Forumga qanday yoki kim orqali kirgansiz?  ( 74590 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 B


Rabella  18 Avgust 2011, 22:42:38

 :asl3:
Bundan 2 yil oldin muslimaat.uz ni forumida Zamiraxon opa bilan tanishganimizda manga shu forumni tavsiya qigandila...

O`shanda bu sayt va forumga ilk marotaba kirgandim..

Mehmon sifatida kuzatib yurardim.. To`risini etsam bu sayt va forum mani ajoyib kutubxonasi bilan mahliyo etgan..: ) lekin ro`yhatdan o`tmaganakanman..

Orada ancha uzilishlardan keyin, boshqa bir userka tufayli forumga a`zo bo`ldim... Va bundan judayam xursandman... :)


Qayd etilgan


aka sohib  08 Sentyabr 2011, 02:39:06

Bu saytga kirishimga Gyote I.V. sababchi bo'lgan desam mubolag'a bo'lmas. Bu insonni ijodini juda hurmat qilganim sabab u haqda ma'lumot to'plab yurib yo'lim ushbu saytga tushgan. Forumga ilk bor Kurtlar Vadisi kinosi haqidagi mulohazalarni o'qish uchun kirganman. Googledan ushbu kino haqida qidirib bu forumga kirganman va forumdan boshqa qiziq va kerakli ma'lumotlarni topganman. Mana nihoyat bir yil o'tib ro'yhatdan o'tishga qaqor qildim. Va bu ishimdan aslo afsusda emasman.

Qayd etilgan