Jaxon futboli yulduzlari!!!  ( 3770 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Habibilloh  20 Dekabr 2010, 22:27:15

Bu mavzu orqali sizlarni jaxonda tanilgan yulduzlar bilan tanishtirib o'tamiz.

Qayd etilgan


Habibilloh  28 Dekabr 2010, 22:12:06

Betakror - "ALEKS"
F.I.Sh(lotinda): Alessandro Del Piero.
Tug'ilgan kuni va joyi: 9-noyabr 1974-yil, Konelyano, Italiya.
Fuqaroligi: Italiya.
Klub: Yuventus | Ampula: hujumchi | raqami: 10.
Bo'yi: 173 sm | og'irligi: 73. kg
Rasmiy sayti: www.alessandrodelpiero.com/

Alessandro Del Piero 1974-yil 9-noyabr kuni dunyoga kelgan. Bolaligida Del Piero har doim futbol o'ynagan. Uning onasi uni darvazabon bo'lishini istagan, chunki bu pozitsiyada uni jarohat olish ehtimoli kam edi , lekin uning akasi - Stefano onasining fikriga qo'shilmay : "Axir uni hujumda qanday zo'rligini ko'rmayapsizmi?"- degan. Shundan so'ng Alessandro pozitsiyasini o'zgartirgan va bu o'zini oqlagan qaror bo'lib chiqdi.
Del Pieroning futbol maydonidagi debyuti "Padova" klubining tarkibida sodir bo'ldi. Yuventus muxlislarining bo'lajak kumiri bu klub tarkibida ikki mavsum to'p surdi, 1991-yildan 1993-yilgacha. Lekin "Padova"da u asosiy tarkib o'yinchisi emas edi. Del Piero "Padova" tarkibida 14 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golga mualliflik qildi.

1993-yildan boshlab Del Piero "Yuventus" futbolchisi hisoblanadi. Bu davr ichida u notanish o'rinbosardan A seriya top-klubining ko'pyillik yetakchisi, klub sardori va dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Alessandroning "Yuventus"dagi debyuti 1993-yil 12-sentyabrda sodir bo'ldi. "Fodji"ga qarshi kechgan uchrashuv 1-1 hisobida yakunlandi. Turinliklar tarkibidagi ikkinchi o'yinidayoq Del Piero o'zining birinchi golini kiritdi. "Parma"ga qarshi kechgan keyingi o'yinda esa Del Piero asosiy tarkibda maydonga tushdi va "xet-trik" qayd etdi
Chempionlar ligasida u jarima to'pidan betakror gollar kiritgan va kiritib kelmoqda. "Yuventus" tarkibidagi birinchi yillari u hujumchilar Janluka Vialli va Fabritsio Ravanellilarning ortida o'ynagan , keyinchalik esa Zayniddin Zidan va Filippo Indzagilar bilan o'ynab ketgan. Del Piero "Yuventus" tarkibida 650 taga yaqin o'yinda maydonga tushdi va 300 tadan ko'p golga mualliflik qildi. Del Piero "Yuventus" tarkibida 6 ta skudetto, 4 ta Italiya superkubogi 1ta Italiya kubogi, 1 marta chempionlar ligasi kubogi, 1 marta Yevropa Superkubogi va 1 marta Qitalararo kubogni qo'lga kiritdi. Del Piero to'rt marotaba Cempionlar ligasi finalida ishtirok etgan va bir marotaba g'alaba qozongan.

Del Piero "Yuventus" boshiga qora kunlar kelganda ham, klubga sodiq qoldi va o'zining klubi tarkibida B seriyada to'p surdi. Klubdagi hamkasblari bilan u turin klubini yana elitaga qaytardi va hozir u klub tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri hisoblanadi

Alessadro Del Piero ketma-ket ham B seriyada, ham A seriyada to'purar bo'ldi, bunday natijaga faqatgina italiya terma jamoasi forvardi Paolo Rossi (1977-1978) erishgan edi. 2007/08-yilgi mavsumda Aleks o'zining shaxsiy rekordini takroroladi: A seriyada 21 ta gol. Bundan oldin 1997/98-yilgi mavsumda Del Piero 21 ta gol kiritgan edi. 2006/07-yilgi mavsumda B seriyada ham Del Piero 21 ta gol kiritgan

Italiya terma jamoasi tarkibida Del Piero 1995-yildan boshlab o'ynagan. U Italiya tarkibida euro-96,2000,2004 larda va Jch-98,2002,2006 larda maydonga tushgan.2006-yilgi jahon chempionatida Germaniyaga qarshi kechgan yarimfinal uchrashuvida Aleks g'alaba to'pini kiritgan va Italiyani chempion bo'lishiga munosib hissa qo'shgan.

Qayd etilgan