Ayol kishiga qo'l ko'tarish PASTKASHLIK!  ( 18917 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  11 May 2007, 16:00:33

[/center]Ayollar  haqida.[/center]
   Ayol-bu oilaning ko’rkidir. Biz ayollarimizni doimo avaylab asrashimiz kerak. Qadim zamonlardan ayol oilaning ko’rki bo’lib kelgan. Zamonamiz ayollar bilan har doim charag’on.    
   Hozirga zamon ayollariga etibor beradigan bo’lsak har ishda erkaklar qatori ishlashadi. Mamlakatimiz konstitutsiyasida ham ayollar bilan erkaklarning teng huquqliligi qayid qilib o’tilgan. Avvallari ayollarning o’qishiga yo’l qo’yilmagan. Ular har doim erkaklardan bir pag’ona past yurgan. Hozirda esa ayollar ham erkaklar bilan bir qatorda har ishda qolishmasdan xizmat qilishmoqda. Misol uchun qiysi sohani olmang har birida ayollar ham ishlashadi. Ayollarimiz ishlash bilan birgalikda uy -ro’zg’or ishlarini ham o’z joyida qilishadi. Bolalar tarbiyasi bilan ham asosan ular shug’ullanadi. Ayol oilaning ko’rki.       O’zbegim ayollarining qo’lidan kelmaydigan ish yo’q. Har ishda jon berib ishlashadi. Ular tayorlagan taomlar, to’qigan gilamlar xullas har bir qilgan ishlarini tariflash har bir insonga huzur baxsh etadi.   
   Shuning uchun biz ularga qo’l ko’tarishimiz menimcha katta gunoh hisoblanadi. Biz ularni ardoqlaylik va hurmat qilaylik.

Qayd etilgan


Amina  17 May 2007, 11:06:34

ani fikrimcha, dunyodagi eng qorqoq kishi ayolga qol kotarolidi. chunki uning kuchi faqat ayollaga yetadi. ayol-oila chirog`i. ayoli bor uyning dasturxoni kambag`al bo`lsa ham mazasi totli. uni xorlagan kishi ozi hech qachon baxtga yetmaydi. lekin insonni ozida vijdon bolsagina ayolini hurmat qilolidi.

Qayd etilgan


SHahinur  17 May 2007, 22:28:20

Assalomu alaykum,manimcha uz onasini opa-singillarini hurmat qilgan erkak hech qachon ayol kishini urmidiyam sokmidiyam,qush inida kurganini qiladi dib togri etishgan ayolini yoki boshqa qizni urib sokvotgan yigit kishi huddi shu ishni uyida kurgan ya'ni otasi onasini urvotganini kurib demak ayol kishini urish mumkun digan fikrda kotta bugan va kotta buganida uyida korganini bir kun keganida qaytaradi.
Togri ba'zida insonni qattiq jahli chiqib ketishi jahlda urvorishi yoki yomon gapla etvorishi mumkun,lekin nima bolganda ham shu payitda uzini tutib qo'l kotarib urmasligi kerak bir marta urgan inson kegin yana usha ayolni arzimas aybi uchun ham urishga odatlanib qoladi,judayam  qattu jahlini chiqarsa shundoq eshikni ochib ko'chaga chiqarvorsa shuni uzi usha ayolga yetib ortsa kerak bu mani fikrimcha urgandan ham ogirroq jazo buladi,lekin hech qachon kotta hato qilsa ham urish keragmas uzini hurmat qilmagan PASTKASHLA uradi ayol kishini.

Qayd etilgan


lolo  18 May 2007, 22:55:31

Ayollar eridan kaltak yeganida ko'pincha tili uzunligi sabab bo'lgan.

Undan keyingi sabablarni esa yuqorida MADINAQIZ aytib o'tibdila.

Va keyingi sabablar esa erning axmoqligidir.

