamma odamlarni yiqilgan odam yo'lda qoqiladigan tosh borligidan ogohlantiradi.
Yiqilgan odam safda oldin borayotganlar aybi bilan ham yiqilgan,chunki oldingizlar haligi toshni yo'ldan olib tashlamaganlar.
Sizlarga malol kelsa ham shuni aytib qo'yay:
- Oldirilgan odam o'limiga o'zi ham sababchidir.
O'g'rilardan ehtiyot bo'lmagan kishi puli to'qolishiga o'zi ham aybdordir.
Vijdonsiz kishining yomonlik qilishiga bir chetga chiqib, tinch yashayotgan avliyo ham aybdor.
Halol kishi ham yomonlik qiladi.
Aybdor kishi ko'pincha haqorat qilingan odamdan jabr ko'rgani uchun yomonlik qiladi.
Qamoqda yotgan ko'p mahbuslarning jinoyatiga aybsiz, pokdamon kishilar sababchi bo'lishi mumkin.
Sizlar haq ila nohaqni yahshi ila yomonni ajratolmaysiz. Ularning ikkisiga ham quyosh birdek nur sochadi, qora ip, bilan oq ip bir qatimga shilgandek.
Qatimdagi qora ip uzilsa tikuvchi datgohni to'htatib, butun matohni tekshirib ko'radi. Sizlarning birortangiz ayoliga hiyonat qilayotgan erni ayblab hukm chiqarar ekansiz, ayolida ham ayb borligini takshirib ko'ring.
Siz birovni hafa qilgan kishini urmoqchi ekansiz, hafa qilingan odamning ko'nglida nima borligini, uni ham aybi borligini o'ylab ko'ring...

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Aprel 2007, 08:02:04

Birortangiz adolatli ish qilaman deb, yomon daraxtni kesib tashlash oldidan uning ildizi borligini ham o'ylab ko'ring. Ana shu ildizlar ichida yahshisi ham, yomoni ham, meva beradigani ham, bermaydigani ham borligini ko'rasiz.
Adolat qiluvchi qozilar,siz:
- Vujudi pok, lekin qalbi nopok kishiga qanday jazo berasiz?
O'zining ruhi o'lgan, lekin boshqaning vujudini o'ldirgan kishiga qanday jazo berasiz?
Aldamchi va zolim kishi agar o'zi ham aldangan va zulm ko'rgan bo'lsa nima qilasiz?
Qilgan yomonligidan ko'ra afsus-nadomati ziyodaroq odamni qanday jazolaysiz?
Gunoh qilganiga afsuslanib, tavba qilishning o'zi adolatli emasmi?Siz shu adolatga jon dilingizdan hizmat qilmaysizmi?
Ammo siz aybsiz kishini majburan tavba qildirishingiz, aybdor kishining tavbasiga parvo qilmasligingiz adolatsizlikku?
Qorong'u, zulmatda odamlar qanday jinoyatlar qilayotganini bilmaysiz. Faqat olam yorishganda qiyomat kuni bilishingiz mumkin. Ana shunda ilohiy javhar egasi ham qorong'ulikda qalbidagi mahluq (nafsi ammora) istagi bilan jinoyatlar qiligan odam ham bir odam ekanligini ko'rasiz...

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Aprel 2007, 08:09:57

Qonunlar haqida.

Shundan keyin bir qozi so'radi:
- Ustoz, qonunlar haqida nima deysiz?
Donishmand javob berdi:
- Sizlar qonunlarni chiqarishni yahhsi ko'rasiz.Ammo qonunlarni buzishni undan ham yahshi ko'rasiz.
Siz dengiz sohilida qumdan uylar qurib yana buzib quvonib o'ynayotgan bolaga o'hshaysiz.
Siz qum ustida qasr qurar ekansiz, ummon to'lqinlari uni buzib tashlayveradi.
Qurgan qasringizni o'zingiz buzayotganingizda ummon ham sizga qo'shilin qiyqirib quvonadi.
Chindan ham ummon ko'ngli beg'ubor bolalar ila quvonadi.
Ammo odamlar borki, ularning hayoti ummon emas, odamlar uchun chioqarilgan qonunlar qumdan yasalgan qasrlar emas. Bularga nima deyish mumkin?
Kimlargadir hayot harsangtosh, qonun esa o'sha harsangni yo'nib Insonga o'hshatadigan pichoq, poyteshadir.
Raqsga tushayotganlarni yomon ko'radigan cho'loq kishiga nima deyish mumkin?
Ho'kiz o'z bo'ynidagi bo'yinturug'ini yahshi ko'radi va o'rmonda ozodlikda yurgan bug'u va kiyiklarni boshpanasiz daydilar, deb hisoblaydi.
Bunday ho'kiz haqida nima deyish mumkin?

