Umumiy bo'lim > Yangiliklar

"FikrAT" oylik jurnal

Sahifalar: (1/2) > >>

Murod_bek:

 Assalomu Alaykum!
Ushbu Jurnalni boshida quyidagi so'zlarni o'qib qoldim.O'zimga ma'qul ko'rgan narsani birodarlarimga ham ilinishga qaror qildim:
1611-1658 - Yillarda yashagan ispan faylasufi Baltasar Grasian qalamiga mansub quyidagi nasihatlar hayotga endi qadam qo'yayotgan yoshlarga umr mohiyatini, qanday yashash kerakligini anglashga qo'l keladi:

Yolg'izlikda dono bo'lgandan hamma bilan birga nodon bo'lgan afzal.

Eng yaxshi qasos yoddan o'chirish, chunki bu dushmaningni o'z yog'ida qo'vuradi.

Oson ishga go'yoki qiyin ish kabi, qiyin ishga esa huddi oson sih kabi kirishgin.

Juda aqlli bo'lma, yaxshisi mulohazali bo'l.

Bir o'zing barchaga yoqadigan narsani qoralama.

Sening kerakligingni hamisha his etsinlar, bu sening kundalik qoidang bo'lsin

Yuqoridagilar ustidan g'alaba qilishdan qoch.

Usullarni o'zgartirib tur.

Har kimga kalit topa bil.

Omadli o'yinni vaqtida tugat.

Fikrda ozchilik bilan, so'zda ko'pchilik bilan bo'lgin.

Aql bilan ish qiladigan mard bo'l.

Bilgingi, ustunlik birinchi bo'lishda.

Qatiyatli bo'la olgin.

Har kimga moslasha olgin.

Muomalada bag'ri keng bo'l.

Quyoshning botishini kutib turma.

Raqobatchilikdan uzoqroq yur.

Hech qachon o'zing haqingda gapirma.

Aqlsizlik qilgan ahmoq emas, balki aqlsizlik qilib uni yashirmagan odam ahmoq.

Agar kam bilsang, har bir ishda sinalgan yo'lni tanla.

Alloh barchamizga manfaatli ilm va bilganlarimizga amal qilishni nasib qilsin!(amin)

Sadulla:

 :as:

"Fikrat" jurnali menga juda yoqqan edi,jurnaldagi maqolalar,har xil hikmatli hikoyalar va so'zlar,kitoblardan tarjimalar juda ham zo'r edi.Lekin menda jurnalning bor yo'g'i to'rtta soni bor.Shu jurnaldan o'zimizga foyda bo'ladigan nimaki bo'lsa shu yerga qo'yib borilsa forumdoshlar nima deysizlar ? Yomon bo'lmasdi menimcha.O'zim boshlab beray

                                                            Dunyoga teng hislatlar

Sahobiylardan Abu Zarr G'ifforiy(Olloh bu zotdan rozi bo'lsin)shunday dedilar:"Oltita xislat borki,ular dunyodagi hamma narsaga teng keladi:

1.Lazzatli taom
2.Solih farzand
3.Munosib rafiqa
4.Qat'iy so'z
5.Yetuk aql
6.Sog'lom tana

2007-yil uchinchi sondan.

azizbek_mx:

Mashaalloh, davomlarini ham kutib qolamiz

ibnUyayna:

zor jurnal manam rossa oqirdim oldin  :)

Sadulla:

 :as:

                                                        Mo'jizakor vujud

Katta yoshdagi odam tanasida taxminan 5.5 litr qon,skeletida 200ta suyak,miyasining og'irligi 1.2-1.5 kg bo'ladi.

Inson burni 10000 ga yaqin hidni ajrata oladi.

Bir odam umri davomida o'rtacha 240 ming kilometr masofani bosib o'tadi.

Inson tanasidagi ugleroddan 900 ta qalam,fosfordan 2000 gugurt donasi,moydan bitta kirsovun,temirdan kattakon bitta mix tayyorlash mumkin.

Odam bir kecha-kunduzda o'rtacha oshxona kattaligidagi havo sharini to'ldirishga yetadigan havoni yutadi.

Bir odam uchun kuniga kamida 20 gramm,yiliga esa7.2 kilo tuz kerak.

Odamning eng katta ichki a'zosi jigar hisoblanadi.

Inson tanasidagi eng sersuv a'zo - ko'z.Uning o'ndan to'qqiz qismi suv,qolgani turli to'qima va hujayralardan iborat.Eng kam suvli a'zo tishlarimizdir.

Inson organizimida o'rtacha 600 ta mushak bo'ladi.Erkak kishining mushaklari tana og'irligining 45%ni tashkil qiladi.

Odamlarning 17% chapaqaydir.Chapaqaylar boshqa insonlarga qaraganda oshqozon-ichak kasalliklari bilan ikki baravar ko'proq og'rishar ekan.

Tana harorati 24 darajaga pasaysa ham inson nutq faoliyatini saqlab qolar ekan.

Odam nafas olmay 2-3 daqiqaga chidashi mumkin.Ammo suv ostida 13.4 daqiqa nafas olmay turgan g'avvos tarixda bo'lgan.

Odamning o'sib ketgan tirnog'i ostida turli kasallik tarqatuvchi ikki milliondan ortiq mikrob yig'ilishi mumkin.

Oshqozon orqali bir yilda o'rtacha 730 ming kaloriya olinadi.

Qo'l tirnoqlari bir oyda 8 mm o'sadi.Oyoq tirnoqlari shuning yarmicha.

Buyraklar bir yilda 700 litr suvni filtrlab o'tkazadi.

Teri har yili uch marta yangilanadi.

Sog'lom kishining boshidan bir kunda 70-80 tola soch to'kilib,yana shuncha o'sib chiqadi.

Inson miyasida har soniyada 100 mingga yaqin kimyoviy reaksiya sodir bo'ladi.

Sahifalar: (1/2) > >>

Go to full version