Qayd etilgan


Abdulholiq  09 Iyul 2007, 20:52:00

Rohatoy,Islomda erkaklar uchun ayolini ma'lum shartlar asosida kaltaklab, tarbiya qilishga ruhsat bor.Chunki,o'zingiz tushunasiz "gurunch kurmaksiz bo'lmaydi",shunga ko'ra ilmsiz ayollar ham etarli.Ularga kaltak ta'sir qilgandan so'ng insof kirib qoladi.Erkak kishi darhol "uch taloq"san deb tiliga erk bermasdan,kaltaklasa joiz deyishgan.
     Siz keltirgan vaziyatda esa qiz ham bola ham nohaq.Biri qo'l ko'targan bo'lsa,ikkinchisi nomahram bilan uchrashib yuribdi.

Qayd etilgan


Muslimа  29 Iyul 2007, 12:23:34

Niso surasining 35 — oyatida Alloh taolo quyidagicha marhamat qiladi:
   "œErkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o’z mol-mulklaridan sarf-harajat qilganlaridir. Bas, ibodat itoatli va erlari yo’qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarini mol-mulklarini va o’z iffatlarini) saqlovchi xotinlar — yaxshi xotinlardir. Xotinlaringizni itoatsizligidan qo’rqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar, so’ng (nasihatlaring kor qilmasa) ularni yotoqlarda tark qilingiz (ular bilan bir joyda yotmang, yaqinlashmang), so’ngra (ya’ni shunda ham sizlarga bo’ysunmasalar) uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo’l axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bo’lgan Zotdir".

   Oyatning izohida shunday deyilgan: Ushbu oyatda oiladagi er bilan xotinni o’rni belgilab berilgan. Shariat hukmicha, er avvalo oilani barcha moliyaviy va ma’naviy taraflariga javobgar bo’lgan, uni chetdan bo’ladigan har qanday hurujlardan himoya qiladigan shaxsdir. Mana shular evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og’ir-bosiqlik, oila tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar sababli u oilaning boshlig’i sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr sadoqatli bo’lgan ayoldir. Agar xotin tomonidan oilaning yo er-xotinning tinch-totuvligiga rahna soladigan biron fe’l sodir bo’lsa, erning vazifasi avvalo unga yaxshilik bilan tushuntirish, tushunmasa mehru muhabbatini darig’ tutish bilan o’z noroziligini biladirishdir. Bu ishlar FOYDA BERMAGAN TAQDIRDAGINA xotiniga (UNI URIB ROHATLANISH UCHUN EMAS(!), balki to’g’ri yo’lga solish maqsadida) qo’l ko’tarishga ruhsat beriladi. Lekin tabiiyki, erga itoat qilishni o’ziga BURCH deb bilagan ayol va o’zidan qudratliroq bo’lgan Zot — ALLOH ko’rib turganiga IYMONI komil bo’lgan er bu OXIRGI CHORAGACHA ETIB KELMAYDILAR.

Alouddin Mansurning "œQur’oni Karim" o’zbekcha izohli tarjima kitobidan olindi.

P.S. Darhaqiqat, Quroni karim barcha savollarga javob, barcha dardlarga shifo bo’ladigan kitobdir! Alloh taologa hamdlar bo’lsin!

Qayd etilgan


Foniy  09 Avgust 2007, 11:20:13

Assalomu alaykum!

1. Bir kishi kelib seni otangdan yoki tarbiyachingdan so‘raydi. U esa seni fikringni so‘raydi, rozi bo‘lsang, tez orada bahtli nikoh munosabati bilan dasturxon yoziladi. Seni yaqinlaring va do‘stlaring tabriklaydilar va senda o‘zing beka bo‘ladigan va farzandlaringni tarbiyalaydigan uying paydo bo‘ladi.

