Futbol sharhlovchilari xato qilsa...  ( 16243 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


muxbir  16 Iyun 2006, 17:43:16

"¢ Match boshlanishiga besh daqiqa qoldi, hisob hamon 0:0.
"¢ Bu forma hujumchining omadli libosi! Mana o‘n besh yildirki, u mana shu libosni yechmaydi!..
"¢ Shunday kuchli va xavfli raqibga gol urganidan xursand bo‘lgan Badjo darvozaga osilib qoldi!
"¢ Vialli yon chiziqdan raqib oyoqlari bilan birga chiqib ketdi.
"¢ Ronaldoga jarohat yetkazishdi. Hakam endi vrachlar yordamiga ehtiyoj yo‘qligini ko‘rsatmoqda.
"¢ Shovkovskiy o‘zining hayotdagi do‘sti — Vladislav Vaщukdan pasni qabul qilib oldi. Darvoqe, ular turmush qurishgan.
"¢ Per Luiji Kollina sukut saqlayapti. Buni hatto men ham eshitayapman.
"¢ Ikkinchi taym Yuvenning Turintus jamoasi hujumi bilan boshlandi.
"¢ Ay-yay-yay-yay-yay! Fikrimga qo‘shilasizmi?
"¢ Shvedlarning bosh murabbiyining ko‘zlaridan baxt yoshlari oqmoqda... E, yo‘q,yordamchilaridan kimningdir qo‘li uning ko‘ziga kirib ketibdi.
"¢ Maminov Sergey Gashkinning oyoqlaridan foydalanib to‘pni chiqarib yubordi.
"¢ Zarba juda kuchli bo‘ldi. To‘p himoyachining boshiga tegdi. Agar uning ichida miya bo‘lsa, chayqalgan bo‘lishi mumkin.
"¢ Akopyants bugun hamma joyda ko‘rinmoqda — hozirgina raqib darvozasiga hujum qilgandi, endi o‘z darvozasi oldida yumalab yotibdi.
"¢ Negadir men Ouenni yo‘qotib qo‘ydim. Maydonda ham yo‘q, o‘rindiqda ham ko‘rinmayapti. Biror joyga yashirinib oldimikan-a?
"¢ Titov avstriyalikdan pas qabul qilib oldi. Juda yaxshi to‘p uzatish. O‘zimiznikilardan bunaqasini olish qiyin.
"¢ Maydon chetida murabbiy faol harakatda: qichqirayapti, qo‘li bilan ko‘rsatayapti, ichyapti, ba’zan esa chekayapti ham...
"¢ Yon chiziq hakami chiroyli holatlar ko‘rsatmoqda. Avval balet bilan shug‘ullangan bo‘lsa kerak.
"¢ Bu to‘p uzatish tribunada o‘tirgan biror tanish yoki yaqin odamga bo‘lsa kerak.
"¢ Himoyachilar ortda qolib ketishdi va hujumchi darvozabonni xotirjam nishonga oldi.
"¢«Mash’al» «Paxtakor» qancha gol urgan bo‘lsa, shuncha to‘p kiritdi. Ya’ni birorta ham emas.
"¢...va bizning hujumchi raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi! Hakam nima demoqda? Hakam bugun tashqarida havo ancha sovuq va shuning uchun yerda uzoq yotmaslik kerak deydi.
"¢ Hakam ogohlantirish berdi: kolumbiyaliklardan to‘pni olib qo‘ymaslik kerak, ular ham futbol o‘ynash uchun kelgan.
"¢O‘yinchilar juft-juft bo‘lishdi va harakatlana boshlashdi.
"¢Leonenko 45 daqiqadan buyon chigalyozdi mashqlarini bajarmoqda. Judayam qizib ketmadimikan?
"¢ To‘p o‘zi uchun maxsus tayyorlab qo‘yilgan darvoza to‘riga borib tushdi.
"¢ Mana, o‘ttiz yettinchi daqiqa tugashi bilanoq o‘ttiz sakkizinchi daqiqa ham boshlandi.
"¢ Mana, madhiyalar yangradi. Endi eng qizig‘i boshlanadi.
"¢ Vaziyatni o‘rganib chiqib, Klinsmann Frantsiya tomon kuchli zarba yo‘lladi.
"¢ Juda kuchli zarba — «Bolton» futbolchisi o‘z jamoasi o‘yinchisini o‘ldirib qo‘yishiga oz qoldi.
"¢ BAA futbolchilari bezgak kasalligi tutqanog‘ini namoyish qilib berishyapti. Bu muxlislarga yoqdi va ular o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlay boshladilar.

