"Zakovat"  ( 66957 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


AbdurRohman  28 Aprel 2007, 15:01:47

2ta ota 2ta bola 3ta apelsinni bittadan yeyishdi.
shuni qanaqip yeshishganini izohlab bering!

Qayd etilgan


topsync  28 Aprel 2007, 15:06:30

2ta ota 2ta bola 3ta apelsinni bittadan yeyishdi.
shuni qanaqip yeshishganini izohlab bering!
Ota ,o`gil va nevara uch kishi bittadan egan manimcha

Qayd etilgan


AbdurRohman  28 Aprel 2007, 15:09:42

ofarin!! javobiz to'g'ri

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Aprel 2007, 16:22:06

Ikki bilimdon kishi suhbatlashmoqda:
-do'stim, menga 1ta "Amir Temur haykali"ni ber,-dedi ulardan biri.
ikkinchisi:
-unda sen menga 2ta "Sherdor madrasasi" bilan 1ta "xalqlar do'stligi maydoni" ber
-yaxshisi men senga 10ta "Registon" beraman.

gap nima haqida ketyapti? javobizni to'liq izohlang!!

Qayd etilgan


Murod_bek  29 Aprel 2007, 20:05:46

Pullar haqidamasmi?
Dollar va so'm...

Qayd etilgan


lolo  30 Aprel 2007, 13:09:29

1ta "Amir Temur haykali" - 500 so'mlik,
2ta "Sherdor madrasasi" bilan 1ta "Mustaqillik maydoni" - 2ta 200 so'm va 1ta 100 so'mlik, (e'tiroz: savoldagi hatolik: 100 so'mlikda Xalqlar do'stligi maydoni aks etgan.)
10ta "Registon" - 10ta 50 so'mlik.

Qayd etilgan


AbdurRohman  30 Aprel 2007, 13:22:18

1ta "Amir Temur haykali" - 500 so'mlik,
2ta "Sherdor madrasasi" bilan 1ta "Mustaqillik maydoni" - 2ta 200 so'm va 1ta 100 so'mlik, (e'tiroz: savoldagi hatolik: 100 so'mlikda Xalqlar do'stligi maydoni aks etgan.)
10ta "Registon" - 10ta 50 so'mlik.

javob to'g'ri!!

PS: xatolik uchun uzr so'rayman! to'g'rilab qo'ydim ))

Qayd etilgan


Mashhura  18 May 2007, 19:03:14

Ularni kecha tabriklagan bo'lsangiz hali erta bo'lgan, bugun tabriklasangiz kech. Ular qachon tug'ilgan?

Qayd etilgan


lolo  25 May 2007, 23:39:31

Ularni kecha tabriklagan bo'lsangiz hali erta bo'lgan, bugun tabriklasangiz kech. Ular qachon tug'ilgan?
Bir haftadan buyon o'yladim rosa: U 29-fevralda tug'ilgan bo'sa kerak, tabriklanayotgan yilda esa 29-sana yo'q bo'lgan yilga to'g'ri kelib qolgan.

Qayd etilgan


ikbaljohn  16 Iyul 2007, 10:08:08

Boshqa savollar bormi?

Qayd etilgan