2. Sen, sen va farzandlaring uchun mehnat qiluvchi erga ega bo‘lasan. Sen ish qidirib, ishxonalar ostonasini yalashing yoki go‘zalliging o‘tishi bilan seni tashlab yuboruvchi fohishaxonalarda tirik tovarga aylanishingga hojat qolmaydi.

3. Agar ering bilan qarisang, yoki ering vafot etsa, senda doim senga hizmat qiluvchi va ko‘nglingni oluvchi farzandlaring bo‘ladi. Sen bilan muloqotdan xursand bo‘luvchi va seni vaqtingni chog‘ etuvchi nabiralaring bo‘ladi.

4. Agar, Alloh asrasin, ering vafot etsa va sen hali yosh bo‘lsang, boshqa er topishing mumkin, chunki sen sof hayotda yashamoqdasan. Ammo, agar sen pulga sotiluvchi buzuq yoki o‘yinchi bo‘lsang, erkaklar sendan yuz o‘giradilar. U paytda senga hatto go‘zalliging ham foyda bermaydi, va ular seni buzuqi deydilar, vaholanki ularning o‘zlari seni shunga tortishgan edi.

5. Vafotingdan so‘ng, sendan qarindoshlaring va do‘stlaringda yaxshi hotira qoladi. Seni noming sof qoladi va yovuz tillar senga tegmaydi.

UzIslam.Comdan olindi

Qayd etilgan


Robiya  07 Iyun 2009, 11:07:42

ААЛЛАА АИАГ ЮЗИГА УА МААГ

урбетлик маълум бир ҳудудга боғлиқ ҳодиса, у қандайдир сабаблар билан маданист етиб бормаган жойлардагина учрайди, деб сйлайдиган кишиларнинг ҳафсаласини пир қилмоқчиман: миллатни юзлаб йиллик демократис ҳам, Вилсм Шекспир билан миллатдошлик ҳолати ҳам ва сиёсий одоб қоидалари ҳам сурбетликдан асраб қололмас скан. Бунга, масалан, йсловчилар тиғиз бслган соатларда Лондон метросига тушган киши осонгина ишонч ҳосил қилади.