7 mo’jiza gazetasidan

Qayd etilgan


muxbir  16 Iyun 2006, 17:45:04

Фpазы футбольных комментатоpов

- Александp Боpодюк запутался в мяче.
- Сеpгей Гоpлукович встал на его пути и подставил свою железную pуку.
- Вот занеpвничал и зашевелился наш мозговой центp.
- Он пpодиpался сквозь частокол ног.
- Hужно поактивнее получать мяч у нашего вpатаpя.
- Hе все запасные игpоки выйдут сегодня на поле, но кто-то из них двоих.
- Мексиканцы стали даже по дpугому двигаться.
- Hе понял Массаpо замысла Сеньоpе, а тот бpосал его в пpоpыв...
- Очень опасны для вpатаpя удаpы по воpотам головой.
- Испанцев как бы медом не коpми...
- Hикто из голландцев не пpедлагает себя на получение мяча впеpед...
- Игpоки, получившие, будем так говоpить, тpавму...
- Аpбитp, тот, котоpый со свистком...
- Футpе, левая, как клюшка у него, - будто пpодолжение pуки.
- Такой пpиземестый квадpатненький футболист.
- Баджо, безусловно, был пеpвым на мяче.
- Баджо окопался на левом фланге.
- Баджо пpишел, помог, подставил ногу...
- Баджо и Раванелли pасступились, как бы пpедлагая: "Давай, сыгpай!"
- У него отличные ноги. Он может двигать ими и напpаво, и налево.
- Он вошел в штpафную зону и выложил на ногу Гpасси...
- ...это понpавилось болельщикам, и они начали болеть за свою команду.
- Очень хоpоший кусочек пpовели голландские футболисты.
- Дюбаppи, падая, запутал сопеpнику ногу.
- ...достаточно беззубо сыгpал в этом эпизоде...
- Тpавма быстpо не напоминала о себе.
- Фехтуя одной ногой, он пытался делать пеpедачу.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Sentyabr 2007, 13:55:37

"Quruvchi" himoyachilari to'pni qaytarishdi. Endi to'p hech kimda emas. (Paxtakor-Quruvchi o'yinidan.)  :)

Qayd etilgan


gayrat17  24 Sentyabr 2007, 17:33:36

Top Azizjon Xaydarovda...(sal o'tgandan keyin)
Vitalijon kechirasilar Vitali Denisov :D (O'zimizni Eldor Aka. )

Qayd etilgan


Shoxjahon12  27 Sentyabr 2007, 14:36:13

Arab futbolchisi huddi jon taslim qilayotgan qo'zichoqdek to'lg'ona boshladi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  08 Oktyabr 2007, 18:14:23

(Paxtakor-Quruvchi o'yinidan):

Anvar G'ofurov to'pni jarima maydoniga oshirdi. (Na Paxtakorda,na Quruvchida Anvar G'ofurov nomli futbolchi yo'q))))

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 Aprel 2008, 13:21:55

Realning Madrid klubida o'ynayotgan Fabio Kannavaro ham ushbu o'yinga munosabatini bildirib o'tdi.

("Yuventus" - "Inter" o'yini sharhlovchisi)

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  03 May 2008, 10:44:24

To'p bilan 8 raqamli o'yimchi, u to'pni 10 raqamli hujumchuga oshirdi, nihoyat to'pni raqib jamoaning 2 raqamli himoyachisi olib qo'ydi (Buyam Eldor Mustafouevga o'xshatma :)))))

Qayd etilgan


Shoxjahon12  06 Iyun 2008, 10:02:22

Pavel Bugalo maydonga chiqmadi, shuning uchun Murod Zuhurov maydonga tushdi. :)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  13 Iyun 2008, 07:47:22

To'p havoda aylanib yuribdi. U yerga tushishni istamayapti. :)

(Yevropa chempionati sharhlaridan biri)

Qayd etilgan