Aql va hissiyot haqida.
Yana bir ayol so'z oldi va so'radi:
- Aql va hissiyot nimaligini aytib bering.
- Donishmand javob berdi:
- Ko'pinch ko'nglingiz jang maydoniga aylanadi - aqlu irodangiz bilan hissiyotlaringiz o'zaro jangga kirishadi.
Agar men sulhchi bo'lganimda, ko'nglingizdagi kurashni, raqiblar jangini to'htatib, har ikkala tomondagi lashkarni - barcha zarralarni birga kuylashga chaqirardim.
Ammo o'zingiz o'z ko'nglingizdagi zarralarni sevganingizda edi, ularning olishuviga yo'l qo'ymasdingiz.
ko'nglingiz va ehtirosingiz - dilingiz dengizida po'rtanalarda borayotgan kemaning ruli va yelakanlaridirki, bularning har ikkalasi kema uhun zarurdir.
Ammo rul ishdan chiqsa, bo'ron yelkanlarga urilib, kemani no'malum tomonlarga olib ketadi, agar yelkanlar parchalansa, rul kemani biror tarafga burolmaydi.
Yolg'iz aqlning o'zi qolsa hamma narsani cheklaydi.
Yolg'iz ehtiroslar qolsa - vujud va ruhni kuydirib kul qiladi.
Shuning uchun ko'nglingizda aqlingiz ehtirosga, uning kulashiga yo'l bersin, ehtiroslaringiz esa aql ko'rsatgan yo'ldan yursin. Aqlingiz ehtiroslar oloviga suv sepib, o'chirib tursin. Shunda ehtiroslaringiz huddi samandar yoki qaqnus kabi har kun o'lib, har kuni yana qayta qad ko'taradi.
Istardimki, aql bilan ehtiros o'zaro dushman emas, balki, ikkisi ham ko'ngil uyining aziz mehmonlari bo'lsin.
Ko'ngil uyining mezbonlari ahir mehmonlardan birini e'zozlab, boshqasini yerga uemaydi. Ikkisidan birini ustun qo'ysangiz har ikkisi ham sizga bo'lgan ishonchini yo'qotadi.
Yashil qirlar orasida kumush rang teraklar soyasida o'tirib, olis dalalar va o'tloqlar bilan oromingiz baham ko'rayotganingizda ko'nglingizda:"Yo, Alloh taolo, aqlni dilimga oshno et!" deb duo qiling.
Mabodo shamol va bo'ron o'rmondagi daraxtlarni larzaga solib, momoqaldiroq chaqib, osmon qudratini namoyon etsa, dilingizda ayting:"Haq taolo qudratlidir!Olam Uning qudrati bilan harakatga keladi!"
Modomiki, umringiz ilohiy olamda bir nafaschalik, ilohiy o'rmonda bir yaproqchalik ekan, siz aql bialn orom oling va ehtiros ila yo'lga tushing...
Imom Zayniddin Muhammad G'azzoliy o'zining 'kimyoyi saodat" asarida inson ruhida dil Pdshoh va aqlni vazir deya ta'riflaydi.