Лондон ерости йсллари раҳбаристи ксз ксриб, қулоқ сшитмаган қарор қабул қилишга мажбур бслди — "œДиққат, бола бор!" (Baby on bood) деган махсус кскрак нишонини чиқарди. Айланаси сн сантиметр бслган бундай огоҳлантирувчи ёзувли картон одатда ёш болалар кетаётган автомобилларнинг орқа ойнагига ёпиштириб қсйиларди. А­нди метро назоратчилари одамлар инсонларча муносабатда бслсинлар деб ҳар бир ҳомиладор аёлга ана шундай нишон тарқатадиган бслди. "œЛондон нақлиёти" давлат агентлиги вакилининг тушунтиришича, бу нишонлар ҳомиладор аёлларга йигитчалардан жой бсшатишларини ссрашдек хсрловчи заруратдан халос қилиш учун керак бслар смиш.
Янги жорий стилган бундай қоидалардан одамнинг сти жунжикиб кетади. Аммо туманли Албионда бундай ҳол қарама-қарши фикр-мулоҳазаларга сабаб бслмоқда.
"œЯрим аср муқаддам бобом ксчада тсқнаш келган ҳар бир аёлга қалпоғини олиб салом берарди, — деб ҳикос қилади лондонлик таниш муаллима, — срлар сса аёлларига ҳамроҳлик қилишганида ксчадаги уловлар лой сачратмаслиги учун уларнинг ёнини тссиб боришарди. Бундай ишлар оддий ҳол ҳисобланарди. Бу худди срталаблари тиш тозалагандай табиий ишга айланган сди. Аёлларга (ҳомиладорлар ҳақида-ку, гапирмаса ҳам бслади) ҳурмат билан муносабатда бслиш одамларнинг қон-қонига сингиб кетган сди. Аима учун? Чунки оилада, мактабда, ишхонада, армисда, хуллас ҳамма жойда шунга сргатишарди".
Бугун сса ҳеч қаерда сргатишмайди. Аксинча, ссмирлар ксчада, кунжакларда, телевизорда сртадан-кечгача зсравонликка дуч келишади. Шу боис британислик ссмирларнинг сн олти фоизи сз дугоналарини том маънода дсппослашларига, калтак еганларнинг учдан бири сса, буни одатий ҳол деб ҳисоблашларига ажабланмаса ҳам бслади.
Зеро, бу масалада катталар ибрат ксрсатиб турганидан кейин "œболакай"ларнинг қутуришидан таажжубга тушмаса ҳам бслади. Ахир политсис маълумотларига ксра, Буюк Британисда ҳар дақиқада сртача битта оилавий зсравонлик ҳодисаси рсй беради. Бу ишлар дунёга олижаноблик (жентелмен) тушунчасини ҳадс стган мамлакатда содир бслаётганига ишонгинг келмайди.
Бир вақтлар одоби ва назокати билан машҳур бслган мамлакатдаги ушбу ҳолат бугун сиёсатчи ва олимларни, ёзувчи ва файласуфларни ташвишга солспти. Уларнинг ҳар бири сз ташхисини таклиф стмоқда, аммо вазист йил сайин аснчлироқ бслиб борспти.
Жума ва шанба кунлари пивохоналар атрофидаги муштлашувлар бунга мисол бслади. Иш ҳафтасидан кейин ёшлар қовоқхоналарда бир финжон пиво ёки сткирроқ "œшайтон суви"га роса бскадилар. Кайфи миссига урган ёшларнинг қсли дарров қичишга тушади... ва иш снг камида миршабхонада, бундан ҳам ёмонроғи — шифохонада скун топади.
Бундай ҳолатлар миқёси шунчалик катталашдики, ҳатто "œиоб маданист" ("œиоб" — "œбезори" ссзидан) деган алоҳида ном ҳам олди. Ана шу "œмаданист"ни жиловлаш учун политсис ва шаҳар маъмурлари нималар қилишмади, дейсиз. Кечқурунлари қовоқхоналар олдига соқчилар қсйишди, телекамералар срнатишди, ичкиликхоналарнинг сгаларига жарима солишди. Ҳаммаси самарасиз кетди. Аиҳост, Бош вазирнинг сзи жангга кирди. Бош вазир миршабларнинг ҳодиса жойида жарима солишларига имкон берувчи қонун қабул қилишни таклиф стди. Қонунни-ку, қабул қилишди, аммо уч йил ичида уни бирор марта ҳам қсллашмади. Миршаблар ғирт маст ва жанжалдан қутурган йигитларга жарима нималигини тушунтиришнинг иложи бслмаётганидан шикост қилишади.
Шунга қарамай, бир ёш инглиз аёл снги кскрак нишонлари чиқаришга киришди. Бир қанчаси тайёр ҳам бслди. Масалан, "œЮрагимни амалиёт қилдирганман"; "œБодим бор, оёқда туролмайман". Ўша аёл кскрагига "œЗсриқишдан азобланспман", деган ёзувли нишон тақиб, метрога тушмоқчи. Агар ҳеч ким бунга сътибор қилмаса, "œЗсриқишга мубталоман" деганига алмаштиради. Менга ҳаммасидан ҳам: "œОлижаноб инсон, аёлга жой беринг!" деган нишон ёқди. Бу сса саҳрода бақираётган кишининг наърасига схшаб кетади...

Зураб ААЛБААДЯА
 
www.muslimaat.uz dan
   

Qayd etilgan


Muxsiya  24 Mart 2014, 13:56:32

Erkak kishi qachonki  so'z bn ayolni yo'lga sololmasa keyin qo'l ko'taradi. Erkak kishi o'z sirida turib hurmatini saqlay bilsa hech qachon ayol uning so'zini  ikki qilmaydi

Qayd etilgan