AQSh o'ziga kerakli vaqtda kimnidir maydonga chiqaradi, kimnidir o'ldiradi... Va yana boshqa ishlar bilan shug'ullanadi...
Oxirgi voqealardan shunday xulosa chiqyapti - men uchun...
Lekin meni va yana ba'zilarni qiziqtirgan savol bor: Nega Usoma bin Ladinning o'limi haqidagi xabarlarga biz - oddiy, kichkina, siyosat nuqtai-nazaridan arzimas odamlar ishonmayapmiz-u, o'zlarini aqlli, siyosatning ustasi deb biladigan kishilar, xossatan davlat rahbarlari bu masalada AQShni maqtab kelishyapti. Yoki ularga ham AQSh to'qigan yolg'onlar shunchalik yoqadimi?
Yana bir savol. Bunisi endi ancha eski. Ko'pchilik "Закрс‹тс‹й показ. 9/11. А асследование с нулс. Zero investigation into 9/11" filmini ko'rgan. Shaxsan mening fikrimcha, bu filmda 2001 yil hujumlarining tafsiloti to'la ochib berilgan. Qaytaraman, mening fikrimcha. Lekin bu film rasmiy doiralar tomonidan na inkor qilingan, na tasdiqlangan. Umuman, AQSh shu va shunga o'xshagan filmlarga munosabat bildirganmi? Mening bu haqida xabarim yo'q. Ayni paytda shunday tasavvur tug'iladiki, agar AQSh hukumatiga shu kabi dalillar asosida bu hujumlarni ularning o'zi qilganligi isbotlab berilsa ham, ular o'zlari jahon ahliga uqtirgan "Terror hikoya(ssenariy)si"dan qaytishmasa kerak....
Bu haqida ba'zida atrofimdagi kishilar ham so'rab qolishadi: "Mana shu hujjatli filmlarda 2001 yil hujumlari AQShning o'zi tomonidan qilinganligi ochiq-oydin ko'rsatilgan-ku, nega haligacha odamlar buni Usama bin Ladin va Al-Qoidaga to'nkashadi. Keyin o'sha Al-Qoida ham boshida Markaziy Razvedka Byurosi tomonidan tuzilgan ekan-ku?.." Afsuski, bu savolga javobni o'zim ham bilmayman. So'raganlarga javobim esa yelka qisish bo'ladi xolos....
Balki, bu narsalarning haqiqatini Qiyomatda, barcha sirlar oshkor etilgan vaqtda bilib olarmiz. Hozircha umidim shundan...
AQSh esa hali bunday o'yinlarni ko'p qilsa kerak...