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Aprel 2007, 08:23:24

Po'st tashlay olmaydigan ilon boshqa po'st tahslagan ilonlarni yalang'och va uyatsiz deb o'ylaydi.
To'y ziyofatga hammadan oldin kelib, yeb - ichib, bo'kib ketadi-da, ziyofatlar qonunbuzarlarning joyi deb yomonlaydi.
O'zlari quyoshga yelkalarini tutib oftobni yomonlaydigan bunday kishilar haqida nima deyish mumkin?
Bunday odamlar faqat o'zlarining soyasini ko'radi va shu soyani qonun deb hiblaydilar.
Quyosh bundaylarga faqat soya berish uchungina hizmat qiladi.
Qonunlarga e'tirof etish - yerdagi soyalarni qonun deb, soyaga ergashuv kabidir.
Ammo quyosh tarafga qarab borayotganlarni hech qanday soyalar to'htatib qololmaydi.
Shamoldek yelayotgan ey, siz odamlar, hech qnaday shamol parrak sizlarga yo'l ko'rsatib berolmaydi.
Siz agar bo'yinturuqni tashlasangiz, hech bir qonun sizning qo'l-oyog'ingiz bog'lay olmaydi. Ammo qamoqhona darvozasiga yaqin kelib qolgan bo'lsangiz boshqa gap.
Agar zanjirlarsiz, erkin yashamoqchi bo'lsangiz, qonunlardan qo'rqishga hojat qolmaydi.
Ey, Orifobod ahli, sizlar nog'orani va lirani chaldirmay qo'yishingiz mumkin, ammo hech biringiz hech qanday qonun bilan to'rg'ayga sayrashni man qila olmaysiz...

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Aprel 2007, 06:59:41

Ozodlik haqida.

Notiq siyosatchi savol berdi:
- Ozodlik nedur?
Donishmand javob berdi:
- Sizlarni shahar darvozalari oldida va uyda o'choq, mehribonlaringiz oldida ozodlikka, erkka sajda qilayotganingizni, unga madhu sano aytayotganingizni ko'rdim.Bu ishingiz huddi qullarning o'z zolimlarini maqtashiga o'hshab ketadi. Garchi olimlar o'z qullarini halok etayotgan bo'lsa ham.
Ha, ibodathona, bog'u hiyobonda, qal'a devorlarining soyasida sizlar ozodlikni, erkni bo'yinturuq va kishan kabi taqib yurganingizni ko'rdim.
Bu ishingizni ko'rib yuragim qonga to'ldi,chunki ozodlik uchun kurashuv va unga erishuv haqidagi safsatalaringiz, hatto ozodlikka chiqish istagingizning o'zi sizni qul qiladi, oyoqlaringizga kishan, burunlaringizga jilov bo'ladi. Siz ozod bo'lish istagidan qutulganingizdagina o'zingizni chinakam ozod his etishingiz mumkin.
Kunlaringiz va tunlaringiz muhtojlik va kulfatdan qutilganda, bu muhtojlik va kulfatlarni kishan qilib emas, belingizga belbog' qilib, erkin ishga tushganingizdagina ozodlikka chiqa olasiz.
Haqiqatga yetishay deb turgan umringiz tongida siz o'zingizni kishanga solgansiz, tunu kun sizni qiynayotgan mol, dunyo tashvishlaridan qachon qutulibqaddingizni rostlab,haqiqat nuriga intilsangiz o'shanda ozod parvoz qila olasiz.
Siz ozodlik deb intilayotgan narsa, quyoshda yaltirab, ko'zingizni qamashtirayotgan narsalar yahshi ishlar qilishingizga halaqit berayotgan eng mustahkam kishanlardir.
Siz ozodlikka erishaman deb, o'zligingizni parcha-parcha qilib yo'qotmayapsizmi???

Qayd etilgan