BO’YDOQLARGA
Men alvido aytaman sizga —
Bo’ydoqlarning sho’x-shan onlari.
Uzr, endi go’zal, sho’x qizlar.
Sayr etishning yo’q imkonlari.
"œOla xurjun" bo’ynimda manim,
Uylanganman bir qo’shni qizga.
So’rasangiz, sir tutib pinhon,
Bo’ydoqman, deb aytaman Sizga.
Jo’ralarim, ulfatdoshlarim,
Chorlamaslar meni behuda.
Bilishadi, chunki, xotinim
Rashk bobida tanhodir juda.
Qadamlarim sanoqli, netay,
Sal kechiksam "œto’qmoq" boshimda.
Kim qo’yibdi menga bu g’amni,
Oh, yigirma ikki yoshimda.
Ba’zan esa u oqil, dono,
Berar menga har xil o’gitlar,
Xotin zoti shunday bo’lsa gar,
Uylanmangiz bo’ydoq yigitlar!..
Shukur Sodiq