Forumga qanday yoki kim orqali kirgansiz?  ( 74620 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


UzMuslim  18 Aprel 2010, 22:54:54

Man BU Saytga Bir Aziz Insonim Tavsiya etgan edi,Alloh U Insondan Rozi bo'lsin..

Qayd etilgan


munisaxon  18 Aprel 2010, 23:39:49

Bir kitobni izlab ziyouzga kirgandim, u orqali esa forumga

Qayd etilgan


ibrohim  20 Aprel 2010, 10:26:01

...adashib kirib qoganman...

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Aprel 2010, 13:38:21

Ziyo teleko'rsatuvi orqali....

Зиё тедестудиссининг www.ziyouz.com га умуман алоқаси йсқ.

Qayd etilgan


Margiloniy  28 Iyul 2010, 20:19:06

Assalomu alaykum, oldinlari ziyouz.com kirib kutubxonadan foydalanib yursamda forum haqida hech narsa bilmass edim. Bir kuni google dan Shohimardon rasmlarini do'stlarimga ko'rsatish qidirar ekanman, AbdulAziz akaning "Sayohatnoma"lariga duch kelganman. Ayni damlarda forumga kirmasam halovat yo'q :D Ba'zida zarur ishlarim bo'lsada, forum o'ziga tortmoqda. Ishqilib oxiri Xayrlik bo'lsin!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  29 Iyul 2010, 16:31:45

Bismillohir rohmanir rohim!

Men avvaliga haqiqiy o'zbekona forum borligi haqida o'ylab ham ko'rmaganman. Horijga chiqqanimga bir necha oy bo'lgandan keyin o'zbek tilini, milliylikni, vatanni (ta'riflash qiyin bo'lgan) sog'inish hissi paydo bo'ldi. Keyin internetdan o'zbek tilidagi saytlarni qidira boshladim. O'sha paytlarda ziyouz.com saytini va bir necha o'zbekcha saytlarni googledan topib olganman. Bular ichidan ziyouz menga juda ham yoqdi va bu sayt muxlisiga aylandim.
 Bu saytni topmasimdan oldin, o'zbekona forum qidirganman. Bir ikki o'zbekona forum topdim-y, ammo u yerdagi forum a'zolarining bir-biriga bo'lgan munosabati menga yoqmadi. Ziyouz forumidagi qoidalar, shartlar esa menga juda yoqib tushdi va shu zahotiyoq bu yerdan ro'yxatdan o'tdim.

Ushbu forumdan ro'yxatdab o'tganimdan afsuslanmayman.
Forumdagi faoliyatlaringizda muaffaqiyatlar, forumni bundanda ziyoda qilishlaringizda esa kuch - quvvat tilab qolaman!

Assalomu alaykum  va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


UzMuslim  29 Iyul 2010, 16:43:24

Samarqandliymisan Brodar...

Qayd etilgan


Margiloniy  29 Iyul 2010, 16:48:05

Samarqandliymisan Brodar...

siz demoqchiydiz hayoliz ketib qoldi a ::)

Qayd etilgan


BilmasOY  13 Avgust 2010, 13:12:50

Assalomu alaykum!
 Oldinlari ziyouz.comdagi she'rlarni o'qib o'tirishni yaxshi ko'rardim. Saytga kirganda adashib ketib forum degan joyini bosvorganmanmi, bilmadim, o'zim ham bilmasdan forumga kirib qolganman. Keyin mavzulari yoqib qoldi, o'zimam a'zo bo'lsamchi degan niyatda ro'yxatdan o'tgandim. Yaxshiyam she'rlar o'qishni yoqtirgan ekanman. Bo'lmasa, shundoq forum bor ekanu, bilmay yurgan bo'larmidik... : ) Alhamdulillah!

Qayd etilgan


yoqutxon  13 Sentyabr 2010, 21:56:39

Assalom aleykum.Ziyouz.com haqida 1 yil oldin bilgan edim, forum haqida ham o'shanda bilganman. Googleda nimaiki izlasam birinchi navbatta ziyouz.comdagi mavzularga linklar chiqardi. Ko'pchilik meni qiziqtirgan maqollalar, kitoblar, har xil mavzullardagi bahs munozaralar aynan ziyouzda edi. Lekin vaqt yo'qligi sababdan o'zimga kerakli ma'lumotlarni olish bilangina cheklanardim. Mana  1 oy bo'ldi shekilli yetarlicha vaqt ajrata olishimga ko'zim yetib forumga ham a'zo bo'ldim. Bundan judayam hursandman.Inshaalloh forumimiz  ilmga chanqoq ko'ngillar uchun ziyo taratib, ilm olish uchun eng yahshi makonlardan bo'lib hizmat qilsin .

Qayd